Kudratov Sunnatulla Ropijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4446
Ilmiy rahbar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Elmuradov Shohjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Trastbank” XAB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida korporativ boshqaruv boshqaruv moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish va manfaatdor tomonlar (aksiyadorlar, kreditorlar va tartibga soluvchi organlar) o‘rtasidagi moliyaviy resurslarni boshqarishdagi manfaatlarini uyg‘unlashtirish mexanizmi taklif qilingan;
bank xizmatlarining samaradorligini mijozlar qanoatlanishi, xarajatlar samaradorligi va xizmat ko‘rsatish sifatining kompleks ko‘rsatkichlari orqali korporativ boshqaruv samaradorligini baholash taklifi asoslangan;
bankning iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etishda moliyaviy resurslarni diversifikatsiya qilish orqali korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishning optimal modeli taklif qilingan;
bank boshqaruvning tuzilmasi va texnologiyasini bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, daromadlar manbalarini ko‘paytirish hamda bankning investision jozibadorligini oshirish orqali takomillashtirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari korporativ boshqaruv boshqaruvning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish va manfaatdor tomonlar (aksiyadorlar, kreditorlar va tartibga soluvchi organlar) o‘rtasidagi moliyaviy resurslarni boshqarishdagi manfaatlarini uyg‘unlashtirish mexanizmiga oid taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning korporativ boshqaruv ichki normativ hujjatlarini takomillashtirishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 22-yanvardagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2024-yil 30-avgustdagi ““O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish” to‘g‘risidagi 19-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etildi. Natijada, bankning korporativ boshqaruv samaradorligini 2023-yilda aktivlari hajmining 15% ga o‘sishiga va noto‘lovlar darajasini 5% ga qisqarishiga olib keldi.
bank xizmatlarining samaradorligini mijozlar qanoatlanishi, xarajatlar samaradorligi va xizmat ko‘rsatish sifatining kompleks ko‘rsatkichlari orqali korporativ boshqaruv samaradorligini baholash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning mahsulotlarni joriy etish va boshqarishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 22-yanvardagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2023-yil 3-iyuldagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish” to‘g‘risidagi 134-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etildi. Natijada, mijozlarning bank faoliyatidan qoniqishi, xarajatlar samaradorligi, xizmat ko‘rsatish sifati va moliyaviy natijalaradan iborat kompleks ko‘rsatkichlar joriy qilinishi natijasida 2023-yilda tijorat bankining mijozlar qoniqishi 19% ga oshdi, xarajatlar 25% ga qisqardi, xizmat sifati yaxshilandi va daromad 12% ga ko‘payishiga erishildi.
bankning iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etishda moliyaviy resurslarni diversifikatsiya qilish orqali korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishning optimal modeliga oid taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning mahsulotlarni joriy etish va boshqarishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 22-yanvardagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi-ning 2022-yil 26-avgustdagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish tartibi” to‘g‘risidagi 106/1-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etildi. Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida bank tizimida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish imkonini berdi. Bundan tashqari, rag‘batlantiruvchi tizim joriy qilinishi bank rahbariyati va xodimlarining faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, 2023-yil mobaynida bankning -yillik sof foydasining hajmi 15% ga oshgan.
bank boshqaruvning tuzilmasi va texnologiyasini bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash, daromadlar manbalarini ko‘paytirish hamda bankning investision jozibadorligini oshirish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning mahsulotlarni joriy etish va boshqarishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025 - yil 22 - yanvardagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2022-yil 26-avgustdagi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda mahsulotlarni joriy etish va boshqarish tartibi” to‘g‘risidagi 106/1-sonli qarori asosida amaliyotga joriy etildi. Natijada, moliyaviy resurslarning samarali boshqarilishida tijorat bankning sof foydasi 19% ga, aksiyadorlar daromadi 15% ga oshishiga, hamda bank kapitali barqarorligining mustahkamlanishi risklarga ta’sirchanlik darajasini 3% ga kamayishiga olib keldi.