Artikova Ziyoda Zaynitdinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Xitoy tili 把 “ba” ieroglifining polifunksional xususiyatlari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil.2907
Ilmiy rahbar: Karimov Akramdjan Abilevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xitoy tili 把 “ba” ieroglifining shakllanish va rivojlanish bosqichlaridagi gap modellarini sinxronik-diaxronik aspektda dalillash hamda uning grammatik funksiyalarini aniqlash, 把 “ba”ning ushbu funksiyalardagi leksik-semantik ma’nolarini tasniflab asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xitoy tilida polifunksionallik mavjudligining tamoyillari va 把 “ba” ieroglifi haqidagi nazariy yondashuvlarni o‘rganilaganligi natijasida 把 “ba”ning fe’l, old ko‘makchi, hisob so‘zi, ot, ko‘makchi vazifasidagi gap modellari aniqlangan va shakllantirilgan;
grammatikalashish jarayoni 把 “ba”ning fe’l vazifasidan old ko‘makchi vazifasiga o‘tishiga sabab bo‘lgani, 把 “ba” fe’lining asos ma’nosi 把 “ba” hisob so‘zi va 把 “ba” ot so‘z turkumidagi ma’nolarining hosil bo‘lishiga, 把 “ba” hisob so‘zining tahminiy miqdorni ifodalovchi ma’nosi 把 “ba” ko‘makchi ma’nosini hosil bo‘lishiga bevosita ta’sir etganligi asoslangan.
把 “ba”ning so‘z turkumlariga tegishli leksik ma’nolari kengayishi bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan, shuningdek, 把 “ba” polisemantik so‘zining fe’l, old ko‘makchi, hisob so‘zi, ot yoki ko‘makchi vazifasida kelganda ma’lum semasi faollashishi distribusiyaga bog‘liqligi dalillangan.
to‘rt o‘lchovli matrisa asosida 把 “ba” ieroglifining omonimiyada guruhlashtirish tasnifi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra 把 “ba” ham mustaqil ham yordamchi so‘z sifatida ettita guruhda leksik, konversion va ieroglifik omonim so‘z sifatida kela olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tili 把 “ba” ieroglifining polifunksional xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
xitoy tilidagi 把 “ba” so‘zi grammatikasiga oid nazariy xulosalar 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) ta’lim yo‘nalishi uchun “Xitoy tili (HSK5 grammatikasi va yozuv mashqlari) o‘quv qo‘llanmasining yaratilishiga asos bo‘lgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 02-04-0212972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ta’lim yo‘nalishining xitoyshunoslik sohasi xitoy tili darajasini (C1) oshirish bo‘yicha grammatik bilimlar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
xitoy tili 把 “ba” ieroglifiga doir tadqiqotning ilmiy natijalari va ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Tig‘iz payt”, “Yaxshi kayfiyat” radiodasturlarini samarali tashkil etishda, ularning ssenariyalarini tuzishda foydalanildi (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 27-sentyabrdagi 04-37-1072-son ma’lumotnomasi). Xitoy tili ieroglifing tarix silsilasida bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o‘tishidagi jarayonlar haqidagi ilmiy fikrlar muxlislar qiziqishini orttirgan. Natijada hozirgi xitoy tilidagi 把 “ba” ieroglifi semantikasini belgilashda nutqiy matn xususiyatidan kelib chiqib, so‘zlovchining vaziyatdagi o‘rni e’tiborga olinishi shartligi asoslab berilganligi efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan;
把 “ba” ieroglifining polifunksional xususiyatlari bo‘yicha olingan xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining ilmiy yo‘nalishlari hamda “Xitoy tili” fanidan mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanmoqda (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 210/24-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda xitoy tili grammatikasi, leksikologiyasi, xitoy ierogliflarining leksik-semantik va grammatik jihatlari bo‘yicha kengroq ma’lumot hosil bo‘lishiga xizmat qilgan.