Mamajanova Irodaxon Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mevali danaklardan olingan moyning kimyoviy tarkibini tadqiq qilish va ulardan oqilona foydalanish (Prunus cerasus l.  o‘simligi misolida)», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K881.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich kimyo fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxamatovich kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gilos o‘simligining barglari va danak mag‘izining kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlash hamda meva danak mag‘izi moyi asosida davolovchi va kosmetik moylarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy gilos o‘simligi danak mag‘izi moyining lipid, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislota tarkibi gaz xromatografiyasi usuli yordamida o‘rganilgan, danak mag‘izi moyining muqobil yallig‘lanishga qarshi ta’siri qiyosiy levomekolga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan;
gilos o‘simligining barglari va danak mag‘izining oqsil miqdori va erkin aminokislota tarkibi, uglevodlar, flavonoidlar, suvda eruvchan vitaminlar, organik kislotalar miqdori, o‘simlik barglari va gulbarglari efir moylarining tarkibi o‘rganilgan hamda danak mag‘izi barcha oqsil tuzuvchi aminokislotalar va to‘yinmagam yog‘ kislotalarning manbayi ekanligi isbotlangan;
induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida gilos o‘simligining barglari va danak mag‘izi tarkibida 50 ga yaqin element miqdori hamda gilos o‘simligi mevasi danak mag‘izi moyining o‘tkir zaharlilik ko‘rsatkichi V toifaga tegishli ekanligi aniqlangan;
gilos danak mag‘izi moyi asosida yaratilgan kosmetik moy uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi Tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prunus cerasus L. o‘simligining kimyoviy komponentlari va biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gilos danak mag‘izi asosida olingan tabiiy moy olishga texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (TI 64.507520189-01:2024). Mazkur texnik yo‘riqnoma va GOST 30306-95 texnik shart kosmetik gilos moyi ishlab chiqarish imkonini bergan;
gilos danak mag‘izi moyi asosida tabiiy moy uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha yangi: gilos danagi mag‘izidan kosmetik moy uchun 3304 10 000 1 tovar kod raqami ishlab chiqilgan hamda davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4 dekabrdagi 17/05-24-2122-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida kosmetik moylarni tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish