Inoyatova Kamola Furkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tijorat banklariga islom bank maxsulotlarini joriy qilish va rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3487. 
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdunazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tashavarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot unversitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublika tijorat banklarida islomiy bank maxsulotlarini joriy etish va rivojlantirish hamda ularni bank xizmatlari bozorida yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
islomiy bank mahsulotlari va xizmatlari turlarini ko‘paytirish, shuningdek, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Islomiy darchalar"ni o‘rnatish taklif etilgan; 
islom moliyasi tamoyillari asosida jalb qilinadigan investisiyalar hajmini o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10%ga oshirilishi islom bank mahsulotlari turlarini har yili bir yarim martaga ko‘paytirish taklif etilgan;
kredit tashkilotlarining uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida sukuk qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali investisiyalar ulushini 10% gacha oshirish taklifi etilgan;
tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari islomiy moliya tamoyillari asosida mahsulotlarni lizing va bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmidagi aktivlar ulushini 2030 yilga qadar 5%ga bosqichma-bosqich oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tijorat banklarida islom bank mahsulotlarini joriy etish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholiga islom bank mahsulotlari va xizmatlari turlarini ko‘paytirish va qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “islom darchalari”ni tashkil etish taklifi XAB "Trastbank" ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (2023 yil 29 dekabrdagi XAB "Trastbank"ning 01-09/5567-son ma'lumotnomasi). Natijada 2022 yilda XAB "Trastbank" ning Boshqaruv Kengashi qarori asosida ustav kapitali hajmi 10 mlrd so‘mga ega bo‘lgan nobank moliyaviy tashkilot “Trast muomalat” MChJ tashkil etildi, mazkur jamiyatning ustav kapitali 2023 yilda 45 mlrd so‘mni tashkil etdi.  
islom moliyasi tamoyillari asosida jalb qilinadigan investisiyalar hajmini o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10%ga oshirilishi islom bank mahsulotlari turlarini har yili bir yarim martaga ko‘paytirish taklifi "Trastbank" ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (2023 yil 29 dekabrdagi XAB "Trastbank"ning 01-09/5567-son ma'lumotnomasi). Natijada islom banklari tomonidan amalga oshirilgan bunday takliflar iqtisodiy rivojlanish, innovatsiyalar, ijtimoiy mas'uliyat va raqobatni kuchaytirish kabi bir nechta ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.
kredit muassasalari uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadida sukuk qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali investisiyalar ulushini 10 foizgacha etkazish haqidagi taklifi "Trastbank" ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (2023 yil 29 dekabrdagi XAB "Trastbank"ning 01-09/5567-son ma'lumotnomasi). Natijada «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki sukuk qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish asosida 2024 yil I choragi holatiga jami 20 mlrd so‘m mablag‘larini jalb qilish ko‘zda tutilgan.
tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari islomiy moliya tamoyillari asosida mahsulotlarni lizing va bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmidagi aktivlar ulushini 2030 yilga qadar 5%ga bosqichma-bosqich oshirish taklifi "Trastbank" ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (2023 yil 29 dekabrdagi XAB "Trastbank"ning 01-09/5567-son ma'lumotnomasi). Natijada XAB «Trastbank» Boshqaruv Kengashi qarori asosida xususiy aksiyadorlik bank huzuridagi “Trast muomalat” MChJ tomonidan 2023 yil 1 oktyabr` holatiga 180 ta mijozga 60 mlrd so‘mlik ijara va murobaxa xizmatlari ko‘rsatildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish