Mukarramov Ramazon Xusinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston temir yo‘llarida ko‘chki xavfini baholash”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xoʻjaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3747.
Ilmiy rahbar: Djabbarov Saidburxan Tulaganovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shayaxmetov Saulet Berlikashevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdukamilov Shavkat Shuhratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘li sharoitdagi temir yo‘llarda poezdlar oqimining xavfsiz va uzliksiz harakatini ta’minlash maqsadida ko‘chki xavfini baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ yonbag‘rida joylashgan temir yo‘l er polotnosining dala kuzatuvlari natijalari asosida siljishga moyillik va kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan xususiy koeffisientlari bilan siljish ehtimoliy kotegoriyasi hamda kelib chiqadigan zarar orqali ko‘chki xavfi toifasini baholash imkonini beradigan ball salmoqli usuli takomillashtirilgan;
qisqa vaqt ichida va muhandislik-geologik qidiruv ma’lumotlari etarli bo‘lmaganda temir yo‘l er polotnosiga ko‘chki xavfi darajasini baholash va ularning ustuvorligi bo‘yicha tasniflash imkonini beradigan jadval shakllar va vazn koeffisientlari bilan baholashning yarim miqdoriy usuli takomillashtirilgan;
chekli elementlar usuli orqali temir yo‘lda olib borilgan muhandislik-geologik qidiruvlarining geologik kesimlari asosida xavfli uchastkalarining ishonchliligini va er polotnosining ustuvorligi baholangan;
transport infratuzilmasi ob’ektlariga ko‘chish xavfini oldini olish uchun muhandislik ishlari kompleksi (tadbirlari) bilan boshqarish metodikasi loyihalash jarayonini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston temir yo‘llarida ko‘chki xavfini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi MTU (Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining 103 km) temir yo‘lida ko‘chkining yuqori xavfi mavjud uchastkalarini aniqlashga erishilgan hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasida joriy qilingan (Transport vazirligining 2024 yil 05 dekabrdagi 4/E1647-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chkiga moyil bolgan tog‘ yonbag‘ir va qiyaliklar ustuvorligi, ko‘chki xavfini baholashning taklif etilayotgan usul muhandislik - geologik qidiruvlar (tadqiqotlar) natijalari etarli bo‘lmagan taqdirda himoya inshoatlarining asoslangan loyihaviy echimlarini qabul qilishni ta’minlangan;
Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining “Chashmayxafizon – Aqrabot” uchastkasining 103-kilometrida hudud relefining sonli modelini (RSM) ni yaratish uchun “Trimble Sure Scan” texnologiyasidan foydalanish an’anaviy usullarga nisbatan dala ishlari sifatini oshirish, kameral ishlar uchun ishonchli ma’lumotlar olish, dala ishlari muddati qisqarnatirish imkonini aniqlangan bo‘lib, O‘zbekiston tog‘ – kon geologiya vazirligi huzuridagi “Davlat monitoring xizmati” da joriy etilgan (O‘zbekiston tog‘ – kon geologiya vazirligining 2024 yil 04 dekabrdagi 08-4517-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarining sathi va nishabi yonbag‘ir ustuvorligiga eng katta ta’sirga ega, ularning umumiy ta’siri 58% dan ortiqligi aniqlandi hamda Qarshi kuzatish stansiyasi ishlarining asoslariga aniqlik kiritishga imkon bergan.