Narmetova Yulduzxan Karimovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Psixosomatik kasalliklarda nevrotik buzilishlar diagnostikasi va psixokorreksiyasi» 19.00.04 – «Tibbiy psixologiya» (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P119.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori, professor, Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori, professor, Yuldasheva Gulchexra Rustamovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: psixosomatik kasalliklarda nevrotik buzilishlarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi dasturini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixosomatik bemorlarning ruhiy holati bemorlarning kasallikka bo‘lgan munosabatining “melonxolik”, “apatik”, “paronoyal”, “disforik” turiga, aleksitimiya namoyon bo‘lishi va og‘riqni fojiaga aylantirish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
psixosomatik bemorlarda hayot sifatining (rollik faollik, og‘riqning kuchliligi, hayotiy faollik, emotsional faollik) pasayishi xamda bemor hayot tarziga somatik kasallikning “cheklangan kuch va energiya hissi”, “oilada bemorga munosabatning yomonlashishi”, “xursandchilikni cheklash”, “ishda bemorga munosabatning yomonlashishi”, “bo‘sh vaqtni cheklash”, “kar`era cheklanishi”, “kamchilik tuyg‘usining shakllanishi”, “aloqaning cheklanishi” va “moddiy zarar” kabi vaziyatli xavotirlanish darajasining oshishi aniqlangan;
psixosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarning o‘z kasalligiga “ergopatik” munosabati, “depressiya va nevrozga moyillik”, “integrallik”, “hayot sifati”, “davolanishga sodiqlik”, “cheklangan kuch va energiya hissi”, “xursandchilikni cheklash”, “jismoniy jozibadorlikning pasayishi” “kamchilik tuyg‘usini shakllantirish”, “moddiy zarar” kabi ko‘rsatgichlarning yosh xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan;
bemor hayot tarziga psixosomatik kasalliklar “kar`era cheklanishi”, “jismoniy jozibadorlikning pasayishi” kabi ta’sir, hayot sifatining “jismoniy faollik”, “umumiy salomatlik” hamda “psixik salomatlik” ko‘rsatgichlari, “hissiyotlarni tavsiflashdagi qiyinchiliklar” kabi hissiy xususiyatlarining jins tafovutlarga bog‘liqligi asoslangan;
psixosomatik kasalliklarning xar bir nozologiyasi bo‘yicha tibbiy-psixologik-ijtimoiy reabilitatsiyaning tashkiliy hamda psixologik yondashuvga yo‘naltirilgan tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Psixosomatik kasalliklarda nevrotik buzilishlar diagnostikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
psixosomatik bemorlarning ruhiy holati bemorlarning kasallikka bo‘lgan munosabatining “melonxolik”, “apatik”, “paronoyal”, “disforik” turiga, aleksitimiya namoyon bo‘lishi va og‘riqni fojiaga aylantirish darajasiga bog‘liqligini aniqlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada psixosomatik kasalliklarda xavotirlanish, depressiya va nevroz holatini aniqlash imkoni yaratildi;
psixosomatik bemorlarda hayot sifatining (rollik faollik, og‘riqning kuchliligi, hayotiy faollik, emotsional faollik) pasayishi xamda bemor hayot tarziga somatik kasallikning “cheklangan kuch va energiya hissi”, “oilada bemorga nisbatan munosabatning yomonlashishi”, “xursandchilikni cheklash”, “ishda bemorga nisbatan munosabatning yomonlashishi”, “bo‘sh vaqtni cheklash”, “kar`era cheklanishi”, “kamchilik tuyg‘usining shakllanishi”, “aloqaning cheklanishi” va “moddiy zarar” kabi ta’sirlar natijasida vaziyatli xavotirlanish darajasining oshishi aniqlashga oid yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Natijada psixosomatik bemorlarda hayot sifatining hamda bemor hayot tarziga somatik kasallikning ta’siri yaxshilandi;
psixosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarning o‘z kasalligiga “ergopatik” munosabati, “depressiya va nevrozga moyillik”, “integrallik”, “hayot sifati”, “davolanishga sodiqlik”, “cheklangan kuch va energiya hissi”, “xursandchilikni cheklash”, “jismoniy jozibadorlikning pasayishi” “kamchilik tuyg‘usini shakllantirish”, “moddiy zarar” kabi ko‘rsatgichlarning yosh xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan. Yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Natijada psixosomatik kasalliklarda xavotirlanish, depressiya va nevroz holatini aniqlash imkoni yaratildi;
bemor hayot tarziga psixosomatik kasallik “kar`era cheklanishi”, “jismoniy jozibadorlikning pasayishi” kabi ta’sir, hayot sifatining “jismoniy faollik”, “umumiy salomatlik”, “psixik salomatlik” ko‘rsatgichlari xamda “hissiyotlarni tavsiflashdagi qiyinchiliklar” kabi hissiy xususiyatlarning jins tafovutlariga bog‘liqligini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Natijada psixosomatik kasalliklarda xavotirlanish, depressiya va nevroz holatini aniqlash imkoni yaratildi;
psixosomatik kasalliklarning har bir nozologiyasi bo‘yicha tibbiy-psixologik-ijtimoiy reabilitatsiyaning tashkiliy hamda psixologik yondashuvga yo‘naltirilgan tuzilmasi ishlab chiqilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 03 maydagi PM-125-sonli buyrug‘i bilan “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Tibbiy psixologiya” va “Psixogigiena” moduliga kiritilgan. Natijada psixosomatik kasalliklar nozologiyasiga mos psixodiagnostika va psixokorreksiyasining o‘ziga xosligini aniqlash samaradorligi oshgan hamda tibbiy psixolog, amaliyotchi psixologlar faoliyatining ilmiy, o‘quv-metodik ta’minotini kuchaytirdi.