Ko‘chqarov Fayzullo Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrar sohaga xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3493.
Ilmiy rahbar: Mamatov Baxadir Safaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrar sohaga xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xorijdan olib kelinadigan ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini bojxona to‘lovlaridan ozod qilishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
xalqaro moliya institutlari tomonidan lizing kompaniyalariga ajratilgan investisiyalar doirasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etish taklif etilgan;
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan investisiyalar hisobidan fermer va dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha bo‘lgan muddatga lizingga berishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
agrar sohada to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari evaziga tashkil etiladigan korxonalar ustav fondidagi chet el investisiyalari ulushining eng kam miqdorini 15 foizdan 12 foizgacha kamaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrar sohaga xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xorijdan olib kelinadigan ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini bojxona to‘lovlaridan ozod qilishning maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son «Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 10-T-11-1173-son ma'lumotnomasi). Natijada, agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun zarur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, ushbu sohada qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talabning qondirilishi, qishloq xo‘jaligi korxonalarini zamonaviy va intensiv texnikalar bilan ta'minlashni rag‘batlantirish tizimi takomillashtirilgan;
xalqaro moliya institutlari tomonidan lizing kompaniyalariga ajratilgan investisiyalar doirasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son «Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 10-T-11-1173-son ma'lumotnomasi). Natijada, xalqaro moliya institutlarining 70 mln. AQSh dollari miqdoridagi investisiyalari qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun lizing tashkilotlariga joylashtirilgan va agrar sohani zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlash ishlari rag‘batlantirilgan. Xususan, har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan istalgan xo‘jalik subektlaridan hech qanday cheklovlarsiz, raqobat asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish imkoniyati yaratilgan;
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan investisiyalar hisobidan fermer va dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha bo‘lgan muddatga lizingga berishning maqsadga muvofiq ekanligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son «Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 10-T-11-1173-son ma'lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish tizimi takomillashtirilgan, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijiy investisiyalar hisobidan imtiyozli shartlarda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan. Pirovardida, 2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha jami lizing bitimlari tarkibida qishloq xo‘jaligi texnikalari ulushi 36 foizni tashkil etilishiga erishilgan;
agrar sohada to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari evaziga tashkil etiladigan korxonalar ustav fondidagi chet el investisiyalari ulushining eng kam miqdorini 15 foizdan 12 foizgacha kamaytirish haqidagi taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanotni rivojlantirish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining 2024-yil 18-oktyabrdagi 10-T-11-1173-son ma'lumotnomasi). Natijada, 2022-yil va 2023-yilning birinchi choragida agrar sohada tashkil etilayotgan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning soni o‘sish sur'atlariga ega bo‘lgan hamda 2023-yil boshiga O‘zbekistondagi mavjud 15801 ta chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 2023-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investisiyalar hajmi 94,5 trln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2,1 barobar o‘sishiga erishilgan.