O‘rinova Bozorgul Zokirovnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida davriy matbuotning roli (2002-2022 yillar)”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4/Tar316
Ilmiy maslahatchi: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyai ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida davriy matbuotning ahamiyati va rolini o‘rganish. Bu jarayonda matbuotning mamlakat milliy o‘zligini shakllantirishdagi, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarni yoyishdagi, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy ongini rivojlantirishdagi o‘rnini tahlil qilish asosiy maqsad qilib belgilanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillik yillari respublikada bozor talablari, targ‘ibot vositasi hamda aralash turlarga bo‘lingan ommaviy axborot vositalari shakllanganligi, keyingi yilllarda tizim ko‘proq bank tizimidagi o‘zgarishlar va iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar bilan boyiganligi aniqlangan;
tezkorligi va ommaviy axborotni real vaqtda tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lgan raqamli mediada internet-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar, podkastlar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalari keng tarqalgan bo‘lsada, biroq, keyingi yillarda tarqatiladigan ma’lumotlarni tekshirish majburiyati kuchaytirilganligi, “yolg‘on ma’lumot”larni oldini olish choralari ko‘rilganligi asoslangan;
Ijtimoiy–siyosiy va adabiy-badiiy jurnal va gazetalarning texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalaridan foydalanib, o‘z auditoriyasini kengaytirishga harakat qilganligi, internet platformalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, ularning elektron versiyalari ommalashganligi, jurnallarda innovatsion mavzular, globallashuv sharoitida milliy madaniyatni saqlab qolish, jahonga integratsiya qilish kabi masalalar ko‘tarilganligi aniqlangan;
Chop etilayotgan bir necha ijtimoiy–siyosiy va adabiy-badiiy jurnal va gazetalar ko‘proq urf odatlar, buyuk ota-bobolarimizning merosini o‘rganish, targ‘ib etishga qaratilganligi, tashqaridan kirib kelishi mumkin bo‘lgan turli g‘oyalarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri to‘laqonli yoritilmaganligi dalillangan;
Matbuotda yoshlarga yoshlarning ijtimoiy va madaniy hayoti, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati, yosh tadbirkorlarning yutuqlari va tajribalari, sport, san’at, fan va ta’lim sohasidagi yangiliklar, turli loyihalar va tashabbuslar haqidagi maqolalarning soni ko‘p bo‘lib, yoshlar o‘rtasidagi jinoyat, giyohvandlik, terrorizmga kirib ketish holatlariga oid bo‘lgan ma’lumotlar kamligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida davriy matbuot rolining tarixiy tahlili mavzusini tadqiq etish davomida olingan natijalar, ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar hamda takliflar asosida:
“Yangi maʼnaviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada maʼrifatparvar ziyolilar, davlat va jamiyat faollarini birlashtirish” hamda, “Yangi O‘zbekiston orzusini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 30-yanvardagi 40-sonli dalolatnomasi). Natijada markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 3-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va maʼrifat targ‘iboti” 13-bandini bajarishda xizmat qilgan.
O‘zbekistonda davriy matbuotning ijtimoiy va siyosiy taʼsirini yangi nuqtai-nazardan, zamonaviy mediasistemalar kontekstida tahlil qilish, davriy matbuotning global va raqamlashtirilgan davrdagi ahamiyatiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 15-maydagi 02-31-650-sonli maʼlumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning ilmiy tasavvur va tushunchalarning boyishiga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillari respublikada bozor talablari, targ‘ibot vositasi hamda aralash turlarga bo‘lingan ommaviy axborot vositalari shakllanganligi, keyingi yilllarda tizim ko‘proq bank tizimidagi o‘zgarishlar va iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar bilan boyiganligi xususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 15-maydagi 02-31-650-sonli maʼlumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning mazkur masalalar yuzasidan bilimlarining boyishiga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida davriy matbuotning rolining tahlili O‘zbekiston tarixi nuqtai-nazardan tadqiqi, Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdagi o‘rni hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishi, jurnalistika sohasining professional darajasini oshirish, axborot erkinligini taʼminlashga doir maʼlumotlar 2019-2024 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi RF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2022-yil 27-iyunda imzolangan “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligi Apparatining 2024-yil 22-iyuldagi 12/2264-sonli maʼlumotnomasi). Natijaning qo‘llanilishi matbuot sahifalarini yangi faktik materiallar, tarixiy manbalar, davriy matbuot materiallari bilan boyitdi hamda xalq va davlat orasida muhim vosita bo‘lib xizmat qilishga imkon bergan.
Mustaqillik sharoitida davlat va jamiyat qurish jarayonida ommaviy axborot vositalari, jumladan, davriy matbuotning avvalo mustaqillikni mustahkamlash, insonlar ongiga istiqlol g‘oyalarini singdirish, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi masalalarining matbuotda yoritishning tarixiy tahliliga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari respublika darajasidagi davlat tashkilotlari foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024-yil 12-iyul 10-4769-sonli maʼlumotnomasi). Taqdim etilgan natijalar mustaqillik davri tarixini o‘rganishga, matbuot va ommaviy axborot sohasi vakillarining, ilmiy ziyolilarning mustaqillikni mustahkamlashga qo‘shgan xizmatlarini o‘rganishga xizmat qilgan.