Karimov Iftixor Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diniy ekstremizm xususiyatidagi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlari”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Yu1093.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudaybergenov Baxram Kuanishbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diniy ekstremizm xususiyatidagi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining jinoiy mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet saytlari, kanallari, profillari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish orqali ularning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish hamda hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida jinoyat-protsessual qonunchiligiga “Internet saytlari, kanallar va profillar faoliyatini to‘xtatib turish” nomli yangi protsessual majburlov chorasini kiritish lozimligi asoslantirilgan;
diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga, shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar yoki materiallar aniqlangan har bir holatda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shartligi asoslantirilgan;
aholini ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan, jamiyat orasida tinchlik va bag‘rikenglikni keng yoygan an’anaviy islom dinining asosiy g‘oyalaridan fuqarolarning xabardorligini oshirish, jumladan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini islom diniga zid ekanligini tushuntirish bo‘yicha keng qamrovli axborot-ma’rifiy targ‘ibot ishlarni olib borish zarurligi asoslab berilgan;
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish yo‘li bilan respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish niyatida bo‘lgan shaxslar va guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diniy ekstremizm xususiyatidagi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ishni sudga qadar yuritish va sud bosqichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining“Internet saytlari, kanallar va profillar faoliyatini to‘xtatib turish” deb nomlangan 282-bob bilan to‘ldirishga doir taklifidan jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-avgustdagi 3/08-147-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jinoyat-protsessual qonunchilikning qat’iylashtirilishiga, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi;
diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga, shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar yoki materiallar aniqlangan har bir holatda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shartligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasi birinchi qismini 10-band bilan to‘ldirishga doir taklifi jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-avgustdagi 3/08-147-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilishning sifat darajasini oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli amalga oshirilishini samarali ta’minlashga xizmat qiladi;
aholini ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan, jamiyat orasida tinchlik va bag‘rikenglikni keng yoygan an’anaviy islom dinining asosiy g‘oyalaridan fuqarolarning xabardorligini oshirish, jumladan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini islom diniga zid ekanligini tushuntirish bo‘yicha keng qamrovli axborot-ma’rifiy targ‘ibot ishlarni olib borish zarurligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi 6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan
“2021-2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi”ni 2-bob, 1-paragrafi, o‘n birinchi xatboshisidagi “a” kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizmga qarshi kurashish xizmatining 2023-yil 26-iyundagi 16/T-4-5749-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi fuqarolar o‘rtasida yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga diniy tomondan tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlariga barham berish hamda ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishini oldini olishga xizmat qilgan;
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish yo‘li bilan respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish niyatida bo‘lgan shaxslar va guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish zarurligiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi 6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi”ning 2-bob, 5-paragrafning to‘rtinchi xatboshisidagi “a” kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizmga qarshi kurashish xizmatining 2023-yil 26-iyundagi 16/T-4-5749-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi Internet jahon axborot tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm mafkurasining faol tarqatilishiga qarshi samarali kurashish, vakolatli organlar tomonidan ekstremistik materiallarni tarqatuvchi veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratgan.