Ziyadullaev Abubakir Ibodulla o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alfred de Myusse asarlarining badiiy zamoni va makoni” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2210
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Qarshibaeva Uljan Davirovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Umurova Go‘zal Xatamovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Asadov Mahmadiyor Turaevich;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr fransuz adabiyotida badiiy zamon va makon xususiyatlarini Alfred de Myusse asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alfred de Myusse asarlari poetikasi ijtimoiy-siyosiy davr bilan xarakterlanib, badiiy zamon aniq vaqt belgilarisiz qo‘llanilganligi, tun obrazi asosiy badiiy zamonni ifodalaganligi, badiiy makon sifatida urush inqirozi va ruhiy iztirob manzaralari, ko‘rimsiz manzillar va mavhum makon tanlanganligi aniqlangan;
Alfred de Myussening “Emmelin” va “Gamiani” asarlarida syujet yopiq makonda yaratilganligi, tungi makon tasviri ustunligi, inson qalbi badiiy makon sifatida tanlanganligi, makon tasvirida asosiy urg‘u ijtimoiy hayotning ma’naviy tasviriga qaratilganligi isbotlangan;
Alfred de Myussening “Venesiyadagi kecha” va “Muhabbat bilan o‘ynashmang” dramalari qahramonlari taqdirida individualizmga xos romantik va kinoyali holatlar, xronotop tasvirida satira, yumor va tagma’no komponentlar orqali ifodalanganligi dalillangan;
“Asr farzandining dil izhori” asari qahramonlari taqdiriga, xarakteriga ijtimoiy muhit “asr kasalligi” (mal du siecle)ning xiyonat, yolg‘onchilik kabi noinsoniy, shahvoniy, nafsiy, egoistik holatlari ta’siri mavjudligi ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alfred de Myusse asarlarining badiiy zamoni va makoni hamda ularning lingvopoetik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Alfred de Myusse asarlari poetikasi ijtimoiy-siyosiy davr bilan xarakterlanib, badiiy zamon aniq vaqt belgilarisiz qo‘llanilganligi, tun obrazi asosiy badiiy zamonni ifodalaganligi, badiiy makon sifatida urush inqirozi va ruhiy iztirob manzaralari, ko‘rimsiz manzillar va mavhum makon tanlanganligi tahlili yuzasidan olingan nazariy xulosalardan Evropa Ittifoqining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 24-yanvardagi 170/02-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr fransuz badiiy asarlarida zamon va makon tushunchasining o‘ziga xos xususiyatlari va Alfred de Myusse asarlari poetikasi haqidagi ma’lumotlar tadqiqot loyihasining xalqarolashtirish tendensiyasini boyitishga xizmat qilgan;
Alfred de Myussening “Emmelin” va “Gamiani” asarlarida syujet yopiq makonda yaratilganligi, tungi makon tasviri ustunligi, inson qalbi badiiy makon sifatida tanlanganligi, makon tasvirida asosiy urg‘u ijtimoiy hayotning ma’naviy tasviriga qaratilganligi xususida olib borilgan tahlillarga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining “TEMPUS” dasturi Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UKTEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-yanvardagi 171/02-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr fransuz adabiyotida mavjud badiiy holatning ko‘rinishi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holati, adabiy-badiiy turlarning individual ijod namunalariga bo‘lgan ta’siri hamda kishilik jamiyatida insonlarning o‘zaro bir-biriga munosabatlarini asoslash loyihaning til o‘qitishdagi lingvomadaniy omillarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan;
Alfred de Myussening “Venesiyadagi kecha” va “Muhabbat bilan o‘ynashmang” dramalari qahramonlari taqdirida individualizmga xos romantik va kinoyali holatlar, xronotop tasvirida satira, yumor va tagma’no komponentlarga oid xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil davomida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” va “Uchqun” teleko‘rsatuv ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-dekabrdagi № 01-07/410-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Alfred de Myussening “Venesiyadagi kecha” va “Muhabbat bilan o‘ynashmang” dramalari qahramonlari individualizmga xos jihatlar mavjud zamon va makonning faol komponentlariga bog‘liq qiziqarli tahlillar tayyorlangan materialning mazmunini mukammallashtirib, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyatini oshirishga xizmat qilgan;
“Asr farzandining dil izhori” asari qahramonlari taqdiriga, xarakteriga ijtimoiy muhit “asr kasalligi” (mal du siecle)ning xiyonat, yolg‘onchilik kabi noinsoniy, shahvoniy, nafsiy, egoistik holatlari ta’sirini tadqiq qilishda erishilgan xulosalardan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan, Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 20-iyun 1261/02-son ma’lumotnomasi). Natijada “Asr farzandining dil izhori” asari qahramoni Oktav taqdiriga, xarakteriga ijtimoiy muhit “mal du siècle”ning ta’siri o‘z o‘rniga ega ekanligini asoslashga xizmat qilgan.