Eshniyozova Gulhayo Hamroqul qizining falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan badiiy san’atlarning lisoniy asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil 1946.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparboyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo’llanilgan badiiy san’atlarning lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo’llanilgan badiiy san’atlardagi lisoniy birliklarning qo’llanilish o’rni bo‘yicha tushuncha, hukm va xulosalardagi umumiylik hamda o’zaro bog‘liqlik, yaxlitlik, mutanosiblik kabi xususiy jihatlarning shoira uslubiga xos kelin, bola, ayol, qayiq singari yangi badiiy tasviriy ifodalarda namoyon bo’lishi aniqlangan;
shoira she’rlarida bo’zla-bo’zla, so’zla-so’zla kabi takrorlardan foydalanish she’rning ta’sirchanligini oshiruvchi omil sifatida; intiq sog‘inchlar, uzun kun, umid iplari, umring tongotarida, umring kunbotarida kabi ifodalarning o’ziga xos individual xususiyatlari, shoiraning mazmunni shaklga solishdagi badiiy mahorati hamda lisoniy birliklar she’riy nutqdagi shakl – ma’no – vazifa birligini ta’minlovchi muhim vosita ekanligi asoslangan;
shoira she’riyatida qo’llanilgan ma’naviy va lafziy san’atlarda til va badiiyat mushtarakligi, sog‘ qalb, qizil o’q, alvon qo’shiqlar kabi birikmalarning denotativ va konnotativ ma’no xususiyatlari, badiiy-estetik vazifalari, voqelikni ta’sirchan va yorqin ifodalash uchun - dek, -dayin, -namo, -omuz, -li, -cha, -simon kabi morfologik ko’rsatkichlarning uslubiy ma’no ifodalangani dalillangan;
Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo’llanilgan yuragi toshlar, qurg‘oq ko’zlar kabi birliklarning metonimiya, o’xshatish kabi leksik vositalar orqali ifodalanishi, talmeh san’atini hosil qilgan Ahmad Yassaviy, Amir Temur kabi atoqli otlarning sezilarli darajada ko’p qo’llanilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan badiiy san’atlarning lisoniy tomonlarini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Halima Xudoyberdiyeva she’riy san’atlari tilining leksik-morfologik xususiyatlari tadqiqi o’xshatish, intoq, tashxis, tazod, jonlantirish kabi san’atlarni hosil qiluvchi birliklar tasnifi va ularning ifodalanishiga oid nazariy xulosalaridan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 27-dekabrdagi 656-son ma’lumotnomasi). Natijada ko’plab badiiy san’atlarning leksik-morfologik vazifalari aniqlashtirilgan;
Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo’llangan badiiy san’atlarning lisoniy asoslarini tadqiq qilish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida badiiy matnda she’riy san’atlar she’r ta’sirchanligi va so’z qudratini oshiruvchi asosiy vositalaridan biri ekanligiga oid xulosalardan – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 27-dekabrdagi 657/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy san’atlarning o’ziga xos leksik-morfologik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlarining izohlanishida asos bo’lib xizmat qilgan;
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabida shoira she’riyatida qo’llanilgan badiiy san’atlarning lisoniy tahlili, badiiy matnda shakl-ma’no-vazifa tamoyillari asosida o’rganish muammolari, Halima Xudoyberdieva she’riyatida qo’llangan badiiy san’atlar va ularning lisoniy xususiyatlari yuzasidan umumiy ma’lumotlar berildi va mahorat darsi tashkil etildi (Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining 2024-yil 15-maydagi 01-59-son ma’lumotnomasi). Natijada Halima Xudoyberdieva she’riyatida qo’llangan badiiy san’atlarning lisoniy xususiyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqish oshdi;
Shoira she’rlarida qo’llanilgan ma’naviy va lafziy san’atlarning leksik-morfologik vazifalarini ifodalashiga oid nazariy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining, 2022-2023-yillar mobaynida “Til millat ko’zgusi”, “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”, “O’zbek tili – mehr tili” va “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Inson qadri har narsadan ulug‘”, “Ijtimoiy makonda axborotdan foydalanish madaniyati” singari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlashda samarali foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi 2023-yil 21-sentyabrdagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy san’atlarni ifodalovchi leksik-morfologik vositalarning poetik nutqdagi o’rni, ahamiyatini yoritishda asos bo’lib xizmat qilgan hamda 2023-2024-yillar mobaynida Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Islohotlar amalda”, “Kelajak yoshlari”, “Diyor 24” singari ko’rsatuv va teleloyihalarni tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradio kompaniyasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01-10/176-son ma’lumotnomasi). Natijada teleloyihalarning dolzarbligi, ilmiy-ommabopligi va ilmiy-amaliy jihati ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish