Bobokalonov Suhrobjon Ramazonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik hududlarni jozibador destinatsiyalarga aylantirishning konseptual va metodologik asoslarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt810
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Nizomov Asliddin Badriddinovich , Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Alimova Mashhura Tayirxanovna hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turistik hududlarni jozibador destinatsiyalarga aylantirishning konseptual va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha Buxoro viloyati uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot uslubiy yondashuviga ko‘ra “jozibador destinatsiya” tushunchasi, imidjni saqlab qolish va rivojlantirish, integratsiyalashgan raqamli axborot makonida virtual jozibadorlik muhitini shakllantirish qobiliyatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
digital divide (raqamli tafovut) konsepsiyasi negizida destinatsiya jozibadorligini baholashning “raqamlashganlik indeksi” metodikasi oliy, yuqori va past darajali “virtual jozibadorlik” toifalariga ajratish orqali takomillashtirilgan;
“turizm destinatsiyalari jozibadorligini baholashning “22 omilli” metodikasi asosida Vobkent tumanida “Shirin” hamda Peshku tumanida “Afshona” turizm qishloqlarini bunyod etish orqali turistik yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va turistlarning destinatsiyada qolish muddatlarini uzaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
mustaqil sayohatchilarning qadriyatlar tizimi va afzalliklarini inobatga olib Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi A-380 va M-37 avtomagistrali yo‘l bo‘yida “Silk Road Stations” turizm rastalarini qurish asosida mamlakat turistik taklif tizimi salohiyatini kengaytirish ilmiy asoslangan;
Buxoro viloyatida turizm qishloqlarini yaratish orqali turistik oqimni oshirish imkoniyatini beruvchi oilaviy mehmon uylar sonining polinimal trend tenglamasi asosida 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatidagi turistik hududlarni jozibador destinatsiyalarga aylantirishning konseptual va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
raqamli iqtisodiyot uslubiy yondashuviga ko‘ra “jozibador destinatsiya” tushunchasi imidjni saqlab qolish va rivojlantirish, integratsiyalashgan raqamli axborot makonida virtual jozibadorlik muhitini shakllantirish qobilyatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 3-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil “12”-dekabr 03-12-17-9132-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro viloyatidagi turizm salohiyati yuqori hududlarning jozibadorligi oshishiga, ichki va xalqaro turistik oqimning mutanosib taqsimlanishiga asos bo‘lgan;
digital divide (raqamli tafovut) konsepsiyasi negizida destinatsiya jozibadorligini baholashning “raqamlashganlik indeksi” metodikasi oliy, yuqori va past darajali “virtual jozibadorlik” toifalariga ajratish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 4A-ilovasining 3-bandida ko‘rsatilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil “12”-dekabr 03-12-17-9132-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro viloyatidagi salohiyati yuqori turizm qishloqlarining kotentlarini boyitish, ular haqida potensial sayyohlarning xabardorligini oshirish imkoni yaratilgan;
turizm destinatsiyalari jozibadorligini baholashning “22 omilli” metodikasi asosida Vobkent tumanida “Shirin” hamda Peshku tumanida “Afshona” turizm qishloqlarini bunyod etish orqali turistik yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va turistlarning destinatsiyalarda qolish muddatini uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorining 2-ilovasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil “12”-dekabr 03-12-17-9132-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro viloyatiga sayohat davomiyligini 1,5 kunga oshirish imkoni yaratilgan;
mustaqil sayohatchilarning qadriyatlar tizimi va afzalliklarini inobatga olib Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi A-380 va M-37 avtomagistrali yo‘l bo‘yida “Silk Road Stations” turizm rastalarini qurish asosida mamlakat turistik taklif tizimi salohiyatini kengaytirish bo‘yicha taklifi “2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son qarorning 2-ilovasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil “12”-dekabr 03-12-17-9132-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida jami 600 nafar kishining doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi hamda mustaqil turizm infratuzilmasining kengayishi imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyatida turizm qishloqlarini yaratish orqali turistik oqimni oshirish imkoniyatini beruvchi oilaviy mehmon uylar sonining polinimal trend tenglamasi asosida ishlab chiqilgan 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 2022 — 2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 543-sonli Qarorining 2-ilovasida belgilangan maqsadli parametrlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil “12”-dekabr 03-12-17-9132-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatiga tashrif buyuruvchi turistlar sonining 3,2 barobarga oshishi, natijada shunga mos bo‘lgan qishloqlarda oilaviy mehmon uylari tashkil etish orqali mehmon uylari sonini 2024-2028-yillar davomida 2,6 barobarga oshirish diapazonga teng maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.