Turaev Sobir Jo‘raqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): "Sharsimon to‘dalarning fizik xususiyatlarini aniqlash va ularning kosmologiya masalalari bilan aloqasi", 01.03.02 — Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika- matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1152
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/05.05.2023.FM.01.18.
Rasmiy opponetlar: Korshunova Natalya Aleksandrovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.; Rahimov Ozodjon Anvarjonovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: L.N. Gumilev nomidagi Evraziya Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Gaia DR2 tomonidan olingan galaktik ShTlarning ko‘rinma sirt zichligi kuzatuv ma’lumotlari yordamida ularning konsentratsiya parametri qiymatlarini aniqlash, ShTlarning asosiy fizik xususiyatlar o‘rtasidagi empirik munosabatlarni topish, ularni sinflashtirish hamda markaziy OMQO‘lar massasi bilan ShTlarning asosiy fizik xarakteristikalari orasidagi empirik munosabatlarni aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahonda birinchi bor yulduzlar zichligining markazga tomon oshib borish darajasini ifodalovchi konsentratsiya parametri bilan ShTlarning asosiy fizik xarakteristikalari orasidagi empirik munosabatlar aniqlangan; 
Gaia DR2 loyihasi doirasida olingan 81 ta Somon Yoʻli ShTlarining ko‘rinma sirt zichligi kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanib ularning konsentrasiya parametrlari qiymatlari Nuker modeli yordamida simpleks usulida topilgan;
ilk bor ShTlarda markaziy OMQO‘larning kuzatuvlar yordamida aniqlangan massa qiymatlari ma’lum bo‘lgan to‘dalar ro‘yxati tuzilgan;
birinchi marotaba markaziy OMQO‘larning kuzatuvlardan aniqlangan massa qiymatlari hamda ShTlarning fizik xarakteristikalari orasida empirik formulalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: ShTlarning fizik xususiyatlarini aniqlash, ularning asosiy fizik parametrlari orasidagi empirik bog‘lanishlarni topish va markaziy OMQO‘larni o‘rganish bo‘yich olingan natijalar asosida:
tuzilgan markaziy OMQO‘lar massasi ma’lum bo‘lgan sharsimon to‘dalar ro‘yxatidan ularning dinamik xossalarini aniqlashda foydalanilgan (M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti GAISh MGUning Galaktika va o‘zgaruvchan yulduzlarni o‘rganish bo‘limining 2024 yil 20 noyabrdagi №371-24/96 sonli ma’lumotnomasi). Natijada OMQO‘lar massasi va to‘daning to‘la energiyasi orasidagi empirik munosabatni aniqlashga erishilgan;
DR2 kuzatuvlari yordamida aniqlangan to‘dalarning konsentratsiya parametri qiymatlari bilan ShTlarning asosiy fizik xususiyatlari o‘rtasida topilgan empirik formulalar Galaktikamiz dinamikasi masalalarini hal qilishda hamda ularning fizik parametrlarini juda sodda va yuqori aniqlikda topish uchun foydalanilgan (M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti GAISh MGUning Galaktika va o‘zgaruvchan yulduzlarni o‘rganish bo‘limining 2024 yil 20 noyabrdagi №371-24/96 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar galaktikalar baljining massa qiymatlarini baholash imkonini bergan;
ShTlar markazidagi OMQO‘lar massasi va ularning asosiy fizik parametrlari orasida topilgan empirik munosabatlardan ularning shakllanishidagi oid muammolarni hal qilishda foydalanilgan (M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti GAISh MGUning Galaktika va o‘zgaruvchan yulduzlarni o‘rganish bo‘limining 2024 yil 20 noyabrdagi №371-24/96 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ShTlarning dastlabki shakllanish bosqichlarida OMQO‘larning roli baholangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish