Sotvoldieva Istoraxon Lutfullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ingliz va o‘zbek tillarida kollokvializmning qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil35.12.
Ilmiy rahbar: Vositov Valijon Abduvahobivich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Mamurjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ashurov Shahobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi kollokvializmlarning struktural va semantik imkoniyatlarini o‘rganish orqali taqqoslanayotgan tillarga xos umumiy va xususiy jihatlarni ochib berish hamda tillararo kollokvial muvofiqliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘zning kollokvial ma’nolari, odatda yasama bo‘lib, ularning hosil bo‘lishida metaforalarning muhim rol o‘ynashi ochib berilib, natijada, hayvon va predmet nomlari kollokvial nominatsiyada eng faol qo‘llanuvchi leksik-semantik variantlarni tashkil qilishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda kollokvial so‘z yasashdagi bir qator farqlar o‘rganilib, natijada, o‘zbek tilining kollokvial nominatsiyasida affiksatsiya va so‘z qo‘shish, ingliz tilida so‘z qo‘shish va konversiya usullarining nisbatan faol qo‘llanishi aniqlandi. Shuningdek, ingliz so‘zlashuv tilida o‘zbek tiliga nisbatan substandart suffikslarni qo‘llashga moyillikning yuqoriligi ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning tillararo kollokvial muvofiqligining bir qancha turlari tahlil qilinib, ingliz tilidagi biror stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan kollokvializmga o‘zbek tilida boshqa stilistik elementlar muvofiq kelishi mumkinligi hamda bitta inglizcha kollokvializm o‘zbek tilida bir vaqtning o‘zida ham neytral, ham so‘zlashuv ekvivalentiga ega bo‘lishi yoki umuman bir leksemali muvofiqlikka ega bo‘lmasligi ko‘rsatib berilgan;
ikkala til ham o‘zining kollokvial univerblariga ega bo‘lib, inglizcha kollokvial univerbning o‘zbek tilida erkin perifraza, frazeologik birlik yoki bog‘langan frazeologik birikma (idioma) ko‘rinishidagi muvofiqlikka ega bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida kollokvializmlarning qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
so‘zning kollokvial ma’nolari, odatda yasama bo‘lib, ularning hosil bo‘lishida metaforalarning muhim rol o‘ynashi ochib berilib, natijada, hayvon va predmet nomlari kollokvial nominatsiyada eng faol qo‘llanuvchi leksik-semantik variantlar ekanligi aniqlanganligi, yangi kollokvial so‘z yasalishida affiksatsiya, reduplikatsiya va konversiya usullarining mahsuldor ekanligi, shuningdek, ingliz so‘zlashuv tilida substandart suffikslarning qo‘llanishiga moyillik ochib berilganligi kabi ilmiy yangiliklardan Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” (2020-2022) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 30-maydagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi paydo bo‘luvchi nutqiy birliklarning ilmiy talqiniga oid qarashlar mukammallashgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning tillararo kollokvial muvofiqligi tahlil qilinib, ingliz tilidagi biror stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan kollokvializmga o‘zbek tilida boshqa stilistik elementlar muvofiq kelishi mumkinligi hamda bitta inglizcha kollokvializm o‘zbek tilida bir vaqtning o‘zida ham neytral, ham so‘zlashuv ekvivalentiga ega bo‘lishi yoki umuman bir leksemali muvofiqlikka ega bo‘lmasligi, ikkala til ham o‘zining kollokvial univerblariga ega bo‘lib, inglizcha kollokvial univerbning o‘zbek tilida erkin perifraza, frazeologik birlik yoki bog‘langan frazeologik birikma (idioma) tarzidagi muvofiqlikka ega bo‘lishi kabi ilmiy xulosalardan IL-402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” (2022-2023) mavzusidagi grant loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 20-avgustdagi 59-08-803-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutqiy qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashgan;
ingliz va o‘zbek tillarida so‘zlashuv tiliga xos bo‘lgan birliklarning yasalishidagi farqli jihatlar, jumladan ingliz kollokvializmlarining yasalishida konversiya, o‘zbek tilida affiksatsiya va reduplikatsiya usullarining faol qo‘llanilishi, inglizcha kollokvializm o‘zbek tilida bir vaqtning o‘zida ham neytral, ham so‘zlashuv ekvivalentiga va erkin perifraza, frazeologik birlik yoki bog‘langan frazeologik birikma (idioma) ko‘rinishidagi muvofiqlikka ega bo‘lishi hamda kollokvializmlarning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda (2022-2024-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 30-iyuldagi 04-36-895-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan mediali materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.