Matkarimov Saparboy Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Alisher Navoiy g‘azallarining fransuzcha tarjimalari qiyosiy tahlili va badiiy muqobillik (Jan Pier Balp tarjimasi asosida) 10.00.06.-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fi2267
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Zohid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Sariev San’atbek Matchonboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raeva Malohat Muhamedovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy g‘azallarining fransuz tiliga tarjimalarida badiiy va uslubiy muqobillik darajasi hamda milliy kolorit ifodasi aks etishini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi turkiy asarlarning tarjima va tadqiqi bilan shug‘ullanuvchi g‘arb tarjimashunosligi ilmiy maktablari an’analari tahlili asosida fransuz navoiyshunosligining tarixiy ildizlari, turkiy tildagi g‘azallarning fransuz tiliga tarjima qilishda yuzaga kelgan lisoniy, diniy, tarixiy, etnografik-psixologik omillar aniqlangan;
g‘azal tarjimasida uslubiy muqobillik hamda shakl va mazmun birligini saqlash masalasi tarjimon asliyat yaratilgan davr hamda g‘azal muallifini qay darajada ruhan tushunganligiga bog‘liqligi misollar bilan dalillangan;
Alisher Navoiy g‘azallaridagi lirik qahramonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ichki kechinmalari va milliy koloritni yuzaga keltiruvchi diniy-falsafiy, madaniy-maishiy realiyalarning tarjimada qayta yaratilishidagi tarjimonlarning yutuq hamda kamchiliklari ochib berilgan;
asliyatni fransuz tiliga tarjima qilishda g‘azallarga oid janrlar, aruz vazni, badiiy tasvir va ifoda vositalari bilan bog‘liq murakkabliklar hamda ularni bartaraf qilishda amal qilgan tarjima tamoyillari asosida tarjimonlarning so‘z qo‘llash mahorati isbotlangan, tarjimonlar asliyatdan ya’ni eski o‘zbek yozuvidagi Alisher Navoiy g‘azallarini fransuz tiliga tarjima qilishgani va bu jarayonda tarjimaning erkin, analogiya, kalkalash, yarim kalkalash kabi usullaridan foydalanganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy g‘azallarining fransuz tiliga tarjimasida badiiy va uslubiy muqobillik hamda janrlar mutanosibligini aniqlash yuzasidan qo‘lga kiritilgan nazariy xulosa va ilmiy natijalar asosida:
g‘azallar tarjimasida tarjimonning o‘rni va milliy koloritni aks ettiruvchi leksik birliklarini fransuz tiliga to‘g‘ri o‘girish tarjimaning asliyatga muvofiqligini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri ekanligini asoslovchi ilmiy natijalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot universitetida bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 8-avgustdagi 329/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning A.Navoiy g‘azaliyoti madaniy-maishiy realiyarni tarjima tilida qayta yaratishning o‘ziga xosliklari tahlili asosida yuzaga kelgan tavsiyalar loyiha doirasida amalga oshirilgan tarjimalarga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
tarjimada shakl va mazmun birligi, janrlar mutanosibligi masalasi va asliyatdagi milliy realiyalarni tarjimada qayta yaratish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy fikrlar va amaliy misollardan Evropa ittifoqining Erasmos+ dasturining 585845-ERR-1-2017-1-ES-ERRKA2-SBHT-JP:”Developement of the interdesciplinary master program on Computatinal Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat universitetining 2023-yil 13-sentyabrdagi 06-194-/7-son ma’lumotnomasi).
Fransiyada A.Navoiy ijodining o‘rganilishi, tarjimada milliy koloritning aks ettirilishi, milliy realiyalarning tarjima usullari, g‘azal badiiyatini tarjimada saqlash masalalariga doir natija va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-avgustda efirga uzatilgan “Najot bilimda” radioeshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 564-son ma’lumotnomasi).
“Alisher Navoiy g‘azallarining fransuzcha tarjimalari qiyosiy tahlili va badiiy muqobillik” mavzusidagi dissertatsiya natijalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 8 fevral kuni efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” teleko‘ratuvida foydalanilgan. (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-martdagi 281-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan hamda Alisher Navoiy g‘azallarini boshqa xalq vakillari tomonidan mutolaa qilinishini keng ommaga namoyish qilinishiga imkon yaratilgan.