Usmonov Shavkatjon Shukurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Yashil iqtisodiyot loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”, 
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dssertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4141 
Ilmiy rahbar: Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori dotsent;
Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, er solig‘i hamda umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish taklif etilgan;
jismoniy shaxslar tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining hajmidan kelib chiqib Davlat byudjetidan subsidiya ajratish va “Soliq” mobil ilovasi orqali to‘lab berilishi taklif etilgan;
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘i va er solig‘idan ozod qilish ilmiy asoslangan;
nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun, hamda uskunalar egallagan er uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i va mulk solig‘dan ozod qilish lozimligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, er solig‘i hamda umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-sonli Qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan va to‘qqizinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16 yanvardagi 15-04572 -son ma’lumotnomasi). Natijada qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ihtiyorida yiliga o‘rtacha 53,4 mlrd so‘m mablag‘ qolishiga erishiladi;
jismoniy shaxslar tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining hajmidan kelib chiqib Davlat byudjetidan subsidiya ajratish va “Soliq” mobil ilovasi orqali to‘lab berish mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-sonli Qarornini ishlab chiqishda foydalanilgan va o‘n beshinchi bandida o‘z aksini topgan topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16 yanvardagi 15-04572-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy shaxslar tomonidan davlatga ortiqcha elektr energiyasini sotish orqali qo‘shimcha daromad qilish imkoniyati yaratildi;
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘i va er solig‘idan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 436 va 421 moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16 yanvardagi 15-04572-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslarga qo‘shimcha soliq imtiyozi berilishi orqali yashil iqtisodiyotni rag‘batlantirishga erishilgan;
nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun, hamda uskunalar egallagan er uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i va mulk solig‘dan ozod qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414 va 428 moddalarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 16 yanvardagi 15-04572-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik subektlariga qo‘shimcha imtiyoz va qulay shart-sharoitlar yaratishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish