Karimova Shaxloza Boyquzi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda kvantitativlik maydoni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3499.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Safarov Feruz Sulaymonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida  kvantitativlik maydonini tashkil etuvchi birliklarning leksik, grammatik hamda lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlikning morfologik, leksik va frazeologik sathlarga xos ifoda vositalari aniqlanib, mazkur tillardagi kvantitativlik maydonini hosil qiluvchi 800 dan ortiq leksik va 27 ta morfologik birliklar aniqlanib, bu birliklarning turli sathlardagi o‘rni asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik makromaydonini tashkil etgan narsa-predmet/entity, o‘lchov/measurement va harakat/action kvantitativligi maydonlari, ularning, o‘z navbatida, aniqlik/certainty, noaniqlik/uncertainty, darajalanish/gradation, uzunlik/length, hajm/capacity, og‘irlik/mass, vaqt/time mikromaydonlarini hosil qilishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi kvantitativlikning morfologik birliklari -lar, -dor,        -siz, ser-, ba-, -(ta)lab, -tacha, -larcha, -ala, -ovlon, -lab, -s, -’s, -ish, -odd, 
-ful, -less, -some, -fold, multi-, poly-, uni-, bi-, tri-, hemi-, semi- kabilar ko‘plik, miqdordan ortiqlik, o‘lcham, noaniqlik, butunning qismi, chastota va jamlik ma’no-mazmunini bildirishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik lisoniy madaniyat belgilariga: diniy, ramziy va ijtimoiy asoslarga ega ekanligi, kvantitativlikning frazeologik birliklar, sonlar va kvantitativlar orqali namoyon bo‘lishi hamda ibora va kollokatsiyalarda eksplitit, maqollarda implitit ma’no ustuvorligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik semantik maydonining chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik makromaydoni narsa-predmet (borliq), o‘lchov va harakat kvantitativligi maydonlarini va ular o‘z navbatida, aniqlik, noaniqlik, darajalanish, uzunlik, hajm, og‘irlik, vaqt, fizik kattaliklar, butunning qismi, xotira sig‘imi, chastota va temporallik mikromaydonlarini hosil qilishi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan “UniCEN” nomli xalqaro loyiha doirasida samarali foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universitetining 2027-yil 16-dekabrdagi 04/7513-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan asoslanishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik lisoniy madaniyat belgilariga: diniy, ramziy va ijtimoiy asoslarga ega ekanligi, kvantitativlikning frazeologik birliklar sonlar va kvantitativlar orqali namoyon bo‘lishi hamda ibora va kollokatsiyalarda eksplitit, maqollarda implitit ma’no ustuvorligiga ega bo‘lishi haqidagi  xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan «Change academy (O‘zgarish akademiyasi)» nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2027-yil 16-dekabrdagi      04/7515-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha kvantitativ ma’noli leksik birliklarning semantik munosabatlari va lingvomadaniy xususiyatlari tizimli tarzda yoritilishi asosida boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlikning morfologik, leksik va frazeologik sathlarda ifoda vositalari aniqlanib, o‘zbek va ingliz tillarida kvantitativlik maydonini hosil qiluvchi 800dan ortiqroq leksik va 27 ta morfologik birliklar aniqlangan va tegishli mikromaydonlardagi o‘rni asoslangani haqidagi xulosalaridan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023 yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2025-yil 1-yanvardagi 344-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy materiallar bilan boyitilishiga uning mukammallashuviga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish