Berdiev Toshtemir Boymurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarini xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt748
Ilmiy maslahatchi: i.f.d., dots., Absalamov Akram Tolliboevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiylashtirilayotgan banklar mehnat jamoasining barcha a’zolariga va ularga tenglashtirilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan shaxslarga ustav kapitalining 10 foizigacha bo‘lgan oddiy (ovoz beruvchi) aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va chegirmalar asosida sotib olishda imtiyoz ustunligini berish taklifi asoslangan;
bank tizimida minoritar aksiyadorlar salmog‘ini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida banklar aksiyalarining sotib olinishida to‘lovlarni bo‘lib to‘lash shartlarini tatbiq qilish taklifi asoslangan;
bank risklarini monitoring qilish, mansabdor shaxslar tomonidan firibgarlik riskining oldini olish, risklarni boshqarish jarayonidagi munosabatlarni takomillashtirish orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida risklarni boshqarishga ma’sul bo‘lgan bank boshqaruvi qoshidagi tarkibiy bo‘linmaning bank Kuzatuv kengashiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundirilishi zarurati asoslangan;
banklarni xususiylashtirish jarayonini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, «yomon aktivlar» salmog‘ini kamaytirish maqsadida muammoli aktivlarni muammo ob'ektiga qarab guruhlarga bo‘lish va so‘ndirilish samaradorligini oshirish uchun tabaqalashgan KPI o‘rnatish asosida bu kabi aktivlarni bartaraf etishning yangicha metodologiyasini tadbiq etish taklifi etilgan;
bank aksiyalari erkin muomalasini tashkil etish hamda «Xalq IPO»siga tayyorgarlik jarayonini samarali olib borish maqsadida bank aksiyalarini fond birjasida listingdan o‘tkazish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarini xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiylashtirilayotgan banklar mehnat jamoasining barcha a’zolariga va ularga tenglashtirilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan shaxslarga ustav kapitalining 10 foizigacha bo‘lgan oddiy (ovoz beruvchi) aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va chegirmalar asosida sotib olishda imtiyoz ustunligini berishga doir taklifi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Davlat Aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 12 yanvar 02/24-19/413-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank aksiyadorlari tarkibida minoritar aksiyadorlar sonini oshishiga, hamda ularning fond bozorida aksiyalar oldi-sotdisida faol bo‘lishi hisobiga bank aksiyalari kotirovkasi o‘zgarib turishiga va qo‘shimcha investisiya kirib kelishi imkoniyatini beradi;
bank tizimida minoritar aksiyadorlar salmog‘ini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida banklar aksiyalarining sotib olinishida to‘lovlarni bo‘lib to‘lash shartlarini tatbiq qilish taklifi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (Davlat Aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 12 yanvar 02/24-19/413-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini bank aksiyalarini sotib olishga rag‘batlantirish hamda xususiy muldorlar salmog‘ini oshirish imkoniyatini beradi;
bank risklarini monitoring qilish, mansabdor shaxslar tomonidan firibgarlik riskining oldini olish, risklarni boshqarish jarayonidagi munosabatlarni takomillashtirish orqali investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida risklarni boshqarishga ma’sul bo‘lgan bank boshqaruvi qoshidagi tarkibiy bo‘linmaning bank Kuzatuv kengashiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysindirilishi zarurati taklifi AT Turon bank tomonidan amaliyotga qabul qilindi. (AT Turon bankining 2024 yil 26 noyabr 32/05-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, risklarni boshqarish tizimlarini etarli darajada takomilashishiga va mustaqil bo‘lishiga asos yaratildi;
banklarni xususiylashtirish jarayonini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, «yomon aktivlar» salmog‘ini kamaytirish maqsadida muammoli aktivlarni muammo ob’ektiga qarab guruhlarga bo‘lish va so‘ndirilish samaradorligini oshirish uchun tabaqalashgan KPI o‘rnatish asosida bu kabi aktivlarni bartaraf etishning yangicha metodologiyasini tadbiq etish taklifi AT Xalqbank, hamda ATB Turonbank tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (AT Xalqbankining 2024 yil 27 noyabr 17-26/4158-son ma’lumotnomasi, ATB Turonbankining 2024 yil 26 noyabr 32/05-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT Xalqbankda muammoli aktivlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilib Soft collection, Field collection, Hard collection va Yirik kredit qarzdorliklari bilan ishlash bo‘yicha guruhlarga ajratildi, muammoli kreditlar salmog‘ini kamayishiga tabaqalashgan KPI tizimi joriy etilib, bank kredit portfelida ushbu kreditlar salmog‘i 2022 yil 11,9 foizdan 2023 yil 7,6 foizgacha kamayishiga erishilgan bo‘lsa, ATB Turonbankda muammoli aktivlarning muammo ob’ektiga qarab yuridik shaxslarning muammoli kreditlari bilan ishlash, jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari bilan ishlash va potensial kredit qarzdorliklari bilan ishlash bo‘yicha guruhlarga ajratildi, muammoli kreditlar salmog‘ining kamayishiga tabaqalashgan KPI tizimi joriy etilib, bank kredit portfelida muammoli kreditlar salmog‘i 2022 yil 2,6 foizdan 2023 yil 2,3 foizgacha kamayishiga erishilgan;
bank aksiyalari erkin muomalasini tashkil etish hamda bank aksiyalari «Xalq IPO»siga tayyorgarlik jarayonini boshlash maqsadida bank aksiyalarini fond birjasida listingdan o‘tkazish taklifi Xalq bank tomonidan amaliyotga tatbiq etildi. (Xalq bankining 2024 yil 27 noyabr 17-26/4158-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil 12 iyundan boshlab Xalq banki aksiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida birja kotirovkalash varag‘i «Stock Market» aksiyalar bozorining «Standart» toifasida listingdan o‘tkazildi.