Sultonova Nigina Sheralievnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro milliy liboslari tarixi va ijtimoiy ahamiyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: № B2023.2.PhD/Tar1466
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Niyazova Maxsuma Ilyasovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ochildiev Fayzullo Boboqulovich - tarix fanlari doktori, professor; Almeev Robert Valievich - tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro milliy liboslari tarixi va ularning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnini tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan erkaklar va bolalar milliy liboslarini ijtimoiy mavqeiga ko‘ra zodagonlar, hunarmand va qishloq mehnatkashlari, mahalliy ziyolilar kiyimlariga ajratib ularning soni (jami 602 ta kiyim, shundan 21 tasi amirga tegishli) va turlari (qimmatbaho matodan tikilgan kiyimlar, oyoq kiyimlari, mahalliy aholi kiyimlari va h.k.) o‘rganilib, Buxoroda ishlab chiqarilgan matolar, faoliyat yuritgan tikuvchilik va zardo‘zlik ustaxonalari, amir saroyidagi usta tikuvchilar nomi aniqlandi;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro bozorlariga Rossiya va Angliya matolari (sariq kundal, muslin-shodoka, paxtali mato, sites-chit) mahalliy aholi uchun hamyonbop narxda sotilgani va aholi bunday matolardan kundalik hayoti uchun foydalangani, turli xil chet el fabrikalarining ochilishi, zamonaviy tikuv mashinasining keltirilishi nafaqat milliy liboslarning rivojlanish tendensiyasiga, ba’lki aholining turmush tarzida o‘zgarishlarga olib kelgani isbotlandi.
XX asr boshlarida mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygani, hunarmandchilik rivojlangan zavod va fabrikalar sanoatining raqobatiga duch kelib, o‘zining ilgarigi mavqeini yo‘qotgani aholi ijtimoiy hayotiga ta’sir ko‘rsatgani dalillangan;
Amir Olimxon davrida podshohning zardo‘zlik ustaxonasidan tashqari yana xususiy ustaxonalari ham bo‘lib, ularning soni 25 tacha bo‘lganligi, bu davrda Buxoroda zar iplar qimmatbaho metalldan tayyorlanib bunday iplar bilan ishlash ancha murakkab va og‘ir mehnat talab qilganligi, rus fabrikalarida tayyorlangan zar iplar mahalliy zar iplardan ancha qulay va arzon bo‘lganligi sababli Buxoro zardo‘z ustalari tomonidan tez qabul qilinganligi bu esa Buxoroda zardo‘zlik san’ati rivojlanishiga zamin yaratgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro milliy liboslari tarixi va ularning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnini tarixan tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan erkaklar va bolalar milliy liboslarini ijtimoiy mavqeiga ko‘ra zodagonlar, hunarmand va qishloq mehnatkashlari, mahalliy ziyolilar kiyimlariga ajratib ularning soni (jami 602 ta kiyim, shundan 21 tasi amirga tegishli) va turlari (qimmatbaho matodan tikilgan kiyimlar, oyoq kiyimlari, mahalliy aholi kiyimlari va h.k.) o‘rganilib, Buxoroda ishlab chiqarilgan matolar, faoliyat yuritgan tikuvchilik va zardo‘zlik ustaxonalari, amir saroyidagi usta tikuvchilar nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining restavratsiya bo‘limida hamda muzey yo‘l ko‘rsatkichlarini yangilashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2023-yil 11-oktyabrdagi 02-06/3670-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida mavjud yo‘l ko‘rsatkichlar matni yangilandi, gid-ekskursavodlar uchun ma’lumotlar bazasi boyitildi va muzey restavratsiya bo‘limida liboslar konservatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘llanma paydo bo‘ldi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro bozorlariga Rossiya va Angliya matolari (sariq kundal, muslin-shodoka, paxtali mato, sites-chit) mahalliy aholi uchun hamyonbop narxda sotilgani va aholi bunday matolardan kundalik hayoti uchun foydalangani, turli xil chet el fabrikalarining ochilishi, zamonaviy tikuv mashinasining keltirilishi nafaqat milliy liboslarning rivojlanish tendensiyasiga, ba’lki aholining turmush tarzida o‘zgarishlarga olib kelgani haqidagi ma’lumotlardan “Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan “Qadim Buxoroning sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalanaylik” nomli loyihani amalga oshirishda keng foydalanildi (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi Nodavlat notijorat tashkilotining 2023-yil 12-oktyabrdagi 18/01-2023-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi Buxoroning sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalanishda, tashrif buyurgan mehmonlarni qiziqtiradigan va sotuvda sayyohlar tomonidan ko‘p xarid qilinadigan mahsulotlar yaratish kabi loyihalarni tayyorlashga xizmat qildi.
XX asr boshlarida mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygani, hunarmandchilik rivojlangan zavod va fabrikalar sanoatining raqobatiga duch kelib, o‘zining ilgarigi mavqeini yo‘qotgani aholi ijtimoiy hayotiga ta’sir ko‘rsatgani borasidagi ilmiy xulosalardan O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining ko‘rsatuvlari va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi 2024-yil 30-avgustdagi 26-36-904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda yurtimiz madaniyati, xalqimizning tiklanayotgan go‘zal va betakror an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan milliy liboslarimiz ko‘rgazmalarini tashkil etishga doir tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
Amir Olimxon davrida podshohning zardo‘zlik ustaxonasidan tashqari yana xususiy ustaxonalari ham bo‘lib, ularning soni 25 tacha bo‘lganligi, bu davrda Buxoroda zar iplar qimmatbaho metalldan tayyorlanib bunday iplar bilan ishlash ancha murakkab va og‘ir mehnat talab qilganligi, rus fabrikalarida tayyorlangan zar iplar mahalliy zar iplardan ancha qulay va arzon bo‘lganligi sababli Buxoro zardo‘z ustalari tomonidan tez qabul qilinganligi bu esa Buxoroda zardo‘zlik san’ati rivojlanishiga zamin yaratgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Buxoro” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom Buxoro” va “Qadim manzillar” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi 2023-yil 3-noyabrdagi 02-08-310-sonli ma’lumotnomasi). Bu mavzudagi ko‘rsatuvlar uoshlarimizni tarixga bo‘lgan qiziqishini orttirib, vatanparvarlik ruhida tarbiualashga xizmat qilib, milliy liboslarimizga yangicha yondashuvda, boy madaniy merosimizni xolisona tadqiq etib yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash muhim ekanligini ko‘rsatib berdi.