Rasulov Djasur Saparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini  rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4855.
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Hashimjonovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01
Rasmiy opponentlar:  Djuraev Dustmurod Urolovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pozilova Shahnoza Haydaralievna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni tahlil qilish va umumlashtirish, universal mantiqiy o‘quv harakatlarini moslashuvchan (soft skills) va maxsus (hard skills)  kompetensiyalarni joriy etishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy kompetensiyalar majmui kognitivlikdan-kreativlikka yo‘naltirilgan vazifalarga ustuvorlik berish tamoyili asosida talabalarning tanqidiy fikrlash, dalillay olish,  xulosa chiqarish ko‘nikmalari tizimlashtirilgan;
  innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modeli didaktik jarayonlar produktogenligi bilan o‘zaro muvofiqlik darajasi intensivligini bevosita o‘quv jarayoniga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;   
mantiqiy topshiriqlarni bajarishda individual ta’lim olish samaradorligi talabalarni kreativ bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining baholash mezonlari  va darajalari kompleks diagnostik vositalarni dinamik monitoringgi imkoniyatlari validligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyati va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasining o‘zaro aloqadorligini yangi bilimlarni tahlil qilish va umumlashtirish, sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatish, o‘zining hukmlarini asoslay olish kabi universal mantiqiy o‘quv harakatlarini moslashuvchan va maxsus kompetensiyalar bilan internallik darajasi qat’iyligini belgilash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik diagnostika va korreksiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, № 302-0772 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fiklashi diagnostikasiga doir ta’lim mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda nostandart topshiriqlardan foydalanish mazmunini psixologik-pedagogik fanlarning rivojlantiruvchi imkoniyatlarini bevosita hisobga olish, kognitivlikdan kreativlikka yo‘naltirilgan vazifalarni algoritmik ketma-ketlikda loyihalashning tizimli tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0909111822. “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning Sharq mutafakkirlarining mantiqiy fikrlashga doir qarashlari qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 02/40-2849- son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlashga doir topshiriqlarni loyihalashda miilliy tajribadan foydalanish malakasini shakllantirishga xizmat qilgan;
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi modelining konseptual asosini muvaffaqiyatga erishish sifatlari va amaliy kompetensiyalarning korrelyasiyasini didaktik jarayonlar samaradorligi bilan o‘zaro muvofiqlik darajasi intensivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik diagnostika va korreksiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, № 302-0772 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy fikrlashini tashxis etish bo‘yicha korrelyasiyani aniqlashga doir ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy topshiriqlarni fikrlash komponentlariga mos keladigan psixologik-pedagogik treninglar, tafakkur operatsiyalariga xos mashqlar tizimini baholashning moslashuvchan metodikalariga identiv tarzda loyihalashning samaradorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan P3-2014-0910185149. “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015-2017-yy.) amaliy loyihasining o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 02/40-2849- son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning mantiqiy topshiriqlarni loyihalash kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish