Alimatova Nargis Abduxalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Zamonaviy O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida raqobat muhiti va raqobatbardoshlik dialektikasi” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal127
Ilmiy maslahatchi: Muxtarov Azamat Muxtarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: : Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Yuldasheva Farida, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqobat muhiti va raqobatbardoshlikning dialektik aloqadorligi hamda taraqqiyot qonuniyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘lishini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Raqobat”, “raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalarining falsafiy tushunchalar sifatidagi tarixiy evolyusiyasi mantig‘i, jamiyatning hayot faoliyati uchun raqobatning kognitiv-qadriyatiy ahamiyati asoslab berildi;
“raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalari to‘g‘risidagi zamonaviy konsepsiyalar ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan tahlil etilib, o‘zaro qiyoslandi, ushbu tushunchalarning dialektik aloqadorlik hamda taraqqiyot qonuniyatlari dalillandi;
“raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalarining liderlik orqali strategiyani yaratish jarayonlari bilan bog‘liqligi, raqobat muhitida optimal strategiyani yaratish hamda ichki va tashqi muhitda rahbarlikni amalga oshirish raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi, raqobat imperativlari yordamida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy konsolidatsiyasi hamda uyg‘unlashuvi ta’minlanishi asoslandi;
“kambag‘allik” tushunchasi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilib, ko‘p mezonli kambag‘allik ko‘rsatkichlari, kambag‘allikni qisqartirish milliy raqobatbardoshlik omili ekanligi, kambag‘allikni qisqartirish milliy modelini yaratish lozimligi deprivatsion metodga ko‘ra asoslandi;
oily ta’lim muassasasi raqobatbardoshligi ichki va tashqi raqobat muhitidagi determinatsion omillari hamda ta’lim sifati bosh omil sifatida asoslandi, yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, raqobatbardoshlikni oshirish omillarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida raqobat muhiti va raqobatbardoshlik dialektikasini tadqiq etish asosida:
“raqobat”, “raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalarining falsafiy tushunchalar sifatidagi tarixiy evolyusiyasi mantig‘i, jamiyatning hayot faoliyati uchun raqobatning kognitiv-qadriyatiy ahamiyatiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston-xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 05 dekabrdagi 02-22/1359-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida raqobatbardoshlik omillari, raqobat muhitini rivojlantirish tendensiyalarini tadqiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan.
“Raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalari to‘g‘risidagi zamonaviy konsepsiyalar ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan tahlil qilish natijalari, o‘zaro qiyoslanishi va ushbu tushunchalarning dialektik aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi dasturining «Aqlli iqtisodiyot-mamlakat jadal taraqqiyotining garovi» qismida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2024 yil 12 yanvardagi 01-04/28-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangilanayotgan O‘zbekistonda halol va sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda milliy raqobatbardoshlikni oshirishga oid aholi bilan targ‘ibot faoliyati olib borayotgan partiya a’zolarining targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Raqobat muhiti” va “raqobatbardoshlik” kategoriyalarining liderlik orqali strategiyani yaratish jarayonlari bilan bog‘liqligi va raqobat muhitida optimal strategiyani yaratish hamda ichki va tashqi muhitda rahbarlikni amalga oshirish raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi, raqobat imperativlari yordamida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy konsolidatsiyasi va uyg‘unlashuvi ta’minlanishiga oid xulosalardan Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirilishida foydalanilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 11 dekabr 2-15-21-6602-sonli dalolatnomasi). Natijada, Yoshlar ishlari Agentligi o‘tkazgan ijtimoiy loyihalar samaradorligi oshgan.
Dissertatsiyaning «raqobat muhiti» va «raqobatbardoshlik» kategoriyalarining liderlik va strategiyani yaratish jarayonlari bilan aloqadorligi va raqobat muhitida optimal strategiyani yaratish hamda ichki va tashqi muhitda rahbarlikni amalga oshirish raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi xulosalaridan; kambag‘allik ijtimoiy-falsafiy fenomen ekanligi, ko‘p mezonli kambag‘allik ko‘rsatkichlari, kambag‘allikni qisqartirish milliy raqobatbardoshlik omili ekanligi va kambag‘allikni qisqartirish milliy modelini yaratish lozim ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)ning dasturida belgilangan to‘rtinchi maqsadni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 2023 yil 15 dekabrdagi 01-27/403-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va Yangilanayotgan O‘zbekistonda aholining kam ta’minlangan aholisining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, halol va sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda milliy raqobatbardoshlikni oshirishga oid ilmiy xulosalar partiya a’zolarining aholi o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Oily ta’lim muassasasi raqobatbardoshligi ichki va tashqi raqobat muhitidagi determinatsion omillari hamda ta’lim sifati bosh omil sifatida asoslanishi hamda yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va raqobatbardoshlikni oshirish omillarini rivojlantirishga oid xulosalardan 2022-2023 yillarda «Toshkent» telekanali orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan ayrim sonlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zMTRK “Toshkent” tele-radio kanalining 2023 yil 14 dekabrdagi 02-15-143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalarning keng xalq ommasi ongida aks etishi oliy ta’lim tizimidagi raqobat muhiti va oliy o‘quv yurtlarining raqobatbardoshlik omillariga tegishli vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.