Wang Guilianning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “History of economic and cultural relations between Uzbekistan and China” (1991-2021)” (O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixi (1991–2021-yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1632.
Ilmiy rahbar: Choriev Sherzodjon Shokirjonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Soipova Kamola Davlatalievna, tarix fanlari doktori, professor; Axunov Akramjon Po‘latjon o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1991-2021-yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida ijtimoiy-madaniy sohadagi aloqalar mustaqillikning dastlab yillaridan asosan medisina, farmatsevtika gumanitar sohalarda muzokaralar boshlanib, keyinchalik xalq tabobati, klinik medisina hamda texnika, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik ixtissosligidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik aloqalari yanada rivojlanganligi aniqlangan;
1991-2016 yillarda ikki davlat o‘rtasida turizm sayyohlik aloqalari borasidagi bitimlardan kelib chiqib, madaniy turizm yo‘nalishida O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro kabi tarixiy shaharlariga Xitoyning Beijing, Shanghai, Tianjin, Shandong, Shaanxi, Zhejiang, Guangdong, Chongqing, Jiangsu, Xinjiang, Gansu va Ningxia provinsiyalaridan sayyohlar soni muntazam oshganligi aniqlangan;
O‘zbekistondan Xitoyga paxta va paxta mahsulotlari, neft, gaz, qimmatbaho metallar, mineral yoqilg‘i eksport qilinganligi Xitoy investisiyasining O‘zbekistondagi og‘ir sanoat, avtomobil sanoati, temir konstruksiya, turli asbob-uskunlar, texnik vositalar uchun kiritilib, ishlab chiqarish divesifikatsiyasida Xitoylik sarmoyadorlarning ulushi ortganligi aniqlangan;
2016-2021 yillarda O‘zbekistonning “Bir makon, bir yo‘l” strattegiyasining “Yangi iqtisodiy ipak yo‘li iqtisodiy kamari” yo‘nalishidagi loyihasini qo‘llab quvatlashi natijasida Xitoy sarmoyalarining Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-yo‘nalishidagi temir yo‘l qurilishiga, sun’iy intellekt, IT- sohasi, elektr avtomobil sanoatiga yo‘naltirilganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1991-2021-yillarda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi nafaqat siyosiy balki, iqtisodiy va madaniy aloqalar yuqori darajada rivojlanib, xamkorlik sohasi kengayib borgan. Bu jarayonlar ikki davlat o‘rtasida aloqalarini yanada rivojlanishiga sabab bo‘lgan. (O‘zbekistonda Shanxay Xamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi Markazining 2024-yil 2-iyuldagi 306/24-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida olingan ilmiy-nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston xalqaro tashkilotlarining mintaqaviy konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkazishda va istiqbolli rejalar yo‘l xaritasini ishlab chiqishda xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining hududi tarixiy Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishida joylashgan muhim geografik hudud hisoblangan. Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishlarining zamonaviy ko‘rinishini rivojlantirishda O‘zbekiston muhim diplomatik davlat sifatida rol o‘ynaydi. (O‘zbekistonda Shanxay Xamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi Markazining 2024-yil 2-iyuldagi 306/24-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tarixiy savdo yo‘nalishning zamonaviy yo‘nalishini rivojlanishi natijasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy savdo, turizm, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalari yanada rivojlangan.
Tadqiqotda nafaqat ikki davlat o‘rtasida 1991-2021-yillardagi iqtisodiy savdo, ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalari tarixi yoritilgan, balki kelajakda ushbu yo‘nalishlarda davlatlararo madaniy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish strategiyasi borasida muhim tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. (Xitoy Xalq Respublikasi Jinan Universiteti, Tarix va madaniyat kollejining 2023.12.28 yil 001- son ma’lumotnomasi). Natijalaridan, Xitoy oliy ta’lim tizimida O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qilish maqsadlarida foydalanilgan.
1991-2021 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar natijasida ikki davlat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlanib, ko‘plab yangi korxonalar tashkil etilgan, shu qatorda ta’lim, innovatsiya, investisiya sohalarida hamkorlik hajmi yanada oshgan(Beijing Silkroad Culture Co., Ltd. 15.11.2023 yil, 001- son ma’lumotnomasi). Natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlanishiga imkoniyat bergan.