Dushaeva Gulbahor Zoxidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo: hamkorlik tajribasi va zamonaviy bosqichdagi holati”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyoting siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss490
Ilmiy maslahatchi: Joʻraev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar:
Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Niyazova Nargiza Muxtarovna, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanishining hozirgi tendensiyalari va istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Janubiy Koreyaning mintaqaviy davlatdan global davlat maqomiga erishishga qaratilgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy va diplomatik ta’sirini kengaytirish, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda liberalizm yondashuvlarini institutsional mexanizmlar orqali qo‘llab-quvvatlash va jahon miqyosida koreys yumshoq kuch resurslarini targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi tashqi siyosiy strategiyasi “global o‘zak davlat” nazariyasiga ko‘ra asoslab berilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasining strategik ahamiyatidan kelib chiqib, Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan geografik jihatdan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, taraqqiyotning koreys modeli tajribasi imkoniyatlaridan foydalanish va ko‘p tomonlama strategik aloqalarni iqtisodiy diplomatiya vositasida amalga oshirishga yo‘naltirilgan milliy manfaatlari “Koreya Ipak yo‘li” (K-Silk Road) loyihasiga ko‘ra isbotlangan.
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida koreys diasporasining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga ijobiy ta’siri, ko‘p tomonlama xalq diplomatiyasini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Janubiy Koreyada “Markaziy Osiyo diasporasi hamjamiyati”ini ta’sis etish taklifi dalillangan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish ko‘lamida Koreya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarning yuqori darajadagi samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslarini takomillashtirish, har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishda “Markaziy Osiyo – Koreya” formatini davlat rahbarlari darajasiga olib chiqish chiqish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi quyidagi xulosalar olingan:
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida koreys diasporasining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarga ijobiy ta’siri, ko‘p tomonlama xalq diplomatiyasini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Janubiy Koreyada “Markaziy Osiyo diasporasi hamjamiyati”ini ta’sis etish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamalakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan foydalanildi (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamalakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 14-iyuldagi 14-07-1164-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar xalqlararo ma’rifiy dasturlar, madaniy festivallar va boshqa tadbirlar madaniy aloqalarni saqlash va rivojlantirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish ko‘lamida Koreya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarning yuqori darajadagi samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslarini takomillashtirish, har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishda “Markaziy Osiyo – Koreya” formatini davlat rahbarlari darajasiga olib chiqish chiqish zaruriyati xususidagi ilmiy xulosalardan “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” nomli amaliy tashabbuskor loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 6-iyundagi 01-04-01/1285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalari hamda transport logistika yo‘llarini joriy etish bo‘yicha tadqiqot natijalari xalqaro konferensiyani tashkil etish jarayonlariga xizmat qilgan.
Janubiy Koreyaning mintaqaviy davlatdan global davlat maqomiga erishishga qaratilgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy va diplomatik ta’sirini kengaytirish, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda liberalizm yondashuvlarini institutsional mexanizmlar orqali qo‘llab-quvvatlash va jahon miqyosida koreys yumshoq kuch resurslarini targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi tashqi siyosiy strategiyasi “global o‘zak davlat” nazariyasiga asoslanishi borasidagi xulosalardan “World politics” o‘quv qo‘llanmasidagi “Markaziy Osiyo jahon siyosatida va Koreya Respublikasining jahon siyosatidagi o‘rni” mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 6-iyundagi 01-04-01/1286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmadagi ushbu mavzular o‘quv jarayonidagi metodologiyani takomillashtirishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasining strategik ahamiyatidan kelib chiqib, Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan geografik jihatdan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, taraqqiyotning koreys modeli tajribasi imkoniyatlaridan foydalanish va ko‘p tomonlama strategik aloqalarni iqtisodiy diplomatiya vositasida amalga oshirishga yo‘naltirilgan milliy manfaatlari “Koreya Ipak yo‘li” (K-Silk Road) loyihasiga ko‘ra isbotlangani xususidagi xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-avgustdagi 01-44-171-sonli ma’lumotnomasi). Natijada efirga uzatilgan ma’lumotlar Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish mazmun-mohiyatini aholi va jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.