Mamatkulova O‘g‘ilxon Odilovnanaing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sarimsoqpiyoz va piyoz asosida xalq tabobatida foydalanish uchun tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K538.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Obidjon Shahobidinovich kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexkonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sarimsoqpiyoz va piyoz ildizmevalarining kimyoviy tarkibini aniqlash asosida yangi turdagi surtma malham va oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqish, hamda ularning kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida yetishtirilgan sarimsoqpiyozning “Mayskiy VIR” va piyozning “Ravnaq” navlari tarkibidagi makro va mikroelementlar IBP-OES usulida aniqlanganda K, Ca, Mg, Na, P va S, elementlari miqdorlari Hindiston va Xitoyda etishtirilgan navlarga nisbatan ko‘proq miqdorda to‘planishi isbotlangan;
sarimsoqpiyozning “Mayskiy VIR” va piyozning ”Ravnaq” navlarini quruq ekstraklari tarkibidagi β-karotinoidlar miqdori mos ravishda 19,40 mg % va 21.46 mg % ekanligi spektrofotometrik usulda aniqlangan;
piyozning “Ravnaq” navi tarkibidagi suvda eruvchang vitaminlarni miqdori V3 > B9 > B1 > C > PP >C > B6 > B2 tartibida kamayib borishi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida isbotlangan;
sarimsoqpiyozning “Mayskiy VIR” va piyozning ”Ravnaq” navlari quritilgan kukuni tarkibida mos ravishda 26,72 mg/g va 73,76 mg/g aminokislotalar mavjud ekanligi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlangan;
sarimsoqpiyoz va piyoz asosida olingan “AS-MO” oziq-ovqat qo‘shilmasining antioksidantlik faolligi adrenalinning in vitro sharoitida autooksidlanishini ingibirlash usulida gliklazidga nisbatan 1,72 marta, kversetinga nisbatan 1,4 marta yuqori ekanligi isbotlangan;
sarimsoqpiyoz va piyoz asosida olingan “Antineyrodermit” surtma malhamining neyrodermit teri kasalligini davolash xususiyati in vitro va in vivo usullarida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq tabobatida qo‘llanilayotgan sarimsoqpiyoz va piyoz kukunlari asosida olingan “Antineyrodermit” surtma malhami va “As-MO” ayrim ichak parazitlariga qarshi oziq-ovqat qo‘shilmalarini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “As-MO” va “Antineyrodermit” vositalari oziq-ovqat qo‘shilmasi sifatida kimyoviy tarkibi asosida sinflanib, ularga “tarkibida allisin, alliin, ajoen, kversitin, fitonsidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan tabiiy malham va oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 2106 90 980 7 kod raqamlari ishlab chiqilgan hamda bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2025 yil 20 iyundagi 17/05-24-1184 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan;
“As-MO” oziq-ovqat qo‘shilmasi va “Antineyrodermit” surtma malhami uchun texnik shart (S 304571521-01:2022) Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2025 yil 28 iyundagi 26-11/564-son xati; Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 iyuldagi 016497-son sanitariya-epidemiologik xulosasi). Natijada, zararsiz surtma malhami va oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish va ayrim teri kasalliklarini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bergan.