Hasanova Xurshidabonu Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ursula Le Guin va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida fentezi janrining lingvomadaniy qiyosi», 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/Fil1997.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Sulaymon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ursula Le Guin va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida fentezi janri lingvomadaniy xususiyatlarining o‘xshash va differensial belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
har ikkala muallif ijodidagi fentezi janri badiiy konsepsiyasi madaniy kodlar, metaforik til, mifologik asoslar va elementlar, afsonaviy toponimlar, ajoyibotlar olami, to‘qima obrazlar mushtarakligida, biroq ularning g‘oyaviy va badiiy yondashuvlari madaniy kontekst va adabiyotda turli yo‘nalishlar negizida voqelanganligi dalillangan;
Ursula Le Guin ijodida haqiqatni anglash, fantastik dunyolarida insoniyatning mavjud muammolari, ijtimoiy tizimlar va madaniyatlarni tahlil qilish, utopik va distopik jamiyatlar orqali odamning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga qarshi kurashish kabi fantastik uslubning jamiyatni tahlil qilishda yetakchilik qilishi asoslangan;
Xudoyberdi To‘xtaboev ijodi bolalar adabiyotida didaktik, axloqiy va madaniy saboqlarni berish, o‘zbek xalqining qadriyatlarini, do‘stlik, sadoqat va adolat kabi axloqiy tushunchalarni yosh o‘quvchilarga etkazish, qahramonning samimiylik, mardlik va xolislik kabi fazilatlarini ko‘rsatish orqali o‘quvchini ijtimoiy mas’uliyatga va yaxshilikka chaqirish ustivorligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
g‘oyaviy yondashuv jihatdan Le Guin asarlarida insoniyatning kelajagi, ijtimoiy tizimlar, axloqiy tanlovlar, odamlar dunyoqarashini o‘zgartirish yetakchilik qilsa, To‘xtaboevning asarlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar bilan tarbiyalash, xalq an’analari va qadriyatlarini saqlash kabilar ustivorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ursula Le Guin va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida fentezi janrining lingvomadaniy qiyosi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
    har ikkala muallif ijodidagi fentezi janri badiiy konsepsiyasi madaniy kodlar, metaforik til, mifologik asoslar va elementlar, afsonaviy toponimlar, ajoyibotlar olami, to‘qima obrazlar mushtarakligida biroq, ularning g‘oyaviy va badiiy yondashuvlari, madaniy kontekst va adabiyotda turli yo‘nalishlar negizida voqelanganligiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-yanvardagi №01/4-03-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek badiiy asarlarda o‘zaro milliy-madaniy o‘xshashlikning aks etishi tahlil qilinishi, olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
    Ursula Le Guinning fantastikasida haqiqatni anglash, fantastik dunyolarida insoniyatning mavjud muammolari, ijtimoiy tizimlar va madaniyatlarni tahlil qilish, utopik va dystopik jamiyatlar orqali odamning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga qarshi kurashish kabi fantastik uslubning jamiyatni tahlil qilishda yetakchilik qilishiga doir nazariy xulosalardan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatida 56-01/10  “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” mavzuidagi xorijiy loyihasida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2024-yil 25-iyuldagi №112-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslanyotgan tillarda universal va milliy-madaniy lingvokulturemalarning badiiy asarlar tarjimalarida takomillashuviga erishilgan; 
    Xudoyberdi To‘xtaboev fantastikasi bolalar adabiyotida didaktik, axloqiy va madaniy saboqlarni berish, o‘zbek xalqining qadriyatlarini, do‘stlik, sadoqat va adolat kabi axloqiy tushunchalarni yosh o‘quvchilarga etkazish, qahramonning engillik, mardlik va xolislik kabi fazilatlarini ko‘rsatish orqali o‘quvchini ijtimoiy mas’uliyatga va yaxshilikka chaqirish ustivorligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalarari tahririyati davlat unitar korxonasida chop etilgan “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalardagi turkum maqolalarida foydalanilgan (Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya Drujbi” gazetalari tahririyati davlat unitar korxonasining 2023-yil 18-dekabrdagi 01-26/164-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek asarlarida fentezi va fantaziya janr kategoriyasining milliy madaniy jihatlarini ochib berish, shuningdek ikki qardosh til bo‘lmagan tillar badiiy asarlarida ichki va tahqi xususiyatlarining umumiy o‘xshashlik va differensial belgilarini aniqlashda xizmat qilgan;
    g‘oyaviy yondashuv jihatdan Le Guin asarlarida insoniyatning kelajagi, ijtimoiy tizimlar, axloqiy tanlovlar, odamlarni dunyoqarashni o‘zgartirish yetakchilik qilsa, To‘xtaboevning asarlarida yoshlarni yaxshi axloqiy qadriyatlar bilan tarbiyalash, xalq an’analari va qadriyatlarini saqlash kabilar ustivorligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, yangi kun”, “Diyor 24”, “Imkoniyat”, “Najot bilimda”, “Inson qadri” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi №01-02/165-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish