Mahmaraimov Shavkat To‘xtashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aesculus hippocastanum  L. asosida olingan yangi preparatning eksperimental Krash sindromida yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3367.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Farmatsevtika instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Eksperimental uzoq muddatli siqilish (Krash) sindromi modelida  Aesculus hippocastanum  L. asosida olingan dori vositasining yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini o‘rganib,  tibbiyot amaliyotida qo‘llashga tavsiya etishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Krash sindromi modelida essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining antiekssudativ xususiyati va yallig‘lanishga qarshi samaradorligi qon zardobidagi interleykin-1β, interleykin–6, α-o‘sma nekrozi omili, C-reaktiv oqsil  miqdorlarini hamda fibrinogen darajasini  kamaytirishi asosida aniqlangan;
essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining Krash sindromida qon tomirlarni mustahkamlovchi  ta’siri bo‘yalish vaqtining boshlanishi va tugashini (nazorat guruhiga nisbatan) mos ravishda  53,8% va 48,5% ga uzaytirganligi  asosida aniqlangan;
tajribada ilk bor essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining nefroprotektorlik xususiyati o‘tkir buyrak shikastlanishi modelida  qon zardobidagi oshgan kreatinin va karbamid miqdorlarini (nazorat guruhiga ko‘ra) mos ravishda 52% va 34% ga kamaytirishi asosida aniqlangan;
essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining Krash sindromida tajribaviy bosh miya o‘tkir shikastlanishini kamaytirishi  tajriba kalamushlarining umr ko‘rish davomiyligini 63,3% ga  uzaytirtirganligi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining farmakologik samaradorligini baholash  buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi  ilmiy yangilik:  essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining antiekssudativ xususiyati va yallig‘lanishga qarshi samaradorligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasiga 2024 yil 25 noyabrdagi 670-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasida 29.11.2024 yildagi 631-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/61-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: Essin/HP-betta-CD dori vositasini  uzoq muddatli siqilish sindromida yallig‘lanishni davolashda, kasallik asoratlarini rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy  essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining 50 mg/kg dozada solishtirma xorijiy original preparat «Eskuzan»dan  samaraliroq ta’sir etishi farmakoterapiya tannarxini deyarli 3 barobar pasaytiradi hamda import dori vositalari o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Xulosa: dori vositasining yallig‘lanishga qarshi antiekssudativ, qon tomirlarni mustahkamlovchi xususiyatlari bemorlar orasida kasallikni erta tashhislash va davolash, o‘lim darajasini kamaytirish imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining Krash sindromida qon tomirlarni mustahkamlovchi, ya’ni shishlarga qarshi samaradorligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasiga 2024 yil 25 noyabrdagi 670-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasida 29.11.2024 yildagi 631-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/61-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Essin/HP-betta-CD dori vositasini  uzoq muddatli siqilish sindromida shishlarni davolashga qaratilgan terapiya yo‘nalishlarida muhim amaliy ahamiyatga ega. Xulosa: dori vositasining qon tomirlarni mustahkamlovchi xususiyatlari o‘tkir buyrak reperfuzion shikastlanishi va miya global ishemiyasida samaradorligi bemorlar orasida kasallikni erta tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olish, nogironlar sonini va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: tajribada ilk bor essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining nefroprotektorlik xususiyati o‘tkir buyrak shikastlanishi modelida  qon zardobidagi oshgan kreatinin va karbamid miqdorlarini (nazorat guruhiga ko‘ra) mos ravishda 52% va 34% ga kamaytirishi asosida aniqlanganligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasiga 2024 yil 25 noyabrdagi 670-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasida 29.11.2024 yildagi 631-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/61-sonli xulosasi). Essin/HP-betta-CD dori vositasi  farmakoterapiyasi ta’sirida katalaza miqdori nazorat guruhiga nisbatan 124% ga oshib, bu ko‘rsatkich xorijiy «Eskuzan» (original preparat) ko‘rsatkichlariga nisbatan 33% yuqori. Malondial`degid miqdori esa «Eskuzan» ko‘rsatkichlariga ko‘ra 14% ga kamaygan.  Ijtimoiy samaradorligi:  Krash sindromida bemor organizmidagi antioksidant tizimining normallashuvi natijasida kasallik kechishini to‘g‘ri baholash va erta davolash, asoratlar oldini olish imkonini beradi. Xulosa: O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy, yangi Essin/HP-betta-CD dori vositasining yallig‘lanishga qarshi antiekssudativ, qon tomirlarni mustahkamlovchi xususiyatlari, o‘tkir buyrak reperfuzion shikastlanishi va miya global ishemiyasida samaradorligi bemorlar orasida kasallikni erta tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olish, nogironlar sonini va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini beradi.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining tajribaviy Krash sindromining o‘rta darajasida yuzaga keladigan o‘tkir buyrak shikastlanishi va o‘tkir miya ishemiyasiga qarshi ta’siri Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasiga 2024 yil 25 noyabrdagi 670-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasida 29.11.2024 yildagi 631-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/61-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Krash sindromining o‘rta darajasida yuzaga keladigan o‘tkir buyrak shikastlanishlarini oldini olish, kasallikni erta aniqlash va davolash imkonini beradi, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiradi; global  miya  ishemiyasi va gipoksiyaning oldini olish,  qon aylanishi buzilishlarini kamaytirishi hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Essinning gidroksipropil betta-siklodekstrin bilan hosil qilgan kompleks dori vositasining 50 mg/kg dozada Krash sindromida tajribaviy bosh miya o‘tkir shikastlanishini kamaytirishi  kalamushlarning umr ko‘rish davomiyligini 63,3% ga, solishtirma xorijiy original preparat Eskuzan preparati kabi uzaytirtirganligi bilan asoslangan. Xulosa: Mahalliy Essin/HP-betta-CD dori vositasining xorijiy «Eskuzan» (original preparat) ga nisbatan yuqori samaradorligi  uni Krash sindromining engil va o‘rta darajalari farmakoterapiyasining tannarxini pasaytirish,  ambulator va statsionar davolanish kunining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish