Pirimbetov Baxit Allabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni intelektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4852 
Ilmiy rahbar: Ne’matov Shuhrat Ergashovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlar pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish jarayoni o‘qituvchining radiant fikrlashi, emotsional intellekti, kreativligi kabi indikatorlar sintezi sifatida ta’lim oluvchi shaxsiga samarali ta’sir ko‘rsatish va faolligini oshirish taktikasi ekanligini empirik asoslash orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik artistizmning texnologik blok-sxemasi ichki hissiy barqarorlik, attraktivlik, assertivlik kabi internal, pedagogik va nutq texnikasi, pedagogik dramaturgiya,  rejussura, mezanssena  singari eksternal jihatlarning validlik darajasi paritentligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish modelining funksional-tashxisli bosqichi motivatsion, mobilizatsion, jalb qiluvchi, ko‘makchi, rag‘batlantirish, sintetik funksiyalarni tashxis etishga doir o‘qituvchi shaxsi tasavvurining kuchi va boyligi bilan bog‘liq grafik va rang-tasvir hamda blis-suhbat kabi diagnostik vositalarning adaptiv variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish texnologiyalari metodologik, o‘zlashtiruvchi, korreksiyalovchi, yakuniy bosqichlarga muvofiq kasbiy o‘sish treninglarini maqsadli loyihalashning konseptual asoslariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish jarayoni o‘qituvchining radiant fiklashi, emotsional intellekti, kreativligi kabi indikatorlar sintezi sifatida ta’lim oluvchi shaxsiga samarali ta’sir ko‘rsatish va faolligini oshirish taktikasi ekanligini empirik asoslash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 28-maydagi 78-son buyrug‘i, 78-05 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarni intellektual tarbiyalashda bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik  artistizmdan foydalanish malakasini rivojlantirishga xiᴢmat qilgan;
pedagogik artistizmning texnologik blok-sxemasini ichki hissiy barqarorlik, attraktivlik, assertivlik kabi internal, pedagogik va nutq texnikasi, pedagogik dramaturgiya,  rejussura, mezanssena  singari eksternal jihatlarning validlik darajasi paritentligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘ᴢbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan PZ-2014-0905173317 – “O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uᴢviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihasining o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini tashxis etish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 17-avgustdagi 11-05-4253/03-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish oqrqali kasbga maqsadli yo‘naltirishga xiᴢmat qilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish modelining funksional-tashxisli bosqichini motivatsion, mobilizatsion, jalb qiluvchi, ko‘makchi, rag‘batlantirish, sintetik funksiyalarni tashxis etishga doir o‘qituvchi shaxsi tasavvurining kuchi va boyligi bilan bog‘liq grafik va rang-tasvir hamda blis-suhbat kabi diagnostik vositalarning adaptiv variantlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  O‘ᴢbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan PZ-2014-0910185149. “Umumiy o‘rta ta’lim tiᴢimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihasining o‘quvchilarda kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 17-avgustdagi 11-05-4253/03-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish samaradorligini oshirishga xiᴢmat qilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistizmdan foydalanish texnologiyalarini metodologik, o‘zlashtiruvchi, korreksiyalovchi, yakuniy bosqichlarga muvofiq kasbiy o‘sish treninglarini maqsadli loyihalashning konseptual asoslariga ustuvorlik berish orqali takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 28-maydagi 78-son buyrug‘i, 78-05 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda pedagogik artistiᴢmdan foydalanish texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish