Azilova Zuhra Gulmon qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Alisher Navoiy asarlarining qoraqalpoq tiliga tarjimalari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4391.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matyakupov Sadulla Gaipovich, filologiya fanlari doktori DSc, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlar: Nızamatdinov Jeńis Minajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Quramboeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy asarlarining mavjud qoraqalpoqcha tarjimalarida shoir estetik olamining qayta yaratilishini qiyoslash orqali tarjimonlar mahoratini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilishda she’riy tizim va janr o‘ziga xosligi, asar ruhiyati, vazn, ohang hamda obrazlar psixologiyasi adekvatligini ta’minlashda tarjimon mahorati aniqlangan; 
lirik janrlar tarjimasida asliyat mohiyatini saqlash, qofiya va ohangni qayta yaratishda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, Alisher Navoiyning qit’a, tuyuq, ruboiy va g‘azallarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish jarayonida qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan asosiy tamoyillar ilmiy-nazariy asoslangan;  
adabiy aloqalar va qiyosiy adabiyotshunoslik taraqqiyot bosqichlarida tarjima, ijodiy ta’sir, mushtaraklik va o‘ziga xoslik masalalari asosiy omil bo‘lishi Navoiy asarlarining o‘zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima namunalari misolida dalillangan;
Navoiy asarlarining qoraqalpoq tilida aks etishida tarjimonlar mahoratiga ilmiy munosabat bildirilgan holda mavjud tarjimalarda vujudga kelgan chalkashlik va kamchiliklar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish, zarur o‘rinlarda tabdillar berish lozimligi belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy asarlarining qoraqalpoq tiliga tarjimalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyaning o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari tarixiy taraqqiyoti, tarjimashunoslik, ijodiy ta’sir masalalari qismiga doir xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 10-yanvardagi 11/1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy aloqalar taraqqiyotida badiiy tarjima va uning vositachiligi masalalarini asarlarning nazariy asoslari boyitilishiga erishilgan;
kichik lirik janrlar tarjimalarida vazn va ohang, Navoiy g‘azallari tarjimalarida badiiy san’atlarning saqlanishi masalalari tadqiq qilinishi bilan bog‘liq xulosalardan Nukus davlat pedagogika institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan “Tayyor ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tadqiqot ishlarini bajarish” bo‘yicha “O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan adabiy o‘qishni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish (umumta’lim maktablarining 10-11-sinflar darsligi asosida)” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2025-yil 8-yanvardagi 01-21-09/17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot mumtoz she’riy janrlar, vazn va qofiya, uning turlari kabi masalalar yuzasidan nazariy bilimlar berishga xizmat qilgan;
Navoiy asarlarini tarjima qilishdagi mavjud muammolar, shoir estetik olamining qayta yaratilishi, “Xamsa” tarjimasida mazmun va shakl mutanosibligi, vazn, ohang, badiiy san’atlarning saqlanishi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilari uyushmasida o‘tkazilgan seminar va adabiy kechalarda yosh ijodkor – tarjimonlar mahoratini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2025-yil 4-yanvardagi 2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh tarjimonlarning mumtoz asarlar tarjimasida so‘z qo‘llash, voqelikni qayta yaratish yuzasidan tushunchalarini takomillashtirishga erishilgan;
Navoiy ijodi va o‘zbek – qoraqalpoq adabiy aloqalari, tarjimada qiyos, sharh va tahlil munosabati bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida “Til baylıǵı – el baylıǵı”, “Tilge itibar – elge itibar” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-dekabrdagi 05-22/576-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish