Balliev Ajiniyaz Ibragimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Iqlim o‘zgarishi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv oqimlari va suv omborlarining gidrologik va gidrokimyoviy holati (Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi misolida», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr258.
Ilmiy rahbar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Tilllyaxodjaeva Zuxra Djaxangirovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishi sharoitida Janubiy Orolbo‘yi suv ob’ektlarining zamonaviy gidrologik va gidrokimyoviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo daryosi va sug‘orish kanallarining  2009-2023 yillar uchun zamonaviy gidrologik va gidrokimyoviy tavsiflari aniqlangan, yil suvliligining suv mineralizatsiyasiga ta’siri baholangan;
Amudaryoning quyi oqimidagi magistral kollektorlar va kichik mahalliy ko‘llar suvidagi bosh ionlar miqdorining mineralizatsiyaga bog‘liqligi aniqlangan;
magistral kollektorlarning gidrologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari (suv sarfi, mineralizatsiya, kimyoviy tarkibi, rejimi) aniqlangan, yilning suvliligini hisobga olgan holda irrigatsiya maqsadlari uchun ulardagi suv sifati baholangan hamda GAT-xaritalari tuzilgan;
Janubiy Orolbo‘yi suv ob’ektlarining gidrologik, gidrokimyoviy holati va ifloslanish darajasi ularning 1960-1990 yillardagi holati bilan qiyoslash asosida umumlashtirib baholangan va GAT-xaritalari tuzilgan;
Amudaryoning quyi oqimida suv ob’ektlarining gidroekologik holatini kompleks baholash, suvning ifloslanish darajasini kamaytirish hamda er usti suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Janubiy Orolbo‘yi misolida suv oqimlari va suv omborlarining gidrologik va gidrokimyo xususiyatlarini baholashda olingan ilmiy natijalar asosida:
Amudaryo daryosi va sug‘orish kanallarining  2009-2023 yillar uchun aniqlangan zamonaviy gidrologik va gidrokimyoviy tavsiflari, yil suvliligining suv mineralizatsiyasiga ta’sirini baholash natijasida olingan o‘zgarishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida daryo suv sarfi va sifati tavsiflarining ko‘p yillik o‘zgarishlarini tahlil qilishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 dekabrdagi 03/09-3-493-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo daryosi va sug‘orish kanallari oqimining gidrologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarini turli xil suvlilik yillarda aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoning quyi oqimidagi magistral kollektorlar va kichik mahalliy ko‘llar suvidagi bosh ionlar miqdorining mineralizatsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan matematik ifodalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida magistral kollektorlar va ko‘llar suvining  tipini aniqlashda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 dekabrdagi  03/09-3-493-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘lanishlarning matematik ifodalaridan foydalanib daryo va kollektor suvlari mineralizatsiyasi asosida suv ob’ektlari ion tarkibini prognozlash imkoniyatlari yaratilgan;
magistral kollektorlarning aniqlangan gidrologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari (suv sarfi, mineralizatsiya, kimyoviy tarkibi, rejimi), yilning suvliligini hisobga olgan holda suv sifatini irrigatsiya maqsadlari uchun baholash natijalari hamda tuzilgan GAT-xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida kollektorlar suvidan samarali foydalanishni rejalashtirishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 dekabrdagi  03/09-3-493-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud er usti suv resurslaridan kollektor va drenaj suvlarini aralashtirishni hisobga olgan holda samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Janubiy Orolbo‘yi suv ob’ektlarining gidrologik, gidrokimyoviy holati va ifloslanish darajasini ularning 1960-1990 yillardagi holati bilan qiyoslash asosida umumlashtirib tuzilgan GAT-xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida ushbu suv ob’ektlarining zamonaviy gidrologik va gidrokimyoviy holatini tahlil qilishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 5 dekabrdagi  03/09-3-493-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo deltasida saqlanib qolgan ko‘llar qurib ketishining oldini olish maqsadida ularni kompleks gidrologik va gidrokimyoviy monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
Amudaryoning quyi oqimida suv ob’ektlarining gidroekologik holatini kompleks baholash, suvning ifloslanish darajasini kamaytirish hamda er usti suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 5 dekabrdagi  03/09-3-493-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi hududida er usti suv resurslarining ifloslanishini kamaytirish hamda suvdan ichimlik, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, baliqchilik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada samarali amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish