Maxmudova Nargiza Davlyat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda intellektual mulk ob’ektlari hisobi va tahlilini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4754
Ilmiy rahbar: Nurmanov Ulugbek Anorbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi Xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarda intellektual mulk hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0421-“avtomobil ishlab chiqarish tannarxiga brend bilan bog‘liq xarajatlar” nomli ishchi schyoti orqali brend xarajatlarini ishlab chiqarishning asosiy va qo‘shimcha xarajatlaridan ajratib hisobga olish taklifi ishlab chiqilgan;
intellektual mulkning moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishiga ko‘ra intellektual mulk ob’ektlarining narxini amaldagi bozor qiymati va amortizatsiyasini xisoblovchi “statik balans” va intellektual mulk ob’ektlarining iqtisodiy foydasini prognozlanadigan daromadning sof qo‘shimcha qiymati asosida baholovchi “dinamik balans” modellaridan foydalanish taklifi asoslangan;
korxonani samarali boshqarish maqsadida “yalpi foyda” va “umumiy xarajat” ko‘rsatkichlari bilan intellektual mulk ob’ektlarining o‘zaro korrelyasion bog‘lanish asosida intellektual mulk ob’ektlarini samaradorlik indeksini aniqlash taklifi asoslangan;
 “Uzavtomotors”AJning intellektual mulk ob’ektlariga ko‘ra mazkur ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati va qoldiq qiymatining 2029 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda intellektual mulk ob’ektlari hisobi va tahlilini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
0421-“avtomobil ishlab chiqarish tannarxiga brend bilan bog‘liq xarajatlar” nomli ishchi schyoti taklifi “Uzavtosanoat” AJ tomonidan  10-003-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (“Uzavtosanoat” AJning 2024 yil 30 oktyabr` 17/07-25-1675-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining intellektual mulk ob’ektlari, ya’ni nomoddiy aktivlarni analitik hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning mavjudligi va harakatini nazorat qilish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
intellektual mulkning moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishiga ko‘ra intellektual mulk ob’ektlarining narxini amaldagi bozor qiymati va amortizatsiyasini xisoblovchi “statik balans” va intellektual mulk ob’ektlarining iqtisodiy foydasini prognozlanadigan daromadning sof qo‘shimcha qiymati asosida baholovchi “dinamik balans” modellaridan foydalanish taklifi “Uzavtosanoat” AJ tomonidan 10-003-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (“Uzavtosanoat” AJning 2024 yil 30 oktyabr` 17/07-25-1675-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  ikkilama model` yaqin va uzoq muddatli moliyaviy holatni ochib berishi orqali qaror qabul qiluvchilarga intellektual mulkni boshqarishning samarador strategiyalarini ishlab chiqish imkonini berib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek korxonaning rentabellik darajasini 8 foiz oshirishga erishilgan;
korxonani samarali boshqarish maqsadida “yalpi foyda” va “umumiy xarajat” ko‘rsatkichlari bilan intellektual mulk ob’ektlarining o‘zaro korrelyasion bog‘lanish asosida intellektual mulk ob’ektlarini samaradorlik indeksini aniqlash taklifi “Uzavtosanoat” AJ tomonidan   10-003-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan (“Uzavtosanoat” AJning 2024 yil 30 oktyabr` 17/07-25-1675-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida intellektual mulkdan foydalanish samaradorligini oshirish, xarajatlarni 12 foizga maqbullashtirishga va moliyaviy qarorlarni asosli qabul qilinishiga erishilgan;
“Uzavtomotors”AJning intellektual mulk ob’ektlari hisobini takomillashtirish maqsadida intellektual mulk ob’ektlari boshlang‘ich qiymati va qoldiq qiymatining 2029 yilgacha prognoz parametrlari shlab chiqildi (“Uzavtosanoat” AJning 2024 yil 30 oktyabr` 17/07-25-1675-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlarga ko‘ra 2029 yilgacha o‘sish sur’atlari prognozi ishlab chiqilgan hamda yillik o‘sish sur’ati esa 2,5 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda va bu orqali, kompaniya intellektual mulk obektlarining iqtisodiy samaradorligini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni vaqtida aniqlab, innovatsion jarayonlarga samarali yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish