Ochilova Nafisa Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanining inglizcha tarjimalarida lingvostilistik xususiyatlar ifodasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/Fil1987.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Firuza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanining inglizcha tarjimalaridagi lingvostilistik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romani va uning tarjimalarida milliy-madaniy manzarani ifodalashda metafora, metonimiya, sinekdoxa, epitet, kinoya, ideoma, mubolag‘a, evfemizm, o‘xshatish, gradatsiya kabi badiiy uslub vositalarining samaradorligi aniqlangan;
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanida leksik-stilistik vositalar: metafora, epitet, o‘xshatish, metonomiya va giperbola tarjimasida kompensatsiya, eksplikatsiya, analog tanlash usullari qo‘llanishi orqali ushbu birliklar semantikasining to‘liq ochib berilishida majoziy ma’no hamda madaniy-tarixiy manzarani saqlab qolganligi dalillangan;
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanidagi milliy-madaniy manzarani ifodalashda millatga xos bo‘lgan maxsus leksik birliklar, realiyalar: kiyim-kechak, xo‘jalik ishlari, qurol-aslaha, o‘simlik, qush va hayvon nomi bilan bog‘liq etnomadaniy leksemalar tarjimasida eksplikatsiya va generalizatsiya usullarining birlamchi qiymat kasb etishi asoslangan;
asardagi maqol va matallarni tarjima qilish jarayonida tarjimon milliy koloritni saqlashda va ulardagi mavzular, obrazlarni ifodalashda shakl va mazmun mutanosibligi va individual yondashuv tamoyillari yetakchilik kasb etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanining inglizcha tarjimalarida lingvostilistik xususiyatlar ifodasi tadqiqi bo ’yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romani va uning tarjimalarida milliy-madaniy manzarani ifodalashda metafora, metonimiya, sinekdoxa, epitet, kinoya, ideoma, oksimoron, antiteza, mubolag‘a, evfemizm, o‘xshatish, gradatsiya kabi badiiy uslub vositalarining samaradorligiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-yanvardagi № 01/4-02-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matn tarjimasida milliy madaniyatga xos so‘zlarning ahamiyati va ularning tarjimada qanday aks etishi bo‘yicha tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga erishilgan;
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanidagi milliy-madaniy manzarani ifodalashda millatga xos bo‘lgan maxsus leksik birliklar, realiyalar: kiyim-kechak, xo‘jalik ishlari, qurol-aslaha, o‘simlik, qush va hayvon nomi bilan bog‘liq etnomadaniy leksemalar tarjimasida eksplikatsiya va generalizatsiya usullarining birlamchi qiymat kasb etishiga doir nazariy xulosalardan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatida 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” mavzuidagi xorijiy loyihasida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2024-yil 25-iyuldagi №111-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima jarayonida leksik-stlistik vositalarni ifodalash yo‘llarini belgilashda, milliy madaniyatni ifodalovchi so‘z va iboralarni o‘girish startegiyalarini takomillashuviga erishilgan;
Pirimqul Qodirovning “Bobur” romanida leksik-stilistik vositalar: metafora, epitet, o‘xshatish, metonomiya va giperbolaning tarjimada kompensatsiya, eksplikatsiya, analog tanlash usullari qo‘llanishi orqali ushbu birliklar semantikasining to‘liq ochib berilishida majoziy ma’no hamda madaniy-tarixiy manzarani saqlab qolganligiga oid nazariy xulosalardan Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalari tahririyati davlat unitar korxonasida chop etilgan “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalardagi turkum maqolalarida foydalanilgan (Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalari tahririyati davlat unitar korxonasining 2023-yil 18-dekabrdagi 01-26/165-son ma’lumotnomasi). Natijada “Bobur” romanidagi leksik-stilistik vositalarning badiiy tarjimadagi milliy o‘ziga xosliklari ifodalanishi borasidagi materiallardan foydalanish imkoni yaratilgan;
asardagi maqol va matallarni tarjima qilish jarayonida tarjimon milliy koloritni, tiling madaniy merosini saqlashda, ulardagi mavzular, obrazlarni ifodalashda shakl va mazmun mutanosibligi va unga individual yondashuv tamoyillari yetakchilik kasb etishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, yangi kun”, “Diyor 24”, “Imkoniyat”, “Najot bilimda”, “Inson qadri” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi №01-02/167-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko’rsatuvlar ushun tauuorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.