Xaydarova Sarvinoz Xaydarjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishi oqibatlari bo‘lgan bolalarda bronxial astmaning klinik-nevrologik jihatlari va kechishini prognozlash», 14.00.13 – «Nevrologiya» va 14.00.09 – «Pediatriya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. DSc/Tib904.
Ilmiy maslaxatchilar: Mavlyanova Zilola Farxadovna DSs,  professor. Sharipov Rustam Xaitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmadeeva El`za Nabiaxmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astmaning differensial terapiyasi dasturini optimallashtirish uchun markaziy asab tizimining (MAT) perinatal shikastlanishning uzoq muddatli oqibatlari bo‘lgan bolalarda bronxial astma (BA) xususiyatlariga nevrologik sindromlarning turli xil klinik variantlari va psixo-emotsional holatning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
asoratlangan perinatal anamnez (kamqonlik - 85,1%, homiladorlik gestozi - 78,9%, homila tushish xavfi - 57,9%), tug‘ruqning o‘ziga xos xususiyatlari (kesarcha kesish - 56,1%) va markaziy asab tizimining perinatal zararlanishlari immun tizimi va neyrovegetativ buzilishlar fonida ko‘p organli psixosomatik patologiyaning og‘ir kechishiga moyilligi  bo‘lgan bolalarda bronxial astmaning erta boshlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bronxial astma bilan kasallangan bolalarda markaziy asab tizimining perinatal zararlanishining uzoq muddatli oqibatlari fonida antropomorfometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlarni baholash asosida kasallikning davomiyligi bilan korrelyasiyalanadigan, 21,9% hollarda mikrosomatotipga moyillik bilan namoyon bo‘lgan, og‘iz-motor disfunksiyasi, moslashuv qobiliyatining pasayishi va ovqatlanish holatining buzilishi kabi jismoniy rivojlanishning buzilishi aniqlangan; 
markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi oqibatida og‘ir kechayotgan bronxial astmali bolalarda vegetativ disfunksiya (79,8%), diqqat etishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (54,4%) fonida nafas olish tizimini boshqaruvchi miyaning po‘stloq-po‘stloq osti va orqa miya tuzilmalari funksional beqarorligining, shuningdek, IL-4, IL-8, TNF-α va NSE neyropeptidining yuqori miqdori, insulinga o‘xshash o‘sish omili-1 ning past darajasi kabi laboratoriya biomarkerlarining prognostik ahamiyati aniqlangan;  
markaziy asab tizimini perinatal shikastlanishining uzoq muddatli oqibatlari fonida 39,5% kuzatuvlarda miyaning subkortikal va diensefalik qismlarining disfunksiyasi miya yarim sharlarining aloqalari buzilishi va aleksitimiya rivojlanishi tufayli impul`sivlik, o‘jarlik, eretizm, zaiflik va o‘zgaruvchanlik kabi xususiyatlarning ustunligiga, o‘z navbatida xavotirlanish darajasining oshishiga yordam berishi, bu esa bronxial astmaning doimiy kechishinining muhim bashoratchisi ekanligi, bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda hissiy va shaxsiy holatlarining buzilishi aniqlangan;
nevrologik simptomlar fonida bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda kompleks terapiya dasturini (0,1% Semaks® burun tomchilari, translingval neyrostimulyasiya, skandinavcha yurish) qo‘llash kasallikning qo‘zish chastotasini 2,2 barobar kamaytirishi, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarini 1,7 barobar yaxshilashi va nevrologik simptomlarning ifodalanishini 1,6 barobar pasaytirish orqali kasallikning uzoq muddatli remissiyasi va bolalarda hayot sifatining yaxshilashi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
MAT perinatal shikastlanishining uzoq muddatli oqibatlari fonida bolalarda BA kechishini bashorat qilish va differensial terapiya dasturini optimallashtirishga asoslangan ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 15 fevral` 2025 yil 12/05-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: asoratlangan perinatal anamnez (kamqonlik - 85,1%, homiladorlik gestozi - 78,9%, homila tushish xavfi - 57,9%), tug‘ruqning o‘ziga xos xususiyatlari (kesarcha kesish - 56,1%) va markaziy asab tizimining perinatal zararlanishlari immun tizimi va neyrovegetativ buzilishlar fonida ko‘p organli psixosomatik patologiyaning og‘ir kechishiga moyilligi  bo‘lgan bolalarda bronxial astmaning erta boshlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: MAT perinatal shikastlanishining (PSh) asoratlari bo‘lgan bolalarda BA kechishining og‘irligini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarida, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2024 yil 8 noyabrdagi 122-sonli buyruq) va Shahrisabz tumani bolalar shifoxonasida (2024 yil 3 oktyabrdagi 128-sonli buyruq) klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tashxislash va profilaktika choralari orqali bolalar kasallanishi va nogironligini kamaytirish, bu esa BA og‘ir shakllarining sonini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BAni erta tashxislash va yanada samarali boshqarish natijasida davolash xarajatlarini kamaytirish. MAT patologiyasi bo‘lgan bolalarda BA og‘irligini bashorat qilish va aniqlash usulini joriy etmasdan davolash narxi o‘rtacha 2800000 so‘mni tashkil etdi; algoritmni joriy etishda esa - 1550000 so‘m. Demak, farq 1250000 so‘mni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, agar bir yil davomida kasalxonada 45 dan ortiq bemorda BA aniqlansa, yiliga o‘rtacha 25250000 so‘m, ya’ni har bir bemordan 1250000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: aniqlangan qonuniyatlar BA rivojlanish mexanizmlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni kengaytiradi va xavf guruhidagi bolalarni profilaktika qilish hamda tibbiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish uchun yangi istiqbollarni ochadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda markaziy asab tizimining perinatal zararlanishining uzoq muddatli oqibatlari fonida antropomorfometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlarni baholash asosida kasallikning davomiyligi bilan korrelyasiyalanadigan, 21,9% hollarda mikrosomatotipga moyillik bilan namoyon bo‘lgan, og‘iz-motor disfunksiyasi, moslashuv qobiliyatining pasayishi va ovqatlanish holatining buzilishi kabi jismoniy rivojlanishning disgarmoniyasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarining klinik amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2024 yil 8 noyabrdagi 122-sonli buyruq) va Shahrisabz tumani bolalar shifoxonasiga (2024 yil 3 oktyabrdagi 128-sonli buyruq) tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: BA va MAT PSh oqibatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash, bu nogironlik va kasalxonaga yotqizish darajasini pasaytirish, shuningdek, bolalar orasida kasallanishni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ijtimoiy ta’minot xarajatlarini kamaytirish - BA ning nogironlikka olib keluvchi shakllari sonini kamaytirish ijtimoiy to‘lovlarga davlat xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Agar og‘ir BA bilan kasallangan bemorlar orasida nogironlik 10% ga kamaytirilsa, har 1000 kishidan 100 bemor nogiron bo‘lishi mumkin edi. Bitta nogiron uchun o‘rtacha ijtimoiy to‘lov (1 nafar nogiron uchun eng kam pensiya - oyiga 920000 so‘m) hisobidan bir yillik iqtisodiy samara: = (920000 so‘m × 12 oy) = 11040000 so‘m. 100 nafar bemorga to‘g‘ri keladigan ijtimoiy to‘lovlarning umumiy tejalishi = 11040000 × 100 = 1104000000 so‘m. Nogironlikni oldini olish hisobiga har 100 nafar bemorga bir yilda ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik 1104000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: erta tashxis qo‘yish hamda davolash va profilaktikaga shaxsiylashtirilgan yondashuv bolalarning yuqori ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning jismoniy faolligi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini oshirish, sog‘lom avlodni shakllantirish hamda oila va sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yuklamani kamaytirish imkonini beradi; 
uchinchi ilmiy yangilik: MAT PSh oqibatida og‘ir kechayotgan bronxial astmali bolalarda vegetativ disfunksiya (79,8%), diqqat etishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (54,4%) fonida nafas olish tizimini boshqaruvchi miyaning po‘stloq-po‘stloq osti va orqa miya tuzilmalari funksional beqarorligining, shuningdek, IL-4, IL-8, TNF-α va NSE neyropeptidining yuqori miqdori, insulinga o‘xshash o‘sish omili-1 ning past darajasi kabi laboratoriya biomarkerlarining prognostik ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash muassasalarining klinik amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2024 yil 8 noyabrdagi 122-sonli buyruq) va Shahrisabz tumani bolalar shifoxonasiga (2024 yil 3 oktyabrdagi 128-sonli buyruq) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning og‘ir kechishi va yondosh psixoemotsional buzilishlar xavfini erta aniqlash nogironlik darajasini pasaytiradi, kasalxonaga yotqizish va kasallik zo‘rayishi chastotasini kamaytiradi, shuningdek, bolalarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi, bu esa oilalarga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: MAT PSh asoratlari bo‘lgan bolalarda BA kechishining og‘irligini bashorat qilish algoritmi joriy etilganda, har 100 nafar bemor uchun bir yilda jami 224400000 so‘m tejab qolinadi. Xulosa: IL-4, IL-8, TNF-α biomarkerlari, neyropeptid NSE va miya tuzilmalaridagi funksional buzilishlarning prognostik rolini aniqlash MAT PSh oqibatlari bo‘lgan bolalarda BA kechishining og‘irligini aniq bashorat qilish imkonini beradi. Bu esa bolalarning psixosomatik holatini yaxshilaydigan va asoratlar xavfini kamaytiradigan erta tashxis qo‘yish va shaxsiylashtirilgan davolash yondashuviga asos bo‘ladi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: MAT PSh uzoq muddatli oqibatlari fonida 39,5% kuzatuvlarda miyaning subkortikal va diensefalik qismlarining disfunksiyasi miya yarim sharlarining aloqalari buzilishi va aleksitimiya rivojlanishi tufayli impul`sivlik, o‘jarlik, eretizm, zaiflik va o‘zgaruvchanlik kabi xususiyatlarning ustunligiga, o‘z navbatida xavotirlanish darajasining oshishiga yordam berishi, bu esa bronxial astmaning doimiy kechishinining muhim bashoratchisi ekanligi, bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda hissiy va shaxsiy holatlarining buzilishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: MAT PSh o‘tkazgan bolalarda BAni davolashga kompleks yondashuv samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Xorazm viloyati (2024 yil 2 oktyabrdagi 188-sonli buyruq) va Andijon viloyati (2024 yil 26 oktyabrdagi 92-sonli buyruq) bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: MAT PSh bilan bog‘liq BA bilan og‘rigan bolalardagi psixoemotsional buzilishlarni tushunish nafaqat tibbiy, balki psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan individual davolash yondashuvini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa bolalarning hayot sifatini va ta’lim muhitiga moslashish imkoniyatlarini oshiradi hamda ijtimoiy izolyasiyani kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda qo‘shimcha nevrologik simptomlarni hisobga olgan holda BAni davolash usulini joriy etish kasalxonaga yotqizish sonini 20% ga kamaytiradi, bu yiliga 120000000 so‘mni tejaydi. Psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini 30% ga (45000000 so‘m) va nogironlikni 10% ga kamaytirish orqali ijtimoiy to‘lovlar xarajatlarini (110400000 so‘m) kamaytiradi. Umumiy tejash yiliga 100 nafar bemor uchun 275400000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: MAT PSh fonida BA bilan og‘rigan bolalarda psixoemotsional va nevrologik buzilishlarni aniqlash va ularning kasallik kechishining og‘irligi bilan bog‘liqligi tashxislash va davolashni optimallashtirish imkonini beradi. Bu xavotir darajasini pasaytirish, kasallikning zo‘rayishi va kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish, shuningdek, nogironlik xavfini kamaytirishga yordam beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: nevrologik simptomlar fonida bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda kompleks terapiya dasturini (0,1% Semaks® burun tomchilari, translingval neyrostimulyasiya, skandinavcha yurish) qo‘llash kasallikning qo‘zish chastotasini 2,2 barobar kamaytirishi, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlarini 1,7 barobar yaxshilashi va nevrologik simptomlarning ifodalanishini 1,6 barobar pasaytirish orqali kasallikning uzoq muddatli remissiyasi va bolalarda hayot sifatining yaxshilashi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: MAT PSh o‘tkazgan bolalarda BAni davolashga kompleks yondashuv samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Xorazm viloyati (2024 yil 2 oktyabrdagi 188-sonli buyruq) va Andijon viloyati (2024 yil 26 oktyabrdagi 92-sonli buyruq) bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: BA bilan og‘rigan bolalarning ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kasallik qo‘zishi chastotasini kamaytirish va remissiya muddatini uzaytirish, maktab darslarini qoldirish holatlarini kamaytirish hamda jismoniy faollikni oshirish orqali amalga oshiriladi. Bu esa umumiy holda bolalarning salomatlik darajasini oshiradi va nogironlik bilan bog‘liq ijtimoiy xavflarni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Kompleks terapiya dasturini joriy etish kasallik kuchayishining takrorlanish chastotasini pasaytirish, dori-darmonlar va ijtimoiy to‘lovlarga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, bu esa har 100 bemor uchun yiliga 515,4 million so‘m tejashni ta’minlaydi. Xulosa: Nevrologik buzilishlar fonida BA bilan kasallangan bolalarda kompleks terapiya dasturini joriy etish o‘z samaradorligini isbotladi. Bu kasallikning kuchayish chastotasini sezilarli darajada kamaytirish, o‘pka funksional holatini yaxshilash va nevrologik alomatlarning namoyon bo‘lishini pasaytirish orqali erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish