Kurbanova Shaxnoza Yuldashbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4329
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mash’al Samadovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion faoliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda investisiyalarni jalb qilish orqali barqaror rivojlanishni ta’minlovchi yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini yaratish va joriy etish jarayonini korxonalar uchun xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobat ustunligini mustahkamlash jihatidan takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik yo‘naltirilgan innovatsiyalarga investisiya kiritishda jami kapital qo‘yilmalarida ekologik innovatsiyalarga ajratiladigan ulush (UEI = 10-20 %), daromadning ekologik texnologiyalarga sarmoya kiritish ulushi (UES = 5-10%), ekologik standartlarga javob beradigan uskunalar uchun ajratiladigan investisiya (yillik investisiya byudjetining ≥ 30%) miqdoriy chegaralarini ta’minlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida energiya tejamkorligini ta’minlovchi istiqbolli raqamli texnologiyalardan foydalanishda Energy Management System (EMS) tizimlarini joriy qilish hisobiga umumiy energiya sarfini kamaytirish (15%≤EMS≤40%), sement va qurilish materiallari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar ulushi (UATJ≥50%), raqamli simulyasiya va modellashtirish orqali resurs tejamkorlikni oshirish (RSM≥20%) orqali ishlab chiqarish jarayonini modernizasiya qilish taklifi asoslangan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga koʻra “innovatsion faoliyat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda investisiyalarni jalb qilish orqali barqaror rivojlanishni ta'minlovchi yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini yaratish va joriy etish jarayonini korxonalar uchun xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobat ustunligini mustahkamlash jihatidan takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion iqtisodiyot” nomli oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 02-fevraldagi 44-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda yangi mahsulotlar, texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini yaratish va joriy etish jarayonini korxonalar uchun xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobat ustunligini mustahkamlash jihatidan takomillashtirilgan innovatsion faoliyat tushunchasi boʻyicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik yoʻnaltirilgan innovatsiyalarga investisiya kiritishda jami kapital qoʻyilmalarida ekologik innovatsiyalarga ajratiladigan ulush (UEI = 10-20 %), daromadning ekologik texnologiyalarga sarmoya kiritish ulushi (UES = 5-10%), ekologik standartlarga javob beradigan uskunalar uchun ajratiladigan investisiya (yillik investisiya byudjetining ≥ 30%) miqdoriy chegaralarini ta’minlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish taklifi Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil I choragiga moʻljallangan investisiya dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04-05/3963-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi “Ohangaronsement” AJda sement ishlab chiqarishning atrof-muhitga tashlamalari va ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun 18,0 mln.dollar investisiya kiritilishiga imkon yaratgan;
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida energiya tejamkorligini ta’minlovchi istiqbolli raqamli texnologiyalardan foydalanishda Energy Management System (EMS) tizimlarini joriy qilish hisobiga umumiy energiya sarfini kamaytirish (15%≤EMS≤40%), sement va qurilish materiallari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar ulushi (UATJ≥50%), raqamli simulyasiya va modellashtirish orqali resurs tejamkorlikni oshirish (RSM≥20%) orqali ishlab chiqarish jarayonini modernizasiya qilish taklifi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning 2024-2030-yillarga moʻljallangan innovatsion strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04-05/3963-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi “Ohangaronsement” AJda yuklash sexi va sement tegirmonlarini modernizasiya qilish uchun 28,4 mln.dollar investisiya kiritilishiga imkon yaratgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ifodalovchi koʻp omilli ekonometrik model asosida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz koʻrsatkichlari “Qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” va dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04-05/3963-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning strategik rejalari koʻrsatkichlarining aniqlik va oʻzaro muvofiqlik darajasini oshirish imkonini berib, natijada korxonaning umumiy mahsulot hajmi 2028-yilda 2023-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshishi mumkinligi asoslangan.