Bozorov Ilyos Isomiddinovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi  haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Iqt4609
Ilmiy rahbari: Xo‘jaev Fazliddin Elmuratovich, PhD., dots.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiyotining salohiyatini oshirish, kichik va o‘rta biznes orqali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik va o‘rta biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab quvatlash orqali hududning iqtisodiy salohiyatini hamda zamonaviy bilim tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash yangi texnologiyalarni joriy qilish, kreditlar ajratish bosqichlarini avtomatlashtirish yangi biznes loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek tadbirkorlarga huquqiy xizmat ko‘rsatish taklifi asoslangan.
Buxoro viloyati tumanlarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlarini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ushbu mezonlar asosida viloyatdagi tumanlar yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratilgan. Past toifadagi tumanlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi taklif etilgan;
kichik va o‘rta biznes subʼektlarida mahsulotlarni sotish va yuk tashish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik vizual model asosida tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik koefsienti 11,571 ga tengligi aniqlangan. Ularning o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatkichi r<0,05 tashkil etib, ya’ni ularning bog‘liqligi statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lib, mazkur sohalarning rivojlanishi bir-birini qo‘llab-quvvatlashi asoslab berilgan; 
kishik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish natijasida Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 2035 yilgasha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektkarini rivojlantirish, qo‘llab quvatlash hamda saloxiyatini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar:
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvatlash orqali hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy bilim tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, kredit ajratish bosqichlarini avtomatlashtirish yangi biznes loyihalarni ishlab shiqish, shuningdek tadbirkorlarga huquqiy xizmat ko‘rsatish taklifi, ushbu ilmiy yangilik Buxoro viloyatining, Buxoro tumanidagi “Faxriddin trans gold” MShJ  korxonasi  joriy etilgan, natijada korxonani daromadlari 15 % oshgan. Bu to‘g‘risida “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” 2025 yil 6 fevraldagi № 04-07-27-1410-sonli ma’lumotnomasi olingan. Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida  hududning iqtisodiy salohiyati oshirib kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvatlash hamda zamonaviy bilim tajribaga o‘rgatish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, kreditlar ajratishni bosqichlarini avtomatlashtirish yangi biznes loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek tadbirkorlarni yuridik tomonlama xizmat ko‘rsatish taklifi asoslangan.
Buxoro viloyati tumanlari kesimida kichik va o‘rta biznes uchun mavjud sharoitlarini aniqlash mezonlari ishlab chiqildi hamda ushbu mezon asosida viloyat tumanilari toifalarga ajratildi. Mazkur ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan;  Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida, Buxoro viloyati hududlari yuqori o‘rta va past toifalarga ajratildi. Bu to‘g‘risida “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” 2025 yil 6 fevraldagi № 04-07-27-1410-sonli ma’lumotnomasi olingan. Eng yuqori hududning iqtisodiy salohiyati oshirib kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlash hamda zamonaviy bilim tajribaga o‘rgatish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, kreditlar ajratishni bosqishlarini avtomatlashtirish yangi biznes loyihalarni ishlab shiqish, shuningdek tadbirkorlarni yuridik tomonlama xizmat ko‘rsatish taklifi asoslangan.
 Kishik va o‘rta biznes sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash hamda savdo intensivligini oshirishda yuk tashish tizimini optimallashtirish ekonometrik modeli ishlab chiqilgan, Bugungi kunda mamlakatimiz kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashni amalga oshirib boryapti, Shuningdek kichik va o‘rta biznesning oldida turgan muhim masalalardan biri iqtisodiy samaradorlikni oshirish hisoblanadi. Yuk tashish xizmatlari korxonalarga bevosita geografik joylashuvidan tashqarida ham mijozlarga erishish imkonini beradi. Bu mijozlar bazasini kengaytirishga imkoni bo‘lmagan yangi bozorlarga erishishga yordam beradi. 
Kichik va o‘rta biznes cheklangan resurslar, miqyosdagi cheklovlar va kuchli raqobat kabi yuk tashish operatsiyalarini boshqarishda qator muammolarga duch keladi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, samarali yuk tashishlar sarmoyasi kichik va o‘rta biznes uchun sezilarli foyda keltiradi. Ajratilayotgan imtiyozlarning kichik va o‘rta biznes tarmoqlariga ta’sirini baholash SEM vizual modelidan foydalanib imtiyoz aynan qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo sohalariga berilib viloyatning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ilmiy taklif amaliyotda joriy qilinishi natijasida, imtiyozlar aynan qurilish sohasida, sanoat qishloq xo‘jaligida hamda savdo sohasida berilgani ma’lum bo‘ldi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini yuk tashish hajmini ta’minlash savdo bilan bog‘liqlikni asoslab iqtisodiyotda savdo sohalarini roli katta bo‘lib iqtisodiyotda ta’sirini baholab berilgan. Bu to‘g‘risida (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” 2025 yil 6 fevraldagi № 04-07-27-1410-sonli ma’lumotnomasi olingan.
Kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish natijasida Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 2035 yilgasha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Prognoz yillar davomida sotishning o‘sish tendensiyasini ko‘rsatadi. Bu rejalashtirish va qaror qabul qilish uchun foydalidir. Masalan, 2035 yilda prognoz qilingan savdo hajmi 75 224,1 milliard so‘mni tashkil etadi, bu 2025 yildan boshlab sezilarli o‘sishni ko‘rsatib o‘tilgan.
Uzoq muddatli rejalashtirish: korxonalar ushbu prognozlardan ishlab chiqarish, inventarizatsiya, xodimlar va moliyaviy boshqaruvni rejalashtirish uchun foydalanishlari mumkin. Savdo hajmi oshishi kutilayotganligini bilib, kompaniyalar o‘zining ishlab chiqarish quvvatini yoki ishchi kuchini kengaytirishga sarmoya kiritishi mumkinligi aniqlandi.
Model sheklovlari: Prognozlar o‘tmishdagi ma’lumotlarga asoslanganligini va kelajakdagi tendensiyalar bir xil naqshlarga amal qilishini yodda tutish muhimdir. Iqtisodiy o‘zgarishlar, bozordagi o‘zgarishlar yoki kutilmagan hodisalar kabi tashqi omillar prognozlarning to‘g‘riligiga ta’sir qilishi mumkinligi aniqlangan. Ushbu ilmiy taklif amaliyotda joriy qilinishi natijasida, prognoz ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risida “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” 2025 yil 6 fevraldagi № 04-07-27-1410-sonli ma’lumotnomasi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish