Xudoev Samandar Samatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek va nemis topishmoqlari tipologiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.1.PhD/Fil.177.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumaniyozov Zohid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis folkloridagi topishmoqlar tipologiyasi, ulardagi universal hamda differensial xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek va nemis topishmoqlarining mif, afsona, ertak, doston, maqol kabi folklor janrlari bilan munosabatda hamda marosimlar bilan bog‘liqlikda badiiy evolyusiyaga erishgani, topishmoqlar yo mustaqil janr sifatida, yo afsona, ertak, doston janrlari tarkibida sinov yoxud shart motivi sifatida qo‘llanishi, ba’zan maqol va topishmoq orasida janriy ko‘chish holati yuz berishi dalillangan;
o‘zbek va nemis xalq topishmoqlarida inson va uning tana a’zolari, hayvonlar, o‘simliklar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, mehnat, jang, o‘quv qurollari, uy-ro‘zg‘or, musiqa asboblari kabi obrazlar ustivorlik kasb etgani holda, ayni vaqtda har ikkala xalqning milliy o‘ziga xosligi, urf-odatlari, diniy, ijtimoiy, siyosiy dunyoqarashi yoki e’tiqodlari bilan bog‘liq shaklda turli ma’nolarda ifodalanishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar topishmoqlari tilida antroponim, toponim, gidronim, somatizm, lingvokulturema, etnografizm, dialektizm, frazeologizm, raqam, antonim, sinonim asoslarning birlamchi, fonetik, leksik va sintaktik takrorlar esa ikkilamchi xarakterda ekanligi isbotlangan; 
har ikkala tilda topishmoqlar aniq tuzilgan modellar orqali aktualizatsiyalashuvi, variantlashishi, ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-didaktik, badiiy-estetik, kommunikativ, kognitiv, ko‘ngilochar vazifalarga egaligi, til xususiyatlari, so‘z tabusi, “yashirin nutq”, metaforik ifodaga asoslanib verballashuvi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis folklorida topishmoqlar tipologiyasini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va nemis topishmoqlarining mif, afsona, ertak, doston, maqol kabi folklor janrlari bilan munosabatda hamda marosimlar bilan bog‘liqlikda badiiy evolyusiyaga erishgani, topishmoqlar yo mustaqil janr sifatida, yo afsona, ertak, doston janrlari tarkibida sinov yoxud shart motivi sifatida qo‘llanishi, ba’zan maqol va topishmoq orasida janriy ko‘chish holati yuz berishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 6-martdagi  №17.01/53-son ma’lumotnomasi). Natijada topishmoqlarning umumfolklor hodisasi ekani, jahon xalqlari topishmoqlari shakli va mazmuni jihatidan tipologik belgilarga egaligi, qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, marosim, urf-odatlar bilan bog‘liqligi, ularda uchraydigan obrazlarning o‘xshashligi, topishmoqlarning folklor va yozma adabiyotdagi o‘rni, badiiy mohiyati, hayot voqeliklari bilan bog‘lab talqin qilinishi ochib berilgan;
o‘zbek va nemis xalq topishmoqlarida inson va uning tana a’zolari, hayvonlar, o‘simliklar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, mehnat, jang, o‘quv qurollari, uy-ro‘zg‘or, musiqa asboblari kabi obrazlar asosan qo‘llanilgani, ammo ular har ikkala xalqning milliy o‘ziga xosligi, urf-odatlari, diniy, ijtimoiy, siyosiy dunyoqarashi yoki e’tiqodlari bilan bog‘liq holda turli ma’nolarda ifodalanishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida AQShning SUZ80021IN3103-raqamli innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-maydagi №01-04/01-1213-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va nemis folklorida topishmoqlarining kelib chiqishi, ijtimoiy-badiiy evolyusiyasi, ijro xususiyati, obrazlar va motivlar strukturasidagi o‘xshashliklarni aniqlash, ularni tasniflab ko‘rsatish, o‘zbek va nemis topishmoq matnlaridagi qadimgi mifologik qarashlarning izlarini ko‘rsatib berish, ularning o‘xshash va yaqinligini dalillash, o‘zbek va nemis xalq topishmoqlarining yuzaga kelishida so‘z tabusi, “yashirin nutq” va magik ishonchlar o‘rnining asoslanishiga erishilgan; 
qiyoslanayotgan tillar topishmoqlari tilida antroponim, toponim, gidronim, somatizm, lingvokulturema, etnografizm, dialektizm, frazeologizm, raqam, antonim, sinonim asoslarning birlamchi, fonetik, leksik va sintaktik takrorlar esa ikkilamchi xarakterda ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Asrlarning asraganlari” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-maydagi №02-06-132-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar hamda radioeshittirish muxlislari o‘zbek va nemis xalq topishmoqlarining poetikasi, obrazlar tizimi va mavzu ko‘lami haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish