Qo‘ylieva Gulchehra Nazorqulovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek nasrida roman-tetralogiya (Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi misolida). 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil265
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Ilmiy konsultant: Yakubov Islomjon Ahmadjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich filologiya fanlari doktori, professor, Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich filologiya fanlari doktori, professor, Xamroqulova Xurshida Quvvatovna.filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy milliy nasrimizda istiqlol yillarida yuzaga kelgan ilk roman-tetralogiya modelining janriy-genetik ildizlari, tayanch manbalarini aniqlash, Muhammad Ali badiiy-estetik olami, ijodiy konsepsiyasi va muallif obrazining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi badiiy markazi sifatidagi o‘rnini belgilash, shuningdek, tetralogiyada obrazlar sistemasi, syujet va kompozision yaxlitlik muammolarini tahlil va tadqiq etishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Roman janriy shakllarining genetik ildizlari aniqlanib, taraqqiyot tamoyillari belgilangan. Jahon romanchiligida roman-tetralogiyaning yuzaga kelishi va yetakchi spesifik belgilari aniqlanib, joriy adabiy jarayon kontekstida tahlilga tortilgan. Milliy romaniy tafakkur va roman-tetralogiya modelining yuzaga kelish omillari va zarurati ochib berilgan; 
jahonning nufuzli kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur davri va shaxsiyati mavzusida yozilgan salmoqli tadqiqotlar va ulardan ilhomlanib yozilgan badiiy asarlar tarixiy-qiyosiy va qiyosiy-tipologik aspektda tahlilga tortilgan. O‘zbek nasrida ilk roman-tetralogiya istiqloldan keyin yuzaga kelishining asosiy omillari aniqlangan. “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi janriy belgilari aniqlanib, adabiy-tarixiy qimmati belgilangan, estetik va ekspressiv ta’sir maydoni asoslangan; 
roman-tetralogiyada muallif obrazi va ijodiy konsepsiyasi – hayotiy fakt va voqea-hodisalarni qanday tushungani, qaytarzda anglagani va hissiy idrok etgani bilan bog‘liq nazariy qarashlar tizimi hamda tayangan estetik tamoyillari aniqlangan. Muallif obrazi roman badiiy markazi sifatida olib qaralib, “Ulug‘ saltanat” asari adibning badiiy-estetik olami bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganilgan. Roman-tetralogiyaning tayanch manbalariga tayangan holda, muallif badiiy-estetik olami, badiiy asar biografiyasi va yozuvchining ijod laboratoriyasi sirlari ochib berilgan; 
“Ulug‘ Saltanat” tetralogiyasida obrazlar sistemasi va personajlar ierarxiyasi, xususan, saltanat obrazi va Amir Temur shaxsi – syujet halqalarini birlashtiruvchi obrazlar ekani, roman-tetralogiyada temuriy shahzoda va malikalar obrazining badiiy talqinlari va kompozision yaxlitlikni ta’minlashda epizodik personajlarning roli asoslangan;
ilgari surilgan fikr-mulohazalar ilmiy-nazariy tahlillar asosida istiqlol davri erkin, plyuralistik tafakkuri bergan imkonlar natijasida jahon romanchiligi yutuqlari milliy asosda ijodiy o‘zlashtirilishi, bir asrlik tajriba to‘plagan o‘zbek tarixiy romanchiligi va romaniy tafakkuri tadrijiy rivoji hamda Muhammad Ali ijodining ichki tadriji, poetik mahorati tufayli o‘zbek adabiyotida ilk roman-tetralogiya modeli yaratilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek nasrida roman-tetralogiya (Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi misolida) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: roman janriy shakllarining genetik ildizlari va taraqqiyot tamoyillari, Sohibqiron Amir Temur obrazining badiiy tahlil va talqinlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida f.f.d, professor Sh.S.Sirojiddinov rahbarligida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 24.09.24-yildagi 04/1-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek nasrida roman janriy shakllarining genetik ildizlari va taraqqiyot tamoyillari, ilk roman-tetralogiyaning yuzaga kelish omillarini o‘rganish asosida tarixiy fenomenal shaxs obrazini yaxlit tizim sifatida tadqiq etishga erishilgan; 
Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2022-2023-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-22-23 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari” mavzuidagi fundamental loyihasida O‘zbek nasrida roman-tetralogiya (Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi misolida) mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar: roman-tetralogiyaning janriy xususiyatlari, epik ko‘lamdorligi, obrazlar olami, adabiy an’ana, ijodiy o‘ziga xoslik, poetik mahorat masalalari bilan bog‘liq xulosalaridan foydalanilgan. (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 13.09.22-yildagi 39/UZB raqamli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari haqidagi tadqiqotlarning yangi nazariy ma’lumotlar hisobiga yanada boyitilishiga erishilgan.
Roman-tetralogiyada dialektik determinizmning yetakchi mavqeda turishi, asar badiiy voqeligi poetik talqin imkoniyatlarini kengaytirgani, xarakterlar tasviri va poetik ifoda rakurslari turfaligi roman-tetralogiyaning muhim yutug‘i ekani bilan bog‘liq ilmiy qarashlar va nazariy ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbekiston adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 19.02.09.24-yildagi 04/1-415-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasini adabiyotshunoslik janrlarining genezisi, taraqqiyot tamoyillari, istiqlol davridagi rivoji haqidagi yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar hisobiga yanada boyitishga erishilgan. 
O‘zbek nasrida roman-tetralogiya (Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” roman-tetralogiyasi misolida) mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xususan, muallif obrazi va ijodiy konsepsiyasi, “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasida obrazlar sistemasi va personajlar ierarxiyasi masalalari bilan bog‘liq xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali“ davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “Bir asar tarixi” va “Qismat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanishgan. (“O‘zbekiston” teleradiokanali“ davlat muassasasining 9.10.24-yildagi 01-44-287-son ma’lumotnomasi) Natijada ssenariylar mazmunan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish