Raxmatov Azizjon Jaloliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kapitallashuvini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1907.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Isroil Ibrohimovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moliya-kredit tizimini raqamlashtirish sharoitida davlat tijorat banklari kapitalashuvini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining kapitalini xususiylashtirish orqali bozor tamoyillarini joriy qilish jarayonini jadallashtirish maqsadida oddiy aksiyalarining kamida 5 foizini xorijiy investorlarga sotish taklif etilgan;
tijorat banklari kredit ta’minotida davlat qimmatli qog‘ozlarini ulushini 20 foizgacha oshirish orqali muammoli kreditlar ulushini 15 foizga pasaytirish va sof foydadan har yili kamida 25 foizini bank kapitaliga yo‘naltirish taklif etilgan;
tijorat banklari ikkinchi darajali kapitalini oshirishda imtiyozli aksiyalarining qo‘shilgan kapitalining hajmini har yili 15 foizdan oshirib borish orqali ularning bozor bahosini 20 foizga oshirish taklif etilgan;
banklarda konsolidatsiya qilinmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga qilingan barcha investisiyalar summasi birinchi darajali asosiy kapitalidan chegirmalarning 30 foizidan oshib ketmasligi orqali birinchi darajali kapitalning etarlilik ko‘rsatkichini 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining kapitalini xususiylashtirish orqali bozor tamoyillarini joriy qilish jarayonini jadallashtirish maqsadida oddiy aksiyalarining kamida 5 foizini xorijiy investorlarga sotish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023 yil 20 noyabrdagi №08-04/1998-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda bank regulyativ kapitali 2023 yil 1 noyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 22 foizga oshirishga erishilgan;
tijorat banklari kredit ta’minotida davlat qimmatli qog‘ozlarini ulushini 20 foizgacha oshirish orqali muammoli kreditlar ulushini 15 foizga pasaytirish va sof foydadan har yili kamida 25 foizini bank kapitaliga yo‘naltirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023 yil 20 noyabrdagi №08-04/1998-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda bankning regulyativ kapitali monandlik koeffisienti 2023 yil 1 noyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 2 punktga yuqoriligi ta’minlashga erishilgan;
tijorat banklari ikkinchi darajali kapitalini oshirishda imtiyozli aksiyalarining qo‘shilgan kapitalining hajmini har yili 15 foizdan oshirib borish orqali ularning bozor bahosini 20 foizga oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023 yil 20 noyabrdagi №08-04/1998-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda joriy etilishi natijasida bankning aksiyalarining bozor bahosi 2023 yil 1 noyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 30 foizga ortdi;
banklarda konsolidatsiya qilinmagan xo‘jalik yurituvchi subektlar kapitaliga qilingan barcha investisiyalar summasi birinchi darajali asosiy kapitalidan chegirmalarning 30 foizidan oshib ketmasligi orqali birinchi darajali kapitalning etarlilik ko‘rsatkichini 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023 yil 20 noyabrdagi 08-04/1998-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda bankning I darajali kapitalning monandlik koeffisienti 2023 yil 1 noyabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 3 punktga ortishiga erishilgan.