Rozimova Yorqinoy Yuldashevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda uzlyuksiz harbiy ta’limning shakllanishi va rivojlanishi (1991–2021-yillar)”,                    07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc /Tar22
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich tarix fanlari doktori, professor;                                                        Xasanov Baxtiyor Vaxapovich tarix fanlari doktori, professor; Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillik yillarida uzlyuksiz harbiy ta’lim yo‘nalishida yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash, harbiy kasbga yo‘llash, o‘rta maxsus va oliy harbiy ta’limda amalga oshirilgan islohotlarning Mudofaa vazirligi tizimida professional armiyani shaklanishidagi o‘rnini hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishning tarixiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sobiq sovet armiyasining tanazulga yuz tutishining sababi va uning oqibatlari tahlil etilgan, O‘zbekiston mudofaa tizimida milliy armiyaga asos solinishining, mamlakatda profesional armiya tashkil etilishining tarixiiy zaruriyati va bunga turtki bo‘lgan tarixiy omillar aniqlangan;
Qurolli Kuchlar faoliyati va jangovar tayyorgarligi ta’minlashda kasbiy jihatdan tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkibni shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim maktablaridan oliy harbiy ta’limgacha bo‘lgan uzlyuksiz harbiy ta’lim shakllanganligi aniqlandi hamda uzlyuksiz harbiy ta’lim faoliyati tahlil qilingan;
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mudofaa tizimini yaratish va  mustahkamlash, professional armiya shakllantirishda qo‘yiladigan talablaridan kelib chiqqan holda turli harbiy mutaxassisliklar yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning samarali tizimi yaratilganligi,  harbiy mutaxassislikni (ma’lum kasbni, ixtisoslikni) egallash, kasbiy shakllanish, jangovar mahoratni namoyon etish kabilar yaratilganligi aniqlangan;
Qurolli Kuchlarda hamda professional harbiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan uzlyuksiz harbiy ta’lim tizimida jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat sababli mudofaa va xavfsizlikka tahdidlarning ortib borishi kabi omillardan kelib chiqib islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini aniqlangan;
Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlarini ko‘p tarmoqli ofiser kadrlar tayyorlash tizimga o‘tkazish, fuqarolik oliy o‘quv yurtlarida zahiradagi ofiserlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan harbiy kafedralar tashkil etish, harbiy kasbga yo‘naltirilgan liseylar ochish, harbiy kadrlar tayyorlashni harbiy salohiyati rivojlangan davlatlarning standartlari darajasida tashkil qilish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi va bu chora-tadbirlar mamlakat Qurolli Kuchlarining professional asosda shakllanishida asos bo‘lganligi ochiqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oliy  ta’lim, fan va innovasiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Madaniyat, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Vatanparvar” tashkiloti, harbiy-ma’muriy sektorlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy sub’ektlari hisoblanishi haqidagi taklifi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish Konsepsiyasining 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti 2024-yil 18-iyuldagi 13-sonli dalolatnomasi). Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga nomzodlarni saralab olish, qabul qilish hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchilar, o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘tkaziladigan “Uch avlod uchrashuvi”, “Ochiq eshiklar kuni”, har yili 14 dekabrdan 14-yanvargacha butun respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Ommaviy vatanparvarlik oyligi” tadbirlarini tashkillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 23-avgustdagi 25/3218-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bo‘yicha berilgan takliflar vazirlik tizimida harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik tadbirlarni o‘tkazishda keng q o‘llanilgan.
Harbiy kadrlar tayyorlashda mamlakat va xorijiy davlatlarda orttirilgan tajribalar, harbiy-akademik liseylar ilmiy-pedagogik kengashlari faoliyati, o‘quv jarayonlarini tashkil etilishidagi eng ilg‘or tajribalarni o‘qituvchilar orasida ommalashtirish, ularni o‘quv jarayonlariga tadbiq etish harbiy ta’lim mazmunini mukammallashtirish, ilmiy dalillar bilan boyitish, kadrlarni etuk, vatanparvar, zamonaviy harbiy texnika va qurollardan samarali foydalana oladigan qilib tarbiyalash, yoshlarni harbiy kasblarga yo‘naltirish, harbiy sport klublariga, umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan harbiy-sport musobaqalariga jalb etish bo‘yicha dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar o‘quv, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 38/35-67-sonli ma’lumotnomasi) Natijalarining qo‘llanishi IIV Akademiyasida “Yangi O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda keng foydalanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik lisey tashkil etilganligining 40 yillik sanasi munosabati bilan tashkil etilgan muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, devoriy ko‘rgazmalarni mavzulari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar bilan ta’minlash, ko‘rgazma ashyolarini mavzular yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirish kabi amaliy ishlarga jalb etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2022-yil 31-oktyabrdagi 11466/B-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan Milliy gvardiya ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi muzey fondlarini boyitishda, muzeyga tashrif buyuruvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishga hizmat qilgan.
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda tadqiqot ma’lumotlari, tarixiy dalillar, ilgari surilgan ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 02-31-990-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan tadqiqot natijalaridan teleko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish