Kadirov Ilxom Abdullaevichning
Patentlar asosida o‘tkaziladigan 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Talab etilgan xossalar ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan sement kompozitlarining resurstejamkor texnologiyalari”, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.DSc/T861
Ilmiy maslahatchi: texnika fanlari doktori, professor Adilxodjaev Anvar Ishanovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc15/31.08.2022.T.73.04
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kimyoviy polifunksional modifikatorlar va texnogen kelib chiqishga ega bo‘lgan mayda dispersli mineral qo‘shimchalardan foydalangan holda ekspluatatsion xossalari yaxshilangan sement kompozitlarini, ya’ni kompozision bog‘lovchi, organomineral qo‘shimcha, noavtoklav gazobeton, shuningdek, opalubkasiz qoliplash texnologiyasi uchun issiqlik bilan ishlov berishning kam qizdiriladigan texnologiyasi uchun beton qorishmasi tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen mineral mikroto‘ldiruvchilar va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish hisobiga gidratatsiya va qotish jarayonlarini yo‘naltirilgan boshqarish orqali talab etilgan xossalar ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yangi avlod ilgari qurilish buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llanilmagan sement kompozitlarini loyihalash imkonini berishi haqidagi ilgari surilgan gipoteza isbotlangan;
ilk marotaba turli disperslik va sirt faollikdagi binar mineral mikroto‘ldirgich va polifunksional qo‘shimchalardan foydalanish asosida sement toshi korroziyasining asosiy turlariga chidamliligi yuqori bo‘lgan, shuningdek, betonning 12-24 soat va 28 kunlik yoshida yuqori mustahkamlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turuvchi resurs- va energiyatejamkor klinkerli gipssiz kompozision bog‘lovchi tarkibi ishlab chiqilgan (№Uz IAP 7709);
ilk marotaba texnogen mineral chiqindi va kimyoviy modifikatorlar asosida g‘ovak strukturasini yo‘naltirilgan modifikatsiyalash hisobiga sement bog‘lovchisi sarfini kamaytirish, uning asosidagi betonning muzlashga bardoshliligini va suv o‘tkazmasligini oshirishni ta’minlaydigan kompleks organomineral qo‘shimcha ishlab chiqilgan (№UZ IAP 7876);
ilk marotaba texnogen chiqindilar va polifunksional modifikator asosida talab etilgan fizik-mexanik xossalarga va past tannarxga ega bo‘lgan konstruksion va konstruksion-issiqlik izolyasion noavtoklav gazobeton ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasi ishlab chiqilgan (№UZ IAP 7877);
ilk marotaba opalubkasiz qoliplash usuli bilan yig‘ma temir-beton tayyorlash uchun talab etilgan reologik xossalar va tarkibga ega bo‘lgan, temir-beton buyumlar va konstruksiyalarni tayyorlashning kam qizdiriladigan texnologiyasiga o‘tish imkonini beruvchi beton qorishmasi tarkibi ishlab chiqilgan (№UZ FAP 02246).
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Talab etilgan xossalar ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan sement kompozitlarining resurstejamkor texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagi ishlanmalar amaliyotga joriy qilindi:
klinker, nisbiy sirt yuzasi Sud=9000-11000 sm2/g bo‘lgan mikrokremnezem, nisbiy sirt yuzasi Sud=2000-2200 sm2/g ni tashkil etgan ohaktoshli asosidagi mikroto‘ldirgich, shuningdek, CEMENTMIX AC kimyoviy qo‘shimchani o‘z ichiga olgan oldindan belgilangan xossalar ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kompozision bog‘lovchi ilk marotaba ishlab chiqilgan va “ShEROBOD SEMENT ZAVODI” MChJda ishlab chiqarishda joriy etilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 07.03.2025-yildagi 02/15-820-son ma’lumotnomasi). Ushbu korxonada 06.03.2024 yildan 30.12.2024 yilgacha bo‘lgan davrda UzIAP7709 raqamli "Kompozision bog‘lovchi" ixtiro patentiga muvofiq umumiy qiymati 43 mln. so‘m bo‘lgan 100 tonna tajriba-sinov partiyasi ishlab chiqarildi. Natijada yangi tarkibli kompozision bog‘lovchini ishlab chiqarishga joriy etish orqali 5,8 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
nisbiy sirt yuzasi 4000-4200 sm2/g ni tashkil qiluvchi maydalangan qolip chiqindilari, CEMENTMIX AR, VODOMIX dan iborat beton qorishmasi uchun kompleks organomineral qo‘shimcha "BINOKOR TEMIRBETON SERVIS" MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan. Ushbu korxonada 23.06.2024 yildan 30.01.2025 yilgacha bo‘lgan davrda UZ IAP 7876-sonli "Beton qorishmasi uchun kompleks organomineral qo‘shimcha" ixtiro patentiga muvofiq 3500 dona FBS12.4.6-T markali erto‘la devorlari uchun beton bloklar partiyasining tajriba-sanoat partiyasi ishlab chiqarilgan. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 07.03.2025-yildagi 02/15-820-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkibli kompleks organomineral qo‘shimchani ishlab chiqarishga joriy etish orqali 265 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
noavtoklav gazobeton olish uchun sement, oldindan birgalikda 2000-2200 sm2/g nisbiy sirt yuzagacha maydalangan tarkibida faol alyuminiy bo‘lgan alyuminiy sanoatining ikkilamchi shlaklari va metallurgiya sanoatining qolip shlaklari, shuningdek, gidratli ohak, POLIMIX JBI polifunksional qo‘shimchasi, suvni o‘z ichiga olgan xomashyo aralashmasi asosida noavtoklav gazobeton qorishmasi "ShAHRIYoR ISLOMOV" MChJda amaliyotga joriy qilingan. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 07.03.2025-yildagi 02/15-820-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkibli noavtoklav gazobetonni ishlab chiqarishga joriy etish orqali 465 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
temirbeton buyumlar va konstruksiyalarni tayyorlashning kam qizdiriladigan texnologiyalari uchun talab etilgan reologik xossalarga ega bo‘lgan sement, shag‘al, qum, POLIMIX JBI polifunksional modifikatori, suv va 3000-3200 sm2/g nisbiy sirt yuzasigacha maydalangan po‘lat eritish chiqindilari asosidagi mineral mikroto‘ldirgichdan tashkil topgan beton qorishmasi "BINOKOR TEMIRBETON SERVIS" MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan va u asosida opalubkasiz qoliplash texnologiyasi bo‘yicha buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 07.03.2025-yildagi 02/15-820-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy qiymati 11,37 mlrd. so‘mlik orayopma plitalari ishlab chiqarildi va 1145 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish