Yuldoshova Manzura Ollashkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Banklararo raqobat orqali fond bozorida bank aksiyalari narxini barqarorlashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4158
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori dotsent; Foziljonov Ibrohim Sotvoldixo‘ja o‘g‘ili, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi . Banklararo raqobat bozorida tijorat banklarini fond bozorida aksiyalari narxini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklararo raqobat bozori orqali bank aksiyalari narxini barqarorligini baholashda MIMD (management – indicators modern - information technologies - digital marketing strategy) talablarini hisobga olgan holda aniqlash taklif etilgan;
banklarning aksiyalar narxi barqarorligini ta'minlashni belgilab beruvchi strategik muhim ko‘rsatkichlarni (SII strategically important indicators) baholash va boshqarishda ma'lum vaqt oralig‘ida bank aksiyalar narxini keskin tebranish "Increase-decrease" qiymatini kiritish taklifi ishlab chiqilgan; 
    sof foyda va ustav kapitali kabi omillar vositasida tijorat banklari aksiyalar narxini baholashda diskont stavkasini kiritish tavsiya etilgan;
    tijorat banklarining aksiyalar narxini barqarorligini ta'minlashda banklar o‘rtasidagi raqobat konsentrasiya qiymatini “R_k≤0,50 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan”, “〖0,51≤R〗_k≤0,80 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga o‘zaro nomutanosiblikda”, hamda “〖0,81≤R〗_k≤1,00 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga teskari bog‘lanishda” toifalar bo‘yicha  baholash taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklarini aksiyalari narxlarini barqarorligini ta'minlash bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida: 
banklararo raqobat bozori orqali bank aksiyalari narxini barqarorligini baholashda MIMD (management – indicators modern - information technologies - digital marketing strategy) talablarini hisobga olgan holda aniqlashga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 12 iyundagi 19/04-232-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi asosida tijorat bankining 2021 yilda aksiyalarining o‘rtacha narxi 11,87 so‘ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda  15,08 so‘mni tashkil etgan.  
banklarning aksiyalar narxi barqarorligini ta'minlashni belgilab beruvchi strategik muhim ko‘rsatkichlarni (SII strategically important indicators) baholash va boshqarishda ma'lum vaqt oralig‘ida bank aksiyalar narxini keskin tebranish "Increase-decrease" qiymatini kiritishga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 12 iyundagi 19/04-232-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifni bank amaliyotiga joriy etilishi natijasida  bankning 2021 yilga nisbatan 2022 yilda ikkilamchi bozorda aksiyalarni sotish hajmi 12,2 foizga oshib, 1928,9 mlrd.so‘mni tashkil etgan. 
sof foyda va ustav kapitali kabi omillar vositasida tijorat banklari aksiyalar narxini baholashda diskont stavkasini kiritishga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 12 iyundagi 19/04-232-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi asosida tijorat bankining 2022 yilda aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichi 1,04% ga teng bo‘lib, aktivlar rentabelligini xalqaro me'yori 1-4 % oralig‘ida bo‘lishini ta'minlangan.
tijorat banklarining aksiyalar narxini barqarorligini ta'minlashda banklar o‘rtasidagi raqobat konsentrasiya qiymatini “R_k≤0,50 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan”, “〖0,51≤R〗_k≤0,80 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga o‘zaro nomutanosiblikda”, hamda “〖0,81≤R〗_k≤1,00 bo‘lsa, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga teskari bog‘lanishda” toifalar bo‘yicha baholashga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 12 iyundagi 19/04-232-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi asosida tijorat bankining 2022 yilda raqobat konsentrasiya qiymati R_k≤0,50 bo‘lib, aksiyalar narxi fond birjasidagi o‘zgarishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langanligi aniqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish