Sharipova Zulayxo Abdirimovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4221.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klasterlar samaradorligini oshirishning yaxlit tizimini shakllantirishda mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlarini o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi mexanizmi taklif etilgan;
mintaqa tarmoqlararo klasterlar samaradorligi ko‘rsatkichlari baholanib, iqtisodiy sohalar tarkibining klaster samaradorligi yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash taklif etilgan;
Xorazm viloyati tumanlarida iqtisodiy tarmoqlar faoliyati klasterli tahlil qilinib, sanoat klasteri (Urganch sh., Hazorasp t., Bogʻot t., Tuproqqal’a t.) agro-klaster (Gurlan t., Yangibozor t., Urganch t., Yangiariq t.), transport klasteri (Xiva sh., Xiva t., Qo‘shko‘pir t., Xonqa t., Shovot t.,) kabi zamonaviy turlarini tashkil etish asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi optimal qarorlarni qabul qilish asosida Xorazm viloyatida tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirishning optimal mexanizmi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
klasterlar samaradorligini oshirishning yaxlit tizimini shakllantirishda mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlarini o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 2022-yil 12-apreldagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 6-3668-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada klaster tizimi asosida ishlaydigan korxonalarda raqobat muhitini yaratish imkonini bergan;
mintaqa tarmoqlararo klasterlar samaradorligi ko‘rsatkichlari baholanib, iqtisodiy sohalar tarkibining klaster samaradorligi yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 2022-yil 12-apreldagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 6-3668-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada tarmoqlararo klasterlarning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 2-6 foizga oshirish imkonini bergan;
Xorazm viloyati tumanlarida iqtisodiy tarmoqlar faoliyati klasterli tahlil qilinib, sanoat klasteri (Urganch sh., Hazorasp t., Bogʻot t., Tuproqqal’a t.) agro-klaster (Gurlan t., Yangibozor t., Urganch t., Yangiariq t.), transport klasteri (Xiva sh., Xiva t., Qo‘shko‘pir t., Xonqa t., Shovot t.,) kabi zamonaviy turlarini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati hokimining “2022-2026- yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 2022-yil 12-apreldagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 6-3668-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati shahar va tumanlarida iqtisodiy tarmoqlarni klasterlashtirish orqali 100 nafar yangi ish o‘rni yaratish imkonini bergan;
iqtisodiyot tarmoqlarini o‘zaro bogʻliqligini ta’minlovchi optimal qarorlarni qabul qilish asosida Xorazm viloyatida tarmoqlararo klasterlar samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan optimal mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 2022-yil 12-apreldagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 6-3668-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Xorazm viloyatida yuqori foyda ko‘rmay ishlayotgan korxonalarni tarmoqlararo klasterlarga birlashtirish imkonini bergan.