Bazarova Shaxlo Shuxratovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy koreys va o‘zbek adabiyotida ayol obrazining ijtimoiy-estetik talqini (Pak Van So va Oydin Sobirova ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4846
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abbasova Dilfuza Karimbek qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy koreys va o‘zbek adabiyotida ayol obrazi, feministik adabiyotning shakllanishi, “ayol” konseptining mohiyatini ifodalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ayollar adabiyoti” va “ayollar adabiyotshunosligi”ning mohiyatini yoritishda o‘zbek va koreys folklorshunosligi janrlari tahlili orqali ayollar nasrining poetik xususiyatlari, ayol yozuvchilar ijodiyoti va ularning adabiyotdagi mavqei, asarlaridagi mavzu va gʻoya doirasining mazmuni aniqlangan;
jahon adabiyotshunosligida ayollar adabiyoti va adabiyotshunosligining bugungi kunda tizimli tadqiqot sifatida tadqiq etilayotganligi, yangi davr adabiyotida ayolga ayol ko‘zi bilan qarash yangi bosqichga ko‘tarilganligi dalillangan;
zamonaviy o‘zbek va koreys feministik adabiyotining vakillari asarlarida ayol obrazining mohiyatini yoritish har ikkala millat ayollariga xos bo‘lgan mehribon ona, sabrli rafiqa, oqila qiz kabi obrazlar Oydin Sobirovaning “Chaqaloqqa chakmoncha”, “Kelin o‘g‘il tug‘ipti”, Pak Van Soning “Sarob kapalagi” (“환각의 나비”) hikoyalari, “Ona iztirobi” (“엄마의 말뚝”) romani tahlili asosida isbotlangan;
“ayol” konseptining mohiyatini anglatishda o‘zbek va koreys adibalari Oydin Sobirovaning “Yuragida o‘ti bor”, “Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit” va Pak Van Soning “Qora beva” (“흑과부”), “Haliyam tush ko‘ryapsizmi?” (“그대 아직도 꿈꾸고 있는가”) hikoyalari tahlili orqali, “axloqiy”, “hissiy” va “xan” konseptlarida ayol ruhiyatining nozik qirralari oila, muhabbat va jamiyat masalalari, milliy mentalitetning aks ettirilishi bilan uygʻunligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ilmiy ishda o‘zbek va koreys ijodkor ayollarining ilmiy biografiyasini yaratish, davr adabiy jarayoni rivojiga qo‘shgan hissalarini aniqlash borasida bir qancha nazariyotchi olimlar qarashlariga munosabat bildirilgan. O‘zbek va koreys ayollar adabiyoti mazmun va shakl jihatdan nihoyatda bir-biriga yaqin turishi, ularda ifodalangan ayol ruhiy olamining, qalb kechinmalarining o‘ziga xos jihatlari “ayol” konseptini ifodalovchi birliklar orqali tahlilga tortilgan o‘rinlardan 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024- yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-iyuldagi 1456/2-son ma’lumotnomasi). Natijada “ayollar adabiyoti” va “ayollar adabiyotshunosligi”ning mohiyatini yoritishda o‘zbek va koreys folklorshunosligi janrlari tahlili orqali ayollar nasrining poetik xususiyatlari, ayol yozuvchilar ijodiyoti va ularning adabiyotdagi mavqei, asarlaridagi mavzu va gʻoya doirasining mazmuni ochib berildi;
o‘zbek va koreys ijodkor ayollarining ilmiy biografiyasini yaratish, davr adabiy jarayoni rivojiga qo‘shgan hissalarini aniqlab, ayollar adabiyoti va adabiyotshunosligi XX asr ilmiy voqeligi ekanligini, ayollar adabiyotining tarixi va nazariy jihatlarini asoslashga doir qarashlaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 2376/02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi jahon adabiyotshunosligida ayollar adabiyoti va adabiyotshunosligining bugungi kunda tizimli tadqiqot sifatida tadqiq etilayotganligi, yangi davr adabiyotida ayolga ayol ko‘zi bilan qarash yangi bosqichga ko‘tarilganligi aniqlandi;
ilmiy ishda “Ayol” konseptining mohiyatini yoritishda o‘zbek va koreys adibalari Oydin Sobirova va Pak Van Solarning asarlari tahlili orqali yoritilib, “axloqiy”, “hissiy” va “xan” konseptlarida ayol ruhiyatining nozik qirralari ko‘rsatilgan jihatlarini asoslashga doir qarashlaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-noyabrdagi 2528/02-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek va koreys feministik adabiyotining vakillari asarlarida ayol obrazining mohiyatini yoritish har ikkala millat ayollariga xos bo‘lgan mehribon ona, sabrli rafiqa, oqila qiz kabi obrazlar Oydin Sobirovaning “Chaqaloqqa chakmoncha”, “Kelin o‘g‘il tug‘ipti”, Pak Van Soning “Sarob kapalagi” (“환각의 나비”) hikoyalari, “Ona iztirobi” (“엄마의 말뚝”) romani tahlili bilan asoslanildi;
ilmiy ishda keltirib o‘tilgan materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil iyul oyida efirga uzatilgan “Ayol baxtli bo‘lsa”, Samarqand radiosining 2024-yil iyul oyi davomida “Xayrli kun” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-avgustdagi 01-07/217-son guvohnomasi). Natijada “ayol” konseptining mohiyatini anglatishda o‘zbek va koreys adibalari Oydin Sobirovaning “Yuragida o‘ti bor”, “Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit” va Pak Van Soning “Qora beva” (“흑과부”), “Haliyam tush ko‘ryapsizmi?” (“그대 아직도 꿈꾸고 있는가”) hikoyalari tahlili orqali, “axloqiy”, “hissiy” va “xan” konseptlarida ayol ruhiyatining nozik qirralari oila, muhabbat va jamiyat masalalari, milliy mentalitetning aks ettirilishi shuningdek, kitobxonlikka qiziqishini yanada oshirish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish