Karimov Islombek Yaxyoitdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahbub ul-qulub” asaridagi so‘z birikmalarining struktur-semantik tadqiqi, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2038.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor, Rahmatov Mardon Mehmonovich, filologiya fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Mahbub ul-qulub” asarida qo‘llanilgan so‘z birikmalarining struktur-semantik hamda sintaktik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
so‘z birikmalarining tarixiy shakllari hamda izofiy birikmalarning turkiy, arabiy, forsiy shaklli birikmalarning grammatik xususiyatlari “Mahbub ul-qulub” asari misolida dalillangan;
“Mahbub ul-qulub” asaridagi so‘z birikmalari tobelanish munosabatiga ko‘ra atributiv (xudnamo noib), obektli (ma’murlarin vayron qilib) hamda relyativ birikma (bizim podishohin) turlariga ajratib tasnif qilinib, ularning semantik belgilari aniqlangan;
hokim bo‘lakning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra otli so‘z birikmalari, fe’lli so‘z birikmalari, ravishli so‘z birikmalari, sifatli so‘z birikmalari kabi turlari grammatik va semantik-struktur jihatdan ochib berilgan;
asardagi fe’l va ot komponentli so‘z birikmalari qismlari o‘rtasidagi valent munosabatlar tahlil etilib, ularning subekt, obekt, holat, temporal, lokal, maqsad va miqdor valentliklari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Mahbub ul-qulub” asaridagi so‘z birikmalarining struktur-semantik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Mahbub ul-qulub” asaridagi so‘z birikmalari tobelanish munosabatiga ko‘ra atributiv (xudnamo noib), obektli (ma’murlarin vayron qilib) hamda relyativ birikma (bizim podishohin) turlariga ajratib tasnif qilinib, ularning semantik belgilari oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yilda bajarilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalangan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 7-sentyabrdagi 04.01/2325-son ma’lumotnomasi). Natijada sintaktik birliklarning ma’no xususiyatlari asosida o‘quvchilar ma’naviy dunyosining boyishiga erishilgan;
hokim bo‘lakning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra otli so‘z birikmalari, fe’lli so‘z birikmalari, ravishli so‘z birikmalari, sifatli so‘z birikmalari kabi turlari grammatik va semantik-struktur jihatdan ochib berilganligi yuzasidan olingan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 7-sentyabrdagi 04.01/2326-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish