Kurbanov Baxtiyar Jurabaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida temir yo‘l transporti: muammo va echimlar (1917-1945-yillar)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tar1211
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulamovich, tarix fanlari doktori, professor; Tog‘aeva Anoraxon Zaynitdinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida temir yo‘l transportining tutgan o‘rni va rolini kompleks tahlil qilish orqali temir yo‘llarning 1917-1945-yillarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini manbalarga asoslangan holda yoritib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Temir yo‘llarning mintaqa iqtisodiy hayotiga ta’siri, O‘rta Osiyo temir yo‘lining Bosh ustaxonalari Turkistondagi eng yirik sanoat korxonasi hisoblanishi va temiryo‘lchilarning 1917-yil voqealaridagi faol ishtiroki, Oktyabr (1917) davlat to‘ntarishidan so‘ng temir yo‘l transportiga katta zarar etkazilgani, O‘rta Osiyo temir yo‘llarida harbiy holatning joriy etilishi (1918), temir yo‘l qo‘shinlarini shakllantirish zaruriyati, shanbaliklar va “transport haftaliklari”, hatto “yuk tushirish haftaligi”ni tashkil etilganligi (1920), mehnatning o‘ta og‘ir shart-sharoitlari natijasida temir yo‘ldan ishchilarning ommaviy ravishda ketishi kuzatilgani aniqlandi;
Farg‘ona frontida poezdlar qatnovidagi vujudga kelgan tartibsizliklar natijasida nazorat qilinmagan harakatlar tufayli qarama-qarshi yo‘nalishlarda to‘qnashish holatlari  bo‘lganligi (1919), bolsheviklar sovet hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida targ‘ibotchi poezdlardan foydalangani (“Qizil Turkiston”, “Qizil Sharq”), epidemiyalarning temir yo‘llarda harakatlanishga salbiy ta’sir etganligi, aloqa yo‘llarini boshqarish tuzilmasining bir necha marotaba o‘zgarganligi asoslandi;
O‘zbekiston bo‘yicha temir yo‘l transportida xizmat ko‘rsatish imkoniyati Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan qoniqarli ekanligi, iqtisodiy xizmat xodimlari tiklanadigan temir yo‘l tarmoqlari joylashgan rayonlarni iqtisodiy imkoniyatlarini o‘rganganligi, yo‘llarni qurish va ta’mirlashga Markazdan sifatsiz materiallar yuborilganligi, O‘rta Osiyo respublikalari temir yo‘llari tizimida ishchi va xizmatchilarning 7 foizga yaqinigina milliy kadrlar bo‘lganligi, mahalliy aholini yo‘llarga jalb qilishdagi qiyinchiliklar hamda bir xil malakaga ega mahalliy millat ishchilariga shu toifadagi evropalik ishchilardan kam haq berilganligi dalillangan;
urush o‘choqlaridan to O‘rta Osiyogacha eshelonlarni kelish jarayoni bevosita asosiy transport vositasi - temir yo‘llar orqali amalga oshirilganligi, evakuatsiya qilingan korxonalarni ekspluatatsiyasiga rahbarlik qilish uchun hukumatning maxsus komissiyasi tuzilganligi, Toshkent – Angren temir yo‘l qurilishi (1941) “xalq qurilishlari” usuli orqali bajarilgani, temir yo‘l transporti ishchisining xizmat bo‘yicha jinoiy javobgarligi Qizil armiya harbiy xizmatchilariga tenglashtirilgani (1943), sohani kadrlar bilan ta’minlashning ikkinchi yo‘li bu ayollarni transportdagi kasblarga o‘qitish hisobiga amalga oshirilgani tahlil qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1945-yillarda O‘zbekistonda temir yo‘l tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
Temir yo‘llarning mintaqa iqtisodiy hayotiga ta’siri, O‘rta Osiyo temir yo‘lining Bosh ustaxonalari Turkistondagi eng yirik sanoat korxonasi hisoblanishi va temiryo‘lchilarning 1917-yil voqealaridagi faol ishtiroki, Oktyabr (1917) davlat to‘ntarishidan so‘ng temir yo‘l transportiga katta zarar etkazilgani, O‘rta Osiyo temir yo‘llarida harbiy holatning joriy etilishi (1918), temir yo‘l qo‘shinlarini shakllantirish zaruriyati, shanbaliklar va “transport haftaliklari”, hatto “yuk tushirish haftaligi”ni tashkil etilganligi (1920), mehnatning o‘ta og‘ir shart-sharoitlari natijasida temir yo‘ldan ishchilarning ommaviy ravishda ketishiga doir hujjatlar va ular asosida olingan ilmiy natijalar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 04-05/4337 - sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Namangan viloyati tarixi” ekspozisiyasi mazmunini boyitishda muhim manba sifatida xizmat qilgan. Ushbu materiallar asosida ekspozisiya yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga viloyatning tarixiy-madaniy merosi haqida yanada kengroq va asosli tasavvur berilishiga imkon yaratildi; 
Farg‘ona frontida poezdlar qatnovidagi vujudga kelgan tartibsizliklar natijasida nazorat qilinmagan harakatlar tufayli qarama-qarshi yo‘nalishlarda to‘qnashish holatlari  bo‘lganligi (1919), bolsheviklar sovet hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida targ‘ibotchi poezdlardan foydalangani (“Qizil Turkiston”, “Qizil Sharq”), epidemiyalarning temir yo‘llarda harakatlanishga salbiy ta’sir etganligi, aloqa yo‘llarini boshqarish tuzilmasining bir necha marotaba o‘zgarganligiga oid ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat va uning filiallarida ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 04-05/4337 - sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey ekspozisiyasini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi hamda 1917–1945-yillar davrida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida temir yo‘l transportining tutgan o‘rni va tarixiy rolini yoritishda muhim manba sifatida baholanishi mumkin;
O‘zbekiston bo‘yicha temir yo‘l transportida xizmat ko‘rsatish imkoniyati Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan qoniqarli ekanligi, iqtisodiy xizmat xodimlari tiklanadigan temir yo‘l tarmoqlari joylashgan rayonlarni iqtisodiy imkoniyatlarini o‘rganganligi, yo‘llarni qurish va ta’mirlashga Markazdan sifatsiz materiallar yuborilganligi, O‘rta Osiyo respublikalari temir yo‘llari tizimida ishchi va xizmatchilarning 7 foizga yaqinigina milliy kadrlar bo‘lganligi, mahalliy aholini yo‘llarga jalb qilishdagi qiyinchiliklar hamda bir xil malakaga ega mahalliy millat ishchilariga shu toifadagi evropalik ishchilardan kam haq berilganligiga doir hujjatlar va ular asosida olingan ilmiy natijalardan  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini ilmiy dalillar bilan boyitishda, jumladan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 31-iyuldagi 06-31-897-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar 1917–1945-yillar davrida O‘zbekiston temir yo‘l transporti tarixiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali keng omma, xususan, ko‘plab teletomoshabinlarda ushbu yo‘nalishga nisbatan ilmiy qiziqish uyg‘otishga xizmat qilgan.
urush o‘choqlaridan to O‘rta Osiyogacha eshelonlarni kelish jarayoni bevosita asosiy transport vositasi - temir yo‘llar orqali amalga oshirilganligi, evakuatsiya qilingan korxonalarni ekspluatatsiyasiga rahbarlik qilish uchun hukumatning maxsus komissiyasi tuzilganligi, Toshkent – Angren temir yo‘l qurilishi (1941) “xalq qurilishlari” usuli orqali bajarilgani, temir yo‘l transporti ishchisining xizmat bo‘yicha jinoiy javobgarligi Qizil armiya harbiy xizmatchilariga tenglashtirilgani (1943), sohani kadrlar bilan ta’minlashning ikkinchi yo‘li bu ayollarni transportdagi kasblarga o‘qitish hisobiga amalga oshirilgani tahlili natijalaridan  O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 31-iyuldagi 06-31-897-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar O‘zbekiston temir yo‘l transporti faoliyatiga doir yangi tarixiy ma’lumotlarni aniqlash imkonini berdi hamda mazkur ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari, xususan, teleko‘rsatuvlar orqali keng jamoatchilikka mazmunli va qiziqarli tarzda etkazilishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish