Sattarova Mahfuza Dilshodbekovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada investision muhitni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4215.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich , iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ahmedov Shohjahon Kahramon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida investision muhitni yaratish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision muhit taʼsiriga muvofiq, viloyat hududlarida yuqori (71-100 %), o‘rta (41-70 %) va quyi (0-40 %) darajalardagi investision salohiyatni baholash uslubiyoti takomillashtirilgan; 
Xorazm viloyati hududlarining investisiya muhitini shakllantirish asosida investisiya faoliyatini “real investisiyalar muhiti”, “moliyaviy investisiyalar muhiti” va “innovatsion-investisiyalar muhiti” kabi shakllarda baholash usullari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati mintaqasining “davlat (buyurtmachi) – investor (bajaruvchi)” o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va samarali hududiy dasturlarni yaratishga qaratilgan investision-innovatsion strategiyalari asoslangan; 
mintaqa investision muhitini shakllantirishda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada  investision muhitni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
investision muhit taʼsiriga muvofiq, viloyat hududlarida yuqori (71-100%), o‘rta (41-70%) va quyi (0-40%) darajalardagi investision salohiyatni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2020-yil 13-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 14- noyabrdagi 10-3824-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi viloyat hududlarida investision salohiyatni baholash orqali ularga 500-1000 ming AQSh dollari miqdorida investisiyalarni sarflash imkonini bergan; 
Xorazm viloyati hududlarining investisiya muhitini shakllantirish asosida investisiya faoliyatini “real investisiyalar muhiti”, “moliyaviy investisiyalar muhiti” va “innovatsion-investisiyalar muhiti” kabi shakllardagi ishlab chiqilgan baholash usullari taklifi Xorazm viloyat hokimining 2020-yil 13-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 10-3824-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish viloyat hududlarida investisiya shakldagi korxonalar barpo etish hajmini o‘rtacha 5-10 foizgacha oshirish imkonini bergan; 
Xorazm viloyati mintaqasining “davlat (buyurtmachi) – investor (bajaruvchi)” o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va samarali hududiy dasturlarni yaratishga qaratilgan va ishlab chiqilgan investision-innovatsion strategiyalari taklifi Xorazm viloyat hokimining 2020-yil 13-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 10-3824-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida davlat (buyurtmachi) – investor (bajaruvchi)” o‘rtasidagi integratsion aloqalarni amalga oshirish imkonini berib, kelajakda jalb qilinadigan investisiya loyihalari hajmini 7 foizga oshirishga erishilgan; 
mintaqa investision muhitini shakllantirishda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027- yilgacha prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2020-yil 13-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4563-son qarorining ijrosi haqida”gi 23q-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 10-3824-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy kapitalgan o‘zlashtirilgan investisiyalar ARIMA modeli asosida prognozlashtirilib, shu orqali kelajakda investision muhitni shakllantirishning samarali yo‘nalishlarini aniqlash imkoni bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish