Oxunova Dilnoza Qaxxorjonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik mahorat darslarida bo’lajak o’qituvshilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish komretensiyalarini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8740.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik mahorat darslarida bo’lajak o’qituvshilarning kasbiu bilimlarni kognitiv idrok etish komretensiualarini rivojlantirishning nazariu metodik asoslarini aniqlash va ilmiu-metodik tavsiualar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari real vaziyatga bog‘liqlik, ehtiyojlarga asoslanganlik, ijtimoiy pedagogik ahamiyatga egalik, didaktik jarayon dinamikligini ta’minlash hamda kognitiv rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi pedagogik shart-sharoitlari mazmunini tasniflashga qaratilgan tanlash prinsiplari, omillari, kognitiv rivojlantiruvchi xususiyatlari va modulli, evristik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash hamda integrativ, kompetensiyaviy, akmeologik, aksiologik, madaniyatshunoslik yondashuvlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish, kontekstli o‘qitish, muammoli, interfaol, ta’limiy, mutatsion, ishchan, rolli o‘yinlar, muammoni tushunish, tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish kabi bosqichlarining yaxlit pedagogik tizimini yaratish hamda loyihalash, dalillarni tadqiq qilishni o‘zida mujassamlashtirgan kompetensiyalarning mazmunini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi o‘qitishning ijtimoiy hamkorlikdagi shakllari, kognitiv mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy-amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, o‘quvchilarda emotsional-labializatsiyani keltirib chiqarishni o‘z tarkibiga oluvchi didaktik shart-sharoitlarni zamonaviy yondashuv tamoyillariga identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini kreativ, rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-noyabrdagi 04-05-6835/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagogika nazariyasi” hamda “Pedagogik mahorat” o‘quv fanlarining mazmuni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid nazariy yondashuvlar bilan boyitilgan;
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, integrativ, kompetensiyaviy, akmeologik, aksiologik, madaniyatshunoslik yondashuvlariga tayangan holda belgilab berishga oid xulosalar FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27- noyabrdagi 04-05-6835/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilaming kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish komretensiualarini rivojlantirishga zarur sharoitlar yaratilgan;
pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni kontekstli o‘qitish, muammoli, interfaol, ta’limiy, immitision, ishchan, rolli o‘yinlar kabi usul, metod va texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27- noyabrdagi 04-05-6835/04-son ma’lumotnomasi) Natijada pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilaming kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish komretensiualarini rivojlantirish usullari, metodlari va texnologiyalarini tanlash imkoni kengaytirilgan.
Pedagogik mahorat darslarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini uzviylik, tizimlilik, izchillikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid yondashuvlardan “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan hamda sanab o‘tilgan tamoyillariga tayanilgan holda ishlab chiqilgan tavsiyalar “Qiyosiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan 218432 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 27-noyabrdagi 04-05-6835/04-son ma’lumotnomasi).