Atashova Peruza Dauletbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “I.Yusupov asarlarining ingliz tiliga tarjimasida adekvat tarjimaning xususiyatlari”
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3824
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Raximova Guzal Yuldashevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shoir I.Yusupov poeziyasini ingliz tiliga adekvat tarjima qilishda uchraydigan muammolarni tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
I.Yusupovning lirik asarlarini ingliz tiliga tarjimasida qo‘llanilgan adekvat tarjima - tillararo aloqalarning vositasi sifatidagi xizmati asosida dalillangan:
I.Yusupov asarlarini tarjima qilishdagi realiyalarning, milliy koloritning saqlanishi, undan tashqari shoir I.Yusupov asarlari yoshlarga vatanparvarlik, milliy g‘urur, madaniy merosga hurmat kabi fazilatlarni o‘rgatishga asos yaratilgan;
I.Yusupov asarlarini ingliz tiliga adekvat tarjima qilishda R.Rzaeva va ingliz tarjimoni E.Steniland tarjimalarida uchraydigan muammolar: qoraqalpoq xalqining tili, adabiyoti, madaniyati, milliy urf-odatlari va qadriyatlarining o‘ziga xosligini o‘chib berish vazifasi aniqlangan;
I.Yusupov asarlarining ingliz tilidagi adekvat tarjimasida leksik va grammatik xususiyatlar, uning interpretatsiyasi va toponimik nomlarning ingliz tiliga tarjimasida qoraqalpoq milliy koloritining saqlanishi, milliy kiyim-kechaklarning tarjimasidagi realiyalarni o‘rganish xususiyatlari o‘chib berilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Qoraqalpoq xalq shoiri I.Yusupov poeziyasini ingliz tiliga adekvat tarjima qilishda uziga hosligini urganish asosida olingan ilmiy natiyjalar quyidagi yo‘nalishda amaliyotda e’lon qilingan:
Qoraqalpoq xalq shoiri I.Yusupovning poeziyasini ingliz tiliga tarjima qilishdagi xususiyatlarini o‘rganish natijalari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali institutida «I.Yusupov asarlarining ingliz tilidagi adekvat tarjimaning óziga xosligin tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan.( O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali institutining 2025 yil 04-martdagi №27 son guvohnomasi) Natijada shoir asarlarida qo‘llanilgan adekvat tarjima - tillararo aloqalarning asosiy vositasi sifatidagi xizmatini isbotlagan.
O‘rganish natijalari va ilmiy-nazariy takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar TV telekanalida I.Yusupov asarlarining ingliz tiliga tarjima qilishda milliy koloritning saqlanishini tahlil qilish soha mutaxassislari bilan suhbat jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar TV telekanalining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-02/03-197-son guvohnomasi). Natijada tarjima usullari qiyosiy o‘rganilishi orqali shoir asarlari tahlili natijalari, tarjima qilishdagi realiyalarning, milliy koloritning saqlanishi, undan tashqari shoir I.Yusupov asarlari yoshlarga vatanparvarlik, milliy g‘urur, madaniy merosga hurmat kabi fazilatlarni o‘rgatish orqali yoshlarning ongini o‘stirishda katta ahamiyatga ega ekanligini tushunishning turli yo‘llari haqida ma’lumot berilgan.
I.Yusupov asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishda milliy koloritning saqlanishini tahlil qilish bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiyalarda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01/02-108-son guvohnomasi). Natijada muzey mehmonlari bilan muloqotni shakllantirishda tarjimon usullarining qiyosiy tadqiqoti, I.Yusupov asarlarini ingliz tiliga adekvat tarjima qilishda R.Rzaeva va ingliz tarjimoni E.Steniland tarjimalarida uchraydigan muammolar: qoraqalpoq xalqining tili, adabiyoti, madaniyati, milliy urf-odatlari va qadriyatlarining o‘ziga xosligi ochib berilgan;
Dissertatsiya xulosalari 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunosligining tarixini ilmiy o‘rganish” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 29-yanvardagi 37/1-son guvohnomasi). Natijada adabiyotshunoslik sohasida tarjima nazariyasi va amaliyoti alohida soha sifatida shakllanib, uning qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni, o‘rganilishi, shuningdek, tadqiqot obekti sifatida I.Yusupov poeziyasining ingliz tiliga adekvat tarjimasini o‘rganish xususiyatlari, I.Yusupov asarlarining ingliz tilidagi adekvat tarjimasida leksik va grammatik xususiyatlar, uning interpretatsiyasi va toponimik nomlarning ingliz tiliga tarjimasida qoraqalpoq milliy koloritining saqlanishi, milliy kiyim-kechaklarning tarjimasidagi realiyalar ifodalangan;