Ziyoyeva Dilnoza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy faoliyat fe’llarining paradigmatik tahlili», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Fil3152.
Ilmiy rahbar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mexriniso Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy faoliyat fe’llarining paradigmatik aloqalarini qiyosiy aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi nutqiy faoliyat fe’llarining paradigmatik jihatlari leksik-semantik, morfologik-sintaktik xususiyatlarni, mutlaq, nisbiy, funksional belgilarni ifodalovchi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi dalillangan;
har ikkala tildagi nutqiy faoliyat fe’llarining paradigmatik munosabatlari asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda ushbu fe’llarning kontekstual va kommunikativ jarayonda mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillar paradigmatik kengligida nutqiy faoliyat fe’llari shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi aniqlangan;
nutqiy faoliyat fe’llarining matn shakllantirish imkoniyati ularning matn kogerentligi va kogezivligini belgilovchi lisoniy-kognitiv hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatini ifodalashi hamda mazkur birliklarning to‘xtovsiz taraqqiy etib borishini ta’minlovchi diskursiv tamoyillar qatorida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy faoliyatni ifodalovchi fe’llar semantikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi nutqiy faoliyat fe’llarining paradigmatik jihatlari leksik-semantik, morfologik-sintaktik xususiyatlarni, mutlaq va nisbiy, funksional belgilarni ifodalovchi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-FI-029 “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvning tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-noyabrdagi №04/1-2552-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy faoliyatni ifodalovchi fe’llar semantikasi tahliliga asoslangan soha lug‘atlari yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
har ikkala tildagi nutqiy faoliyat fe’llari paradigmatik munosabatlar asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi hamda ushbu fe’llarning kontekstual va kommunikativ jarayonda mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 11-oktyabrdagi №733/02-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy faoliyatni ifodalovchi fe’llarning sinxron va diaxron shakllanishiga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
qiyoslanayotgan tillar paradigmatik kengligida nutqiy faoliyat fe’llari shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Yoshlar siyosati amalda”, “Assalom, Buxoro”, “Najot - bilimda” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 27- sentyabrdagi №02-09-275-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishda, telekompaniya ijodiy jamoasining sohaviy, keng omma tinglovchilarining lingvistik bilimlari boyitilishiga xizmat qilgan.