Bayonxanova Iroda Furkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muloqot odobini ifodalovchi maqollarning diskursiv-pragmatik xususiyatlari (koreys va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1793
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kim Natalya Dekxenovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreys va o‘zbek tillarida muloqot odobini ifodalovchi maqollarning diskursiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash va chog‘ishtirma tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys va o‘zbek xalq maqollarining struktur-semantik xususiyatlari o‘rganilib, ularda qisqalik, ohangdorlik, qofiya, turg‘unlik, sintaktik jihatdan shaxsi umumlashganlik, shaxsi noma’lumlik kabi umumiy xususiyatlar mavjudligi aniqlangan hamda shu xususiyatlari tufayli proverbal tuzilmalarning ramziy ma’no kasb etishi isbotlangan;
koreys va o‘zbek xalq maqollarining diskurs jarayonida so‘zlovchi va tinglovchining muloqot odobini ifodalash xususiyatlarining lisoniy vositalar tanlovida hamda kommunikatsiya strategiyasini belgilashda muhimligi ochib berilgan;
pragmatik jihatdan maqollar muloqot odobi sifatida donolik va tajribani etkazish, ijtimoiy tartib, harakatni izohlash va talqin qilish, hazil va tanqid, harakatga undash va rag‘batlantirish, muloqotning kommunikativ-pragmatik samarasini ta’minlovchi, tinglovchi diqqatini jalb qilish kabi vazifalarni bajarishi dalillangan;
tadqiqot natijasida chogʻishtirilayotgan tillar doirasida maqollarni tarjima qilishda, ularning muqobil (to‘liq yoki qisman) shakli mavjud bo‘lmagan holatda – kalkalash, tavsifiy va psevdomaqol hosil qilish usullari bilan tarjima qilish, samarali ekanligi isbotlangan hamda ushbu usullardan amaliyotda foydalanishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koreys va o‘zbek tillari muloqot odobini ifodalovchi maqollarning diskursiv-pragmatik xususiyatlarining tavsifi va maqollarning tarjimada berilishi masalalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
koreys va o‘zbek xalq maqollarining struktur-semantik xususiyatlari o‘rganilib, ularda qisqalik, ohangdorlik, qofiya, turgʻunlik, sintaktik jihatdan shaxsi umumlashganlik, shaxsi noma’lumlik kabi umumiy xususiyatlar mavjudligi aniqlangan hamda shu xususiyatlari tufayli proverbal tuzilmalarning ramziy ma’no kasb etishi bo‘yicha berilgan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “Oʻzbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi №2375/02–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va koreys muloqot odobini ifodalovchi xalq maqollarining shakl va mazmun jihatdan bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlari, maqollarning muloqot odobini ifodalashda suhbatdoshlarning alohida fazilatlari tahlili, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda manba bo‘lib xizmat qilgan;
koreys va o‘zbek xalq maqollarining diskurs jarayonida so‘zlovchi va tinglovchining muloqot odobini ifodalash xususiyatlarining lisoniy vositalar tanlovida hamda kommunikatsiya strategiyasini belgilashda muhimligi bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-noyabrdagi №2529/02–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maqollar tarjimasiga oid ko‘rsatilgan tavsiyalar “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Nazariy grammatika”, “Terminologiya tarjimasi” kabi fanlarning nazariy masalalarini boyitishga xizmat qilgan;
pragmatik jihatdan maqollar muloqot odobi sifatida donolik va tajribani etkazish, ijtimoiy tartib, harakatni izohlash va talqin qilish, hazil va tanqid, harakatga undash va ragʻbat, muloqotning kommunikativ-pragmatik samarasini ta’minlovchi, tinglovchi diqqatini jalb qilish kabi masalalari bo‘yicha olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-noyabrdagi №2529/02–sonli ma’lumotnomasi).Natijada, muloqot odobini ifodalovchi maqollarning semantik va formal tadqiqi natijasida erishilgan xulosalardan matn tahliliga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlarda foydalanilgan;
tadqiqot natijasida chogʻishtirilayotgan tillar doirasida maqollarni tarjima qilishda, ularning muqobil (to‘liq yoki qisman) shakli mavjud bo‘lmagan holatda – kalkalash, tavsifiy va psevdomaqol hosil qilish usullari bilan tarjima qilish, samarali ekanligi isbotlangan hamda ushbu usullardan amaliyotda foydalanishga yo‘naltirilgan tavsiyalar kabi vazifalarni bajarishiga oid o‘rinlaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil sentyabr oyi davomida efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi senariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi №01-07/263-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarida ilgari surilgan muhim ilmiy-ijodiy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalardan teleradiokompaniyaning ko‘rsatuv va eshittirishlarida ham foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish