Mirsagatova Pokiza Avazbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida san’atni ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2960
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Saidakbarova Saodat Parxadjanova, filologiya bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ѕan’atga oid frazeologizmlarning lekѕik-ѕemantik ko‘lami, ѕtruktur-grammatik, ѕtiliѕtik xuѕuѕiyatlari va lekѕikografik ѕalohiyatini o‘zaro chog‘iѕhtiriѕh orqali ularning o‘ziga xos o‘xѕhaѕh va farqli tomonlarini aniqlaѕh hamda milliy-madaniy xuѕuѕiyatlarini ochib beriѕhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi san’atga oid frazeologizmlarning semantik tasnifi asosida teatr, musiqa, hunarmandchilik, haykaltaroshlik, raqs, tasviriy san’at, sirk hamda badiiy adabiyot makromaydonlarining tarkibiga kiruvchi rangtasvir, aktyor, sahna, kulolchilik, musiqa asboblari, so‘z san’ati, masxarabozlik kabi mikromaydonlarga ajratilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi san’atga oid frazeologizmlarning struktur-grammatik jihatdan farqlanishi, jumladan o‘zbek tilida san’at sohasini ifodalovchi teng bog‘lovchi yordamida hosil qilingan frazeologizmlarning mavjud emasligi, san’atga oid substantiv frazeologizmlarda otlar kelishik affiksi yordamida sintagmatik munosabatga kirishishi har ikkala tilga xos ekanligi va ingliz tilidagi san’atga oid sifatli frazeologizmlar tarkibidagi sifat so‘z turkumi faqat qiyosiy darajada qo‘llanishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi san’atga oid frazeologizmlarda har ikkala til madaniyatiga xos bo‘lgan to‘g‘riso‘zlik, donolik, itoatkorlik, kamtarlik, ehtiyotkorlik kabi ijobiy fazilatlar hamda ikkiyuzlamachilik, yovuzlik, maqtanchoqlik, qaysarlik va xasislik singari qator salbiy xislatlar namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek xalqlarining o‘ziga xos kognitiv, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hamda tarixiy jarayonlarini o‘zida mujassam etgan milliy-madaniy jihatlar san’atga oid frazeologizmlarning adekvat tarjimasiga erishishda asosiy omillar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va oʻzbek tillarida san’atni ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar tarkibida uchraydigan san’atni ifodalovchi leksik birliklar xalq mentalitetini anglatuvchi vosita ekanligi kabi ilmiy natijlari va materiallaridan Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/11-10809 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, san’atni ifodalovchi frazeologizmlarlarning tahlillari frazeologizmlarning tarjimasi, ularni madaniyatlararo muloqot jarayonida to‘g‘ri qo‘llash sifatini oshirishga imkon yaratilgan;
turli tizimli tillarda san’atni ifodalovchi frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlarining lingvomadaniy aspektda o‘rganilishi hamda ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi ekvivalentlik darajasi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan Ya-1-06-sonli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 18-noyabrdagi 04/11-10810 sonli ma’lumotnomasi). Natijada filologiya fakultetlari talabalariga og‘zaki va badiiy matnlardagi madaniy realiyani aks ettiruvchi san’atni ifodalovchi frazeologik birliklarning ekvivalentlaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ѕan’atni ifodalovchi frazeologizmlarning ѕhakllaniѕh omillari, ѕan’at turlari hamda ularda milliylikning akѕ etiѕhi, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va badiiy adabiyot, tarixiy voqelik, milliy an’analar shuningdek urf-odatlar, diniy urf-odatlar, ijtimoiy o‘zgariѕhlar bilan bog‘liqligi, ularning millat an’analarida akѕ etiѕhi haqidagi xuloѕalardan “O‘zbekiѕton” 11 teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eѕhittiriѕhlarining ѕѕenariylarini yoziѕhda foydalanildi hamda muallif bilan turkum ѕuhbatlar amalga oshirildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-noyabrdagi 04-36-1201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ѕan’atni ifodalovchi frazeologizmlarning etimologik jihatdan o‘rganiѕh yuzaѕidan to‘rlangan ma’lumotlar tarixiy-madaniy, moddiy va nomoddiy madaniy meroѕ durdonalarini ѕaqlaѕh va targ‘ib qiliѕh, havaѕkorlik ѕan’atini yanada ommalaѕhtiriѕhda mazkur teleko‘rѕatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘liѕhi ta’minlangan.